Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l azamat. Uz



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana29.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#77134
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ



12.08.2020

Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ

https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/

1/9


Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l

15.07.2015  



Sayt tayyorlash

  20,651

Bir  qancha  vaqtdan  buyon  shu  mavzuga  bag’ishlangan  ushbu  maqolani  yozish  haqida  o’ylab  yurgan  edim.

Chunki so’nggi bir necha oy davomida o’zimning shaxsiy rejalarim, niyatlarim va harakatlarim ham aynan mana

shu mavzu atrofida aylanib yuribdi. Shaxsan o’zim bir oyda 232 ming dollargacha foyda ko’rishni xohlayman va

bugungi kunda ma’lum talablarni qanoatlantirgan holda bu miqdordagi pulni ishlab topish ertak emas, 100%

haqiqatga to’g’ri keladigan reja ekanligidan juda xursandman.

Men 


ThemeForest

  saytida  WordPress  shablonlarini  sotish  orqali  pul  ishlab  topish  to’g’risida  yozmoqchiman.

Envato

 bozorining hozirgi eng yaxshi sotilayotgan shablonlari ko’rsatkichiga qaraganda ushbu platformada bir



oyda  232  000  AQSh  dollari  miqdorigacha  bo’lgan  pulni  ishlab  topish  mumkin  ekan.  Mening  bu  bozorda

sotiladigan maxsulotlarim bu qadar muvaffaqiyatga erisha olmay, o’rta darajadagi maxsulot sifatida sotilib, bir

oyda 8 000 dollargacha foyda keltirsa ham, bu usulda pul ishlab topish men uchun hozirga qadar eng yaxshi

faoliyat bo’lib hisoblangan bo’lardi. Agar Sizning hozirgi daromadingiz bir oyda 8 ming dollardan ko’proq bo’lsa,

ushbu maqolaning davomini o’qib vaqtingizni bekorga sarflamang. Chunki bu maqolada aytiladigan usul bilan

Sizga  o’rta  xisobda  faqat  shu  miqdorgacha  kafolatlangan  daromad  olish  yo’lini  o’rgata  olaman.  Men  kabi  bu

usulda yaxshi daromad olishni niyat qilganlar bilan esa keyingi masalalar haqida fikrlashamiz.

Bilaman,  maqolalarimning  birida  (to’g’rirog’i  bir  maqolaning  ma’lum  bir  qismida)  bu  to’g’risida  qisqacha

yozgandim.  Ammo  hozirgi  yozayotganlarim  avvalgi  maqolada  boshlab  qo’yilgan  fikrning  to’liqroq  ifodasi

bo’ladi. Envato bozori va ThemeForest shablonlar bozori ko’pchiligimiz uchun notanish bo’lishi mumkin. Shuni

hisobga olgan holda barchasini eng sodda tushunchalardan boshlab yozaman.

Envato  bozori  bugungi  kunda  elektron  maxsulotlarni  sotishning  internetdagi  eng  katta  maydoni  hisoblanib,

dunyo  bo’ylab  minglab  iqtidorli  kishilar  o’zlari  tayyorlagan  elektron  maxsulotlarni  shu  yerda  sotishadi  va

millionlab haridorlar eng sifatli, eng sara, eng chiroyli maxsulotlarni tanlab harid qilishadi. Hozirgi vaqtda Envato

bir  necha  maxsus  yo’nalishga  ixtisoslashgan  savdo  maydonlarini  birlashtirib  turuvchi  katta  bozor  hisoblanadi.

Internetda pul ishlash Sayt tayyorlash Ingliz tili grammatikasi Ingliz tili Laravel Qanday qilib IELTS Barchasini ko'rish




12.08.2020

Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ

https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/

2/9


Envato bozorining o’zi bir necha yo’nalishli bozorchalarga bo’linadi. Envato tarkibiga kiruvchi bozorchalarning

to’liq  ro’yxatini  Envato  Market  sahifasida  ko’rishingiz  mumkin.  Envato  tarkibiga  kiruvchi  ba’zi  bozorlar  bilan

tanishtiraman:

ThemeForest

 – ingliz tilida “Shablon o’rmoni” degan ma’noni anglatuvchi bu nomga ega bo’lgan bozorda turli

tizimlar uchun shablonlar sotiladi. Unda WordPress, Joomla, Drupal va hokazolar uchun shablonlarni sotishingiz

yoki  harid  qilishingiz  mumkin.  Bundan  tashqari  bu  bozorda  shablonga  oid  boshqa  narsalar:  sayt  shablonlari

chizilgan  Photoshop  fayllari,  turli  HTML  ko’rinishlar,  ko’pchilik  mashxur  skriptlar  uchun  stillar  va  hokazolar

sotiladi.

Mening qiziqishim va rejalarim WordPress shablonlari bilan bog’liq bo’lganligi sababli ThemeForestga ko’proq

qiziqaman. Bu yerda men va Siz kabi oddiy odamlar hayratlanarli miqdordagi pulni bir necha kun yoki haftada

ishlab topishayapti.

CodeCanyon

  –  turli  skriptlar,  plaginlar,  modullar  va  CMSlar  uchun  qo’chimcha  imkoniyat  taqdim  etuvchi

dasturlar sotish bozori. Bu bozor faqat kod sotishga ixtisoslashgan. Agar yaxshi dasturchi bo’lsangiz, o’zingizning

yozgan kodlaringizni ushbu bozorda sotishingiz mumkin.

VideoHive

  –  bu  bozorda  video  va  videoga  bog’liq  maxsulotlar  sotiladi.  Video  montajga  qiziqasizmi?  Video

kamerada sifatli video roliklar tushira olasizmi? Video ustasimisiz? Unda bu bozor aynan Siz uchun. O’zim video

montajga  juda  yaxshi  tushunmayman,  ammo  VideoHiveda  yaxshi  roliklar,  video  proyektlar  sotilishini

ko’rganman.

AudioJungle

 – ingliz tilidan “Audio Changalzori” deb tarjima qilinishidan ham bilsa bo’ladiki, bu bozorda audio

maxsulotlar sotiladi. Bu yerda turli ovozlar, musiqalar, skitlar, parchalar va boshqa audio va audio montajga oid

fayllar  sotiladi.  Bu  turdagi  fayllar  nima  uchun  ishlatilishini  ovoz  yozish  studiyasida  ishlaydiganlar  yoki  ovoz

montajiga  qiziquvchilar  mendan  yaxshiroq  tushunishadi.  AudioJungleda  ham  savdolar  juda  yaxshi.  Saytga

o’zingiz kirib, guvoh bo’lishingiz mumkin.

GraphicRiver

  –  “Gravika  Daryosi”.  Bu  bozorda  kompyuterda  tayyorlangan  grafika  sotiladi.  Eng  sara  logo

dizaynlar, vizitka kartochkalari dizaynlari, flayerlar, afishalar dizaynlari va hatto telefon interfeyslari dizaynlari ham

shu yerda sotiladi. Agar Siz Photoshop va Illustrator dasturlarida juda yaxshi ishlay olsangiz, bu bozor Sizning

maxsulotlaringiz uchun eng yaxshi joy!

PhotoDune

  –  yuqori  sifatli  fotosuratlar  bozori.  Bu  yerda  turli  manzaralar,  narsa-buyumlar,  odamlar  va

hayvonlarning  fotosuratlarini  topishingiz  mumkin.  Professional  fotosuratchilar  bu  yerda  juda  yaxshi  pul  ishlab

topishsa bo’ladi.

3dOcean

 – 3D va unga aloqador turli fayllar savdosi. Menimcha 3D proyektlar bir necha dasturlarda tayyorlanadi

ammo tahminimcha eng ko’pi ishlatiladigani 3D Max dasturi. 3D okeanida ham shu turdagi dasturlar proyektlari,

turli grafikalar va tayyor 3D loyihalar sotiladi.

Activeden

  –  Flash  va  Unity  3D  fayllari  sotiladigan  bozor.  Bu  yerda  turli  yo’nalishdagi  Flash  va  Unity  fayllarini

sotishingiz yoki harid qilishingiz mumkin.

Envato tarkibiga kiruvchi yuqorida aytib o’tilganidek bozorlarda o’z yo’nalishiga mos fayllar har kuni millionlab

dollar aylanma bilan sotiladi. Envato o’z maxsulotlari va platformasini internetda juda yaxshi reklama qila olgan

va shuning uchun ham ushbu bozorning mijozlari juda ko’p. Bu yetarlicha iqtidorga ega bo’lgan, o’z yo’nalishiga

mos bozorda o’zining sifatli maxsulotlarini sotayotgan mualliflar uchun ayni muddao! Shunchaki o’zingizga mos

bozorni tanlang, eng sara fayllaringizni yuklang va kunlik savdolardan olgan daromadingizni sanang!

Yuqorida  aytib  o’tganimdek,  mening  qiziqishim  –  WordPress  shablonlari.  ThemeForest  bozori  boshqa  tizimlar

shablonlari bilan bir qatorda asosan WordPress shablonlari savdosi bilan shug’ullanishini hisobga olgan holda

bundan keyingi yozadiganlarim ThemeForestda WordPress shablonlarini sotish bilan pul ishlash haqida bo’ladi.



12.08.2020

Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ

https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/

3/9


Boshlanishiga bizdan ancha oldin ThemeForest bozoriga kirgan, o’z maxsulotlarini muvaffaqiyatli sotayotgan va

yaxshigina foyda ko’rayotgan akalarimizning tajribalarini o’rganamiz   Avval ThemeForest interfeysi bilan bir oz

tanishaylik:

ThemeForest.net

  saytiga  kirganimizda  asosiy  menyuda  WordPress,  HTML,  CMS  va  hokazolar  kabi  bir  necha

bo’limlar  ko’rsatiladi.  Biz  WordPress  bo’limini  tanlaymiz  va  asosiy  qismda  hozirgi  vaqtda  sotuvda  bo’lgan

WordPress shablonlari, ularning narxlari, shu vaqtga qadar nechta sotilganligi va hokazo ma’lumotlarni ko’ramiz.

Yuqoridagi rasmda ro’yxat uchun men maxsulotlarni “Eng ko’p sotilganlik bo’yicha” ko’rsatganman. Siz birinchi

marta  saytga  kirganingizda  maxsulotlar  yangiligiga  ko’ra  tartibda  ko’rsatilgan  bo’ladi.  Ehtimol,  eng  yangilari

birorta ham sotilmagan bo’lishi mumkin.

Siz yuqorida ko’rib turgan shablonlar ro’yxatining eng birinchi o’rnida turgan, hozirga qadar ThemeForestda eng

ko’p nusxada sotilgan 

Avada

 shabloniga e’tiboringizni qarating. Shablon narxi 58 dollar va hozirga qadar 144325



dona  sotilgan.  Uning  to’liq  ma’lumotlarini  ko’rish  uchun  tema  yorlig’i  yoki  nomi  ustiga  bosamiz.  Natijada

quyidagi ko’rinish ochiladi:




12.08.2020

Bir oyda 232 000 dollargacha daromad olish sari yo’l - AZAMAT.UZ

https://azamat.uz/bir-oyda-232-000-dollargacha-daromad-olish-sari-yol/

4/9


Ko’rinishdagi qizil bilan belgilangan ma’lumotlardan quyidagilarni bilib olamiz: Avada shabloni ThemeForestda

bir  dona  nusxasi  58  dollardan  sotilayapti  va  yuqoridagi  rasm  tushirilganga  qadar  uning  144329  dona  nusxasi

sotilgan  (ehtimol  Siz  ushbu  maqolani  o’qiguningizcha  bundan  ham  ko’proq  nusxalar  sotilar).  Avada  shabloni

birinchi  marta  ThemeForest  bozoriga  2012-yilning  16-avgust  kuni  yuklangan  (sotila  boshlangan).  Endi

shablonning umumiy daromadini hisoblaymiz:

Hozirga qadar 144329 dona sotilgan 58 dollar qiymatga ega shablon:




Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish