Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

Nazariy ma’lumot
DIDAKTIK  ADABIYOT  HAQIDA  TUSHUNCHA
«Didaktika»
  –  yunoncha 
«didakticos»
,  ya’ni 
«ibratli»
  degan 
so‘zdan  olingan.  Demak, 
«didaktik  adabiyot»
  deganda  nasi-
hat,  o‘git,  ibrat  ruhidagi  asarlar  tushuniladi.  Bu  Sharqda  ham, 
G‘arbda  ham  bo‘lgan.  Sharq  so‘z  san’atida  pand-nasihat  ruhi 


72
ustunroq,  ochig‘i,  u  shunisi  bilan  G‘arb  adabiyotidan  farq  qiladi 
ham.  X  asrdayoq  buyuk  Abu  Ali  ibn  Sino  Sharq  ko‘proq  nasi-
hat  yo‘li  bilan,  G‘arb  esa  hayotni  real  ko‘rsatish  orqali  kishini 
tarbiyalashga  moyilligini  maxsus  qayd  etib  o‘tgan  edi.
Og‘zaki  va  yozma  adabiyoti,  axloqiy-diniy  merosi  pand-hik-
matga  o‘ta  boyligi  uchun  ham  Sharqni  jahonda  donishmand  deb 
bilishadi.  Bizda  she’riyatning  bu  darajada  ravnaq  topib,  xalq 
orasida  katta  mavqe  egallashiga  sabab  bo‘lgan  omillardan  biri 
ham  –  shu.  O‘zbekiston  Qahramoni,  O‘zbekiston  xalq  shoiri 
Abdulla  Oripov: 
«Sharqqa  she’riyatni  o‘rgatib  bo‘lmaydi», 
– 
deganida  ham  aynan  shu  jihatlarni  ko‘zda  tutgan.
Shunga  qaramay, 
Sharq,  jumladan,  o‘zbek  mumtoz  ada-
biyotini,  tamoman  pand-nasihat  ruhidagi  asarlardan  iborat,
  deb 
tushunish  –  mutlaqo  xato.  Sharqda  maxsus  didaktik  adabiyot 
yuzaga  kelgan.  Uni,  adabiy  shakliga  ko‘ra,  quyidagicha  nisbiy 
tasnif  qilish  mumkin:
1. 
Nasriy  didaktik  asarlar.
Masalan,  milodiy  IV  asrda  Hindistonda  sanskrit  tilida  mash-
hur  «Panchatantra»,  ya’ni  keyinchalik  «Kalila  va  Dimna»  nomi 
bilan  mashhur  bo‘lib  ketgan  buyuk  didaktik  asar  dunyoga  kela-
di.  Uning  butun  Sharq,  qolaversa,  jahon  adabiyotiga  katta  ta’siri 
bor.  Bu  kitob  asrlar  mobaynida  bir  necha  tillarga  tarjima  qi-
lingan.  Arab  ertaklari  asosida  shakllangan  «Ming  bir  kecha»da 
ham  mohiyatan  didaktik  ruh  juda  ustun  turadi.  Keyinchalik 
Kaykovusning  mashhur  «Qobusnoma»si  yozildi.
XVI  asr  o‘zbek  adibi  Xoja  (Podshoxoja  binni  Abdulvah-
hobxoja)ning  «Gulzor»  hamda  «Miftoh  ul-adl»  («Adolat  kaliti») 
asarlari  ham  sof  nasriy  yo‘lda  bitilgan  didaktik  adabiyot  namu-
nalari  hisoblanadi.
2. 
Nasriy-she’riy  didaktik  asarlar.
Shayx  Muslihiddin  Sa’diy  Sheroziyning  bag‘oyat  mashhur 
«Guliston»  asari  aynan  shu  guruhga  mansub.  U  ham  nasriy, 
ham  she’riy,  ya’ni  aralash  yo‘lda  bitilgan.
Alisher  Navoiy  ham  pandnoma  ruhidagi  «Mahbub  ul-qulub» 
asarini  aynan  nasriy-she’riy  shaklni  o‘zaro  omixta  qilib  yozdi.
Garchi  majoziy  timsollar,  hayvonlar,  asosan,  qushlar  mi-
solida  bitilgan  bo‘lsa  ham,  Gulxaniyning  «Zarbulmasal»i  ham 


73
didaktik  adabiyotning  ana  shunday  nasriy-she’riy,  ya’ni  aralash 
turiga  kiradi.
3. 
She’riy  didaktik  asarlar.
Sharqda  faqat  nazmiy  usulda  yaratilgan  maxsus  didaktik 
she’riyat  ham  shakllangan.  Aytaylik,  o‘zbek  mumtoz  she’riyatida 
Yusuf  Xos  Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»,  Haydar  Xorazmiy-
ning  Nizomiy  Ganjaviy  «Maxzan  ul-asror»ini  erkin  tarjima 
qilish  asnosida  bitgan  «Gulshan  ul-asror»,  Alisher  Navoiyning 
«Xamsa»ga  birinchi  asar  sifatida  kiritilgan  «Hayrat  ul-abror» 
dostonlari  aynan  o‘zbek  didaktik  she’riyatining  yorqin  namuna-
lari  hisoblanadi.
Yusuf    Xos  Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»  dostonida  axloqiy-
ma’ naviy  fazilatlarning  hayotiy  hikoya-tasvirlar,  mantiqiy  tahlil-
xulosalar  orqali  berilishi,  birinchidan,  muallif  nuqtayi  nazarini  ni-
hoyatda  tiniqlashtirib  ifodalash  imkonini  beradi,  shu  tariqa  uning 
aynan  qanday  g‘oyani  ilgari  surayotganini  aniq  bilib  turasiz,  ik-
kinchidan,  bu  ta’sirchanlikni  sezilarli  darajada    oshiradi,  uchinchi-
dan,  ko‘tarilgan  masala-muammolar  bugun  uchun  ham  o‘z  ahami-
yati,  ya’ni  dolzarbligini  aslo  yo‘qotmaganidan  dalolat  beradi.
Zamonaviy  o‘zbek  adabiyotida  ham  didaktik  ruhdagi  asar-
lar  yaratilib  turadi.  Masalan,  O‘zbekiston  xalq  shoiri  Shukurullo 
qalamiga  mansub  «Javohirlar  sandig‘i»  aynan  shunday  asarlar 
sirasiga  kiradi.  U  nasriy  yo‘l  bilan  bitilgan.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish