8. «Yutuqlar portfoliosi» talabaning o‘quv-tarbiyaviy jarayondagi eng yaxshi ishlari va yutuqlarini ko‘rsatuvchi hujjatlardan tashkil topadi. Bu portfolioga talaba o‘z xohishi bilan o‘zining eng yaxshi loyihalarini, olgan tashakkurnomalari, maqtov yorliqlari, diplomlari, taqrizlar va o‘z faoliyatini namoyish qiluvchi rasmlarni kiritishi mumkin.
9. «Talabaning elektron portfoliosi» - e-Portfolio. Keyinga vaqtlarda rivojlangan davlatlarida e-Portfolio deb nomlanuvchi «Talabaning elektron portfoliosi» keng qo‘llanilmoqda. Bu oddiy Word formatidagi papka bo‘lmasdan, maxsus multimedia tizimida yaratilgan «portfolio» hisoblanadi. Talaba uni osonlik bilan to‘ldirishi, tahlil qilishi, yangi materiallarni joylashtirishi, o‘zi tanlagan axborotlarni boshqarishi mumkin.
e-Portfolioning uch xil shakli tavsiya etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |