acc. Muminov M.Sh. ______________________________________________
acc.Niyozov X.N.__________________________________________________
Kafedra mudiri : dots. Normatov A.M.
Toshkent-2021
Mundarija
Kirish…………………………………………………………………3
I. Tahliliy bo‘lim
1.1. Jarayonning nazariy asoslari…………………………………….4
1.2. Mahsulotlar va xom~ashyolar tavsifi……………………………6
II. Asosiy bo‘lim
2.1. Uskunaning tavsifi va qo‘llanilish sohalari……………………
2.2. Asosiy uskunaning hisobi……………………………………..
2.3. O‘xshash uskunalar tavsifi……………………………………
2.4. Uskunaning texnik xavfsizligi………………………………..
Xulosa………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………
Ilova (uskunaning chizmasi
A-1 qog‘ozda)…………………………..
Kirish
Bugungi kunda dunyo aholisi soniyasiga ortib borar ekan, ularning elektr energiyaga bo`lgan talabi ham kun sayin oshib bormoqda. Ammo aholini to`laqonli elektr bilan ta`minlash uchun ishlatiluvchi yer osti zaxiralari miqdori chegaralangan va bu limit o`z nihoyasiga yetmasidan avvalroq biz qayta tiklanmas energiya resurslarini muqobil energiya manbalari bilan alishtirishimiz kerak.
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan chora-adbirlar natijasida 2011 yilda butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan energiyaning 20 foizdan ortig‘rog‘i yangilanuvchi energiya manbalariga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.
2030 yilga qadar har bir inson arzon elektr quvvatidan foydalanishini ta’minlash uchun quyosh, shamol va issiqlik energiyasi manbalarini rivojlantirishga katta sarmoyalarni jalb etish talab qilinadi.
O`zbekistonda Muqobil energiya resurslaridan foydalanishga qaratilgan islohotlar mustaqillikning ilk yillaridan boshlandi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2013-yil 1-martdagi “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 4512-sonli qaroriga muvofiq yurtimizda muqobil energiya resurslarini rivojlantirish: quyosh energiyasi resurlarini rivojlantirish, bunda “Fizika-Quyosh” ilmiy instituti faoliyatini yaxshilash, Samarqand viloyatida 100MVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish asosiy vazifa qilib belgilandi.
Shundan so`ng, 2015-yil 13-avgustdagi Vazirlar Mahkamasining “Energiya samaradorligi va energiyaning tiklanadigan manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 238-sonli qaror ijrosi yurtimizda muqobil energiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 10-iyundagi “Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4779-sonli qaroriga muvofiq sanoat ko`lamida 1MVt quvvatga ega qayta tiklanuvchi energiya manbalari (gidroelektrostansiyalardan tashqari) sohasidagi korxonalarni loyihalashtirishni shaffof auksion savdolar orqali amalga oshirish kabi bir qator ishlar belgilab qo`yildi. Shuningdek, yurtimizda biogas, shamol, quyosh energiyasidan foydalanishni yanada ko`proq sohalarga tadbiq etish va energiya, tabiiy gaz manbalarini tejash ham ko`zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda energiya resurslariga bo‘lgan talabning tarkibiy jihatdan o‘zgarishiga, jumladan, uglevodorod resurslarining o‘rnini boshqa manbalar hisobiga qoplashda ekologik toza hisoblangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari bilan bir qatorda “yashil” vodorod energetikasini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi ham ekologik toza energiya manbalarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, 2018 yilda Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qildi va uni amalga oshirish yuzasidan milliy miqyosda belgilanadigan hissa bo‘yicha – 2030 yilga qadar issiqxona gazlarining yalpi ichki mahsulot birligiga nisbatan solishtirma ajratmalarini 2010 yildagi darajadan 10 foizga qisqartirish miqdoriy majburiyatini qabul qildi.
Respublikaning energetika xavfsizligini mustahkamlash maqsadida iqtisodiyotning energiya samaradorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish va vodorod energetikasi infratuzilmasini barpo etish talabi yuzaga kelmoqda.
Shu munosabat bilan, mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini hamda ushbu Institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi texnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shu bilan bir qatorda, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorod energetikasidan foydalanish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.
Energetika vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yil yakuniga qadar vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha yaqin va uzoq muddatga mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqilishi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan mamlakatda ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh olim va mutaxassislarni rivojlangan xorijiy davlatlarga malaka oshirish ishlarini tashkillashtirishi ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |