Birinchi qism



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/146
Sana14.01.2022
Hajmi1,38 Mb.
#363827
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146
Bog'liq
U-48rWGvQqHDkHwehLGsrZ-dclnIyRGf

«faulun–faulun–faulun–faul» 
(V  –  –  /
V  –  –  /  V  –  –  /  V  –)  yoki  maqsur,    ya’ni     
«faulun–fau-
lun–faulun–faol»
      (V  –  –  /  V  –  –  /  V  –  –  /  V  ~).  Mu-
taqoribi  musammani  maqsur  vazniga  tushadigan  misralarda 
oxirgi  hijo  o‘ta  cho‘ziq  – 
«sabr»

«qand»

«tog‘»,  «tor»
  kabi 
so‘zlardan  tashkil  topadi.  Masalan,  asardagi:  Biliglik,  bilig-
siz,  chiqay  bar  ya  bay,  Uqushliq,  uqushsiz,  otun  bir  gaday,  – 
bayti 
mutaqoribi 
musammani 
mahzuf, 
ya’ni 
«faulun–fau-
lun–faulun–faul»
  (V  –  –  /  V  –  –  /  V  –  –  /  V  –)  vaznida 
bitil gan  bo‘lsa,  mana  bu  qo‘shmisra  mutaqoribi  musammani 
maqsur,    ya’ni 
«faulun–faulun–faulun–faol»
  (V  –  –  /  V    –  –  /
V  –  –  /  V  ~)  vaznida  yozilgan:
Qayu  begda  bo‘lsa  bu  arquq  qilinch, 
Ishi  barcha  tetru  sevinchi  saqinch.
Turkiy  va  forsiy  mumtoz  adabiyotda  shohlar  haqidagi  asar-
lar,  davrlar  mobaynida  shakllangan  an’anaga  ko‘ra,  asosan,  shu 


45
vazn da  bitilgan.  Masalan,  Firdavsiyning  «Shohnoma»si,  «Xam-
sa»  turku mining  Iskandar  Maqduniy  (Aleksandr  Makedonskiy) 
hayoti  va  faoliyatini  asos  qilib  olib  yaratilgan  oxirgi  dostonlari, 
jumladan,  Abdurahmon  Jomiyning  «Xiradnomayi  Iskandariy» 
(«Iskandar  aqlnomasi»),  Alisher  Navoiyning  «Saddi  Iskandariy» 
asarlari  ham  aynan  shu  vaznda  yozilgan.
«Qutadg‘u  bilig»  kam  nusxada  saqlanib  qolgan  bo‘lsa  ham, 
muallif  uning  o‘z  davrida  ancha  mashhur  ekani  haqida  faxrlanib  
so‘z  yuritadi.  Chinliklar  uni  «Adab  ul-muluk»  («Podshohlar 
odobi»),  mochinliklar  «Amin  ul-mamlakat»  («Mamlakat  omon-
liklari»),  Sharq  elining  ulug‘lari  «Ziynat  ul-umaro»  («Amir-
lar  ziynati»),  eronliklar  esa  «Shohnoma»yi  turkiy»  («Turkiy 
«Shohnoma»),  turonliklar  «Qutadg‘u  bilig»,  ba’zilar  esa  «Pand-
nomayi  muluk»  («Podshohlar  pandnomasi»)  deb  atayotganini 
alohida  qayd  etadi.
«Qut»  –  baxt,  saodat,  «bilig»  esa  bilim  degani.  Shunga 
ko‘ra,  asarning  nomini  «Baxtga  eltuvchi  bilim»  yoki  «Saodatga 
yo‘llovchi  bilim»  deb  tarjima  qilish  mumkin.  Abdurauf  Fitrat 
uni  «Baxtliklanish  bilimi»  deb  o‘girgan.
Albatta,  XI  asrga  qadar  ham  tilimizda  dostonlar  bitilgan 
bo‘lishi  kerak.  Lekin  hozircha  bizgacha  yetib  kelgan  ilk  turkiy 
doston  –  aynan  ana  shu  «Qutadg‘u  bilig».
Dostonda  to‘rt  asosiy  qahramon  bor.  Ularning  har  biriga 
ramzan  muayyan  bir  ezgu  tushuncha  –  ma’naviy  qadriyat-
ning  timsoli  yanglig‘  qaralib,  alohida  ma’no-mazmun  yukla-
tilgan.  Kuntug‘di  (chiqqan  Quyosh)  –  elig,  ya’ni  hukmdor.  U 
adolat  ramzi  bo‘lib  kelgan.  Oyto‘ldi  (to‘lgan  Oy)  –  vazir.  U 
baxt  va  davlat  ramzi  hisoblanadi.  O‘gdulmish  (aqlga  to‘lgan)  – 
vazirning  o‘g‘li.  U  aql  va  zakovat  ramzi  yanglig‘  tasvirlangan. 
O‘zg‘urmish  (uyg‘ongan)  –  vazirning  qarindoshi.  U  asarda 
qanoat,  o

 yat,  ya’ni  sog‘lomlik  ramzi  sifatida  qalamga  olingan. 
Men  shu  to‘rt  tushuncha  ustida 

 kr  yuritdim, 
deydi  shoirning 
o‘zi:
Bu  to‘rt  nang  uza  so‘zladim  men  so‘zug, 
O‘qisa  ochilg‘ay  yetig  qil  ko‘zug.


46
(So‘zni  shu  to‘rt  narsa  ustida  yuritdim,
Uni  o‘qib,  tushunilsa,  ro‘shnolik  bo‘ladi,  ko‘zingni  och.)
Doston  –  sof  badiiy  asar.  Bunday  deb  urg‘u  berib  aytishimiz 
bekorga  emas.  Adabiyot    tarixida  Kaykovusning    forsiy    tilda 
yozilgan  «Qobusnoma»si  kabi  nasihatnomalar  ham,  Zahiriddin 
Muhammad  Boburning  «Boburnoma»si  singari  tarixiy-memorial 
asarlar  ham  mavjud,  ularning  ham  badiiy  ahamiyati  –  juda  kat-
ta.  Biroq  «Qutadg‘u  bilig»  –  pandona  (didaktik)  ruhdagi,  ta’lim-
tarbiya,  odob-axloq  mavzusiga  bag‘ishlangan  tipik  badiiy  asar. 
Unda,  shaxs  tarbiyasi,  uning  jamiyatdagi  o‘rni,  komillik  shart-
lari,  umrni  bekorga  o‘tkazmaslik,  turli  ijtimoiy  tabaqaga  mansub 
kasb-kor  egalarining  ma’naviy-axloqiy  mezonlari,  davlatchilik 
qat’iyat  va  tamoyillari    asosiy  yo‘nalishga  aylangani  bilan,    bu 
g‘oyalarning  bari  badiiy  bo‘yoq  va  timsollarga  burkangan  holda 
taqdim  etilgan.
Asar,  nasriy  hamda  she’riy  muqaddimadan  tashqari,  71  max-
sus  bobdan  tashkil  topgan.  Boblarda  ko‘proq  savol-javob,  muno-
zara  olib  boriladi.  Shu  tariqa  shoir  oldiga  qo‘ygan  masalalarga 
o‘z  hissiy  munosabatini  bildirib  boradi.  Ko‘tarilgan  masalalar-
ning  barida  aynan  qanday  bilim  kishini  baxt-saodat  sari  yetak-
lashi  oydinlashadi.  Bu  esa  asar  nomi  naqadar  oqilona  tan-
langanini  ko‘rsatadi.
Yalpi  olib  qaraganda,  bu  doston  orqali  XI  asrda  xalqimiz-
ning  qanday  yuksak  ma’naviy  mezonlarni  ulug‘lab  yashaganini 
ham  to‘liq  tasavvur  qilish    mumkin.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish