5.3. Telekommunikatsion qurilmalar. Hozirda kompyuterlarni o‘zaro va ayniqsa Internetga ulashda telefon
tarmog‘idan foydalanishga to‘g‘ri kelmoqda. Telefon tarmog‘i orqali 0 va
1 qiymatlarni qabul qiladigan kompyuter ma’lumotlarini uzatishda esa
modemlar qo‘llaniladi. 0 va 1 lar ketma-ketligi modem yordamida
modulyasiyalanib telefon liniyasi (chizig‘i) orqali telefon tarmog‘iga
uzatiladi. Bunda modulyasiyalashning quyidagi xillaridan foydalaniladi:
amlitudali, chastotali yoki fazali modulyasiyalash usullari (5.13-rasm).
Hozirda ishlab chiqilgan modemlarning ma’lumotlarni uzatish tezliklari
28 800 bit/sek dan 57 600 bit/sek gacha bo‘lishi mumkin.
5.13-rasm. 01001011000100 ikkilik sonni telefon liniyasi orqali uzatish:
ikki sathli signal (a); amplitudali modulyasiya (b); chastotali modulyasiya
(c); fazali modulyasiya (d).