Amaliy mashg`ulotlarning mazmuni
1-modul. Biznes muloqot
1-mavzu. “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining mazmuni va vazifalari
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fanining predmeti va obyekti. Iqtisodiyotga tegishli so`z va terminlarning qo`shib yozilishiga e`tibor bering va imlo qoidalarini qisqacha konspektlashtiring. Rus va boshqa tillardan o‘zlashtirish yoki so‘zma-so‘z tarjima qilish orqali yasalgan 20 ta qo‘shma (iqtisodiy) so‘zni yozing va ularning har biriga gap tuzing. Rostgo`ylik haqidagi maqollarga 10 ta namuna ayting.10 ta iqtisodiy so`z tanlang va ushbu so`zlar ishtirokida tezis tuzing. Muloqot etiketiga rioya qilgan holda “Talabaning odobi” mavzusida nutq tayyorlang. Kredit to‘g‘risida 200 soʻzdan iborat matn tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |