Farmoyish - muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari to-monidan amaliy ma-salalar yu-zasidan qabul qili-nadigan huj-jatdir. Odatda far-moyishlar amal qilish muddati cheklangan bo‘lib, bo‘-limlarning tor doira-siga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Far-moyish mat-ni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topa-di faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA ETAMAN”, “RUXSAT BERAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Shartnoma - ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to`xtatish yo`lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o`rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risidagi umumiy qoidalar O`zbekistan Respublikasining Fuqarolikkodeksi (353-385-moddalar)dabayonetilgan. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin.Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o`rtasida o`rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilaja khujjat aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo`lganda, tomonlarim zolagunga qadar, unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi(vizasi) bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo`yicha kelishi bolib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Buyruq - mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Buyruq uchun qog`oz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qog‘ozga tayyorlanadi. Mohiyat – e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar Shaxsiy tarkibiga oid.Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladi. Ularda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulot sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy faoliyati, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish va ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritiladi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Buyruqqa tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladi “BUYURAMAN” so‘zi bilan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib yangi satrda farmoyishlar beriladi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi ko‘rsatiladi. Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi.Ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruhga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma tavsifnoma, tafsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Dalolatnoma- muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron bir bo‘lib o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjatdir. Dalolatnoma tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea hodisalar yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq tuziladi, binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya – xo‘jalik faoliyatida, hisob- kitob, oldi –sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi. Dalolatnomalar voqea – hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |