Bitiruv malakaviy ishi mavzu


Yotiq qirquvchi o’qyoysimon panja



Download 215,21 Kb.
bet13/14
Sana22.07.2022
Hajmi215,21 Kb.
#839577
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
erbolsin

Yotiq qirquvchi o’qyoysimon panja - begona o’t ildizlarini qirqadi, tuproqni 18 sm gacha chuqur yumshatadi, tuproqni joyidan bir oz siljitadi. Panjaning qamrash kengligi 145-..260 mm. Tig’lar yuqori tomondan 8...12° ga-cha o’tkirlab charxlanadi. Tig’lar qalinligi 0,3 mm.
Aylanma panjalar - (naralniklar) qalinligi 7...10 mm, eni 35...55 mm po’latdan tayyorlanib, ularning ikki uchi charxlanadi. Bir uchi yeyilganda panja boshqa uchi bilan aylantirib qo’yiladi. Panja ba’zan tor yumshatuvchi panja deb ham ataladi. Ishlash chuqurligi 12...15 sm. Uzunligi N=260 mm. Panjaning tumshug’i bilan egat tubi orasida hosil bo’ladigan tuproqqa bo-tish burchagi «=38. ..41°,
Ninali disk-yulduzchalar - kultivatorlarda va aylanuvchi motiga-larda o’rnatilib, tuproq qatqalog’ini ushatib, yumshatish uchun ishlatiladi. Chopiq kultivatorlariga o’rnatilib, g’o’za nihollari atrofidagi begona o’tlarni yo’qotishda ishlatiladi. Harakat vaqtida diskning ninalari g’o’za nihollarining himoya zonalarida tuproqqa 5 sm gacha botib aylanadi va uning ustki qatlamini 1...2 sm siljitadi. Shunda tuproq qatqalog’i sinadi, begona o’tlar ildizi uzilib, suliydi. Disklarning diametri uch xil: 350, 450, 540 mm.
Oziqlantirish soshnigi - tuproqni yumshatuvchi iskanasimon panja va o’g’it o’tadigan truba voronkadan iborat.
Okuchnik egat olgich - chopiq qilinadigan ekinlar qator oralarida egat hosil qilish, o’simlik atrofiga tuproq uyumlash uchun mo’ljallangan.

2.2. Chopiq kultivatorlarning turlari, tuzilishi va ishchi organlari.


Ishlov berish chuqurligini o’zgartirish uchun ishchi qism ustunini grya-dilga mahkamlaydigan qulflar yechilib, uning g’ildirakchaga nisbatan ba-landligi o’zgartiriladi.
Ishchi qismlarni joylashtirish tartibi ular bajaradigan texnologik jarayonga qarab aniqlanadi. Kultivator ishchi qismlarini bir yo’la to’g’ri joylashtirish uchun maxsus shablondan foydalaniladi ( 3 -rasm). Shablon betonlanib tayyorlangan tekis maydonchada chizilgani maqul. Traktor shab-lon ustiga chiqarilib, gryadil ishchi qismlar rasmda ko’rsatilganidek o’rnatiladi.

Vertikal tekislikda tishlar har bir gryadilda alohida-alohida o’rnatiladi. Shu maqsadda, gryadil g’ildirakchasining ostiga qalinligi tish-larni tuproqqa maksimal botirish chuqurligiga teng bo’lgan taglik qo’yiladi.Ishchi qismlarni kerakli chuqurlikka o’rnatishda gryadil bo’ylama gorizontal holatda bo’lishi lozim. Bunga parelllogramli mexanizm ustki tortqisining uzunligini o’zgartirish orqali erishiladi. Tishning uchi g’ildirakcha tegib turgan sathga nisbatan berilgan chuqurlikka tushirilib, uning ustuni qulf yordamida mahkamlanadi.
Ishchi qismlar shablon yordamida joylashtirilgan agregatning ishi da- lada tekshirilib ko’riladi va zarur bo’lsa, o’zgartirishlar kiritiladi.
Gryadilga ishchi qismlar muayyan ketma-ketlikda o’rnatiladi.
Birinchi qatorda yulduzcha yoki disklar o’rnatiladi. Rotasion yulduzcha-lar g’o’za qatori o’qiga eng yaqin masofada (3...5 sm) qo’yilib, himoya zonasini keskin toraytirish imkoniga ega bo’linadi. Birinchi kultivasiyada yulduzcha 3...5 sm, keyingilarida 5...8 sm chuqurlikka o’rnatiladi.
Tuprog’i zich bo’lgan yerlarni kultivasiya qilishda rotasion yulduzcha-lar o’rniga sferik disklar ishlatilgani maqul, chunki ular o’tkir tig’i bilan zich yerni tilib, himoya zonasi chegarasini aniqlab beradi. Natijada, orqada kelayotgan boshqa tish ta’sirida ajratilib olinayotgan katta kesaklar ko’chat ildizlari joylashgan tuproqni ko’chirmaydi, ildizlarni shikastlantirmay-di. Bundan tashqari, tuproqqa botgan disklarni yon tomonga surish qiyin bo’lganligi sababli, ular zich tuproqlarda gryadilning ko’ndalang yo’nalishda surilishiga yo’l qo’ymasdan, to’g’ri yo’nalishdan burilmay yurishini ta’min-laydi.Sferik disklarni ko’chatlar qatorining o’qidan 6...8 sm masofada (bu himoya zonasining yarmidir) va 6...8 sm chuqurlikda o’rnatish kerak.
Gryadildagi ikkinchi qatorga, disk yoki rotasion yulduzchadan so’ng, yassi o’toqlovchi tishlar ko’chat qatori o’qidan 10 sm qoldirib va 6...8 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
Uchinchi qatorda, o’toqlovchi tishlardan so’ng, o’qyoysimon tish jo’yakning o’rtasida 12... 14 sm chuqurlikda o’rnatiladi.
O’g’itlash soshnigi eng oxirida, tuprog’i yumshatilgan joydagi qatorga o’rnatiladi.
Agar asosiy vazifa tuproqni yumshatish bo’lsa, kichik yumshatuvchi tish-larning har birini 4...6 sm chuqurlikda jo’yak profiliga moslab pog’analab o’rnatib, ishlov berish maqsadga muvofiqdir.
Ishchi qismlarni gryadilda joylashtirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1.Ekin qator oralig’idagi tuproqqa ishlov berib, qo’l mehnati sarfini kamaytirish maqsadida himoya zonasini ko’chatlar ildiziga zarar tegmaydi-gan qilib, kamaytirishga intilish kerak.
2.Jo’yak chetida, ya’ni ko’chatlarga yaqin joylashgan ishchi qism eng sayoz, jo’yak o’rtasidagi tish esa eng katta chuqurlikka o’rnatilib, qolganlari esa -jo’yakning profili (ko’ndalang kesimini shakli)ga moslab, pog’analab joy-lashtiriladi.
3.Gorizontal yo’nalishda esa begona o’t ildizlarini to’liq kesib keti-shi uchun o’toqlovchi va universal (o’qyoysimon tishlar) qamrov kengliklari o’zaro qoplanadigandek joylashtiriladi.
4.Har qanday tishni yerga ishlov berish chuqurligini tayinlashda mahalliy tuproq xususiyatlarini e’tiborga olish kerak.
Qator oralig’i 60 va 90 sm bo’lgan paxtazordagi begona o’tlarni yo’qotish va tuproqni qisman yumshatish maqsadida kultivator ishchi qismlarini har bir jo’yakda joylashtirish sxemasi 4, 5, 6, 7, 8 va 9 - rasmlarda keltirilgan.







O’g’it sepish apparatini o’git sepish me’yoriga sozlash.


Apparatlar shkala bo’yicha bir xil o’g’it sepish me’yoriga o’rnatiladi. Buni tekshirish uchun har bir o’g’it yo’naltirgich soshnikdan olinadi va ular-ning uchiga qopchalar bog’lab qo’yiladi. Agregat 100 metr masofaga yurgizilib tekshiriladi. So’ngra qopchalardagi o’g’it tarozida tortib ko’rib gektariga sarflanadigan o’g’it miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Q = 10000 q / VL, kg/ga


Bu yerda: q - apparatlardan tushgan o’g’it og’irligi, kg


V- kultivatorning ishlash kengligi, m
L - o’tilgan masofa, m
Bunda gektariga sepiladigan o’g’it miqdori belgilangan me’yoridan farqi 8% dan ortiq bo’lmasa apparatlar to’g’ri sozlangan hisoblanadi. Aks holda apparatlar qayta sozlanib tajriba takrorlanadi.
5. MVX - 5,4 seksiyali aylanadigan motiga qator oralari 60 sm qilib to’rt va sakkiz qatorli seyalkalar bilan ekilgan, shuningdek qator oralarini 90 sra qilib to’rt va olti qatorli seyalkalar bilan ekilgan paxtazorlarda qatqaloqni yumshatishda qo’llaniladi. Disk ignalarining ishlash (sanchilish) chuqurligi shpilkalarni shtanga teshiklarida joydan-joyga ko’chirish yo’li bilan o’zgartiriladi, chunki bunda prujinaning bosish kuchi o’zgaradi.
Chilpish moslamasi. o’o’zaning o’sish nuqtasi va yon shoxlarining uchi chekanka (chilpish) qilinsa o’simlikning o’sish ma'lum vaqtgacha to’xtaydi. Bunda oziq moddalar mavsum oxirigacha pishib ulgurmaydigan yangi o’suv organlari hosil qilishiga enas, balki ko’saklarning oziqlanishi uchun sarflanadi, Chilpish qilish muddati paxta navlariga har bir daladagi g'o'zaning holatiga qarab belgilanadi, ChVX-4 moslamasi g'uzaning faqat tepa shoxlarini qirqadi. Bu moslamaning asosiy uzel va mexanizmlari: rama, apparatlar osmasi, ish organlariga osilgan brus, pichoqlarni harakatga keltiruvchi yuritma va tup yo’naltirgichlardir. Moslamaning qirquvchi pichoqlari radial yo’nalgan gorizantal ikkita pichoqdan tashkil topgan bo’lib, bir soniyada 25 m tezlik bilan aylanadi. Moslamaning ish organlari aylanma harakatni traktorning quvvat olish validan kardan vallar, konussimon reduktor, tasmali uzatmalar, tasmali uzatmalar orqali oladi.



Download 215,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish