Biolog 10 indd


Modifi katsion  o‘zgaruvchanlik



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/321
Sana17.08.2021
Hajmi3,63 Mb.
#149616
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   321
Bog'liq
biologiya 10 uzb (1)

Modifi katsion  o‘zgaruvchanlik.  Bir  xil  genotipga  ega  organizmlarda 
tash qi  muhit  omillari  ta’sirida  vujudga  keladigan  fenotipik  tafovutlar  mo-
difi katsion  o‘zgaruvchanlik  deb  ataladi.  Genotip  o‘zgarmaganligi  uchun 
modifi katsion  o‘zgaruvchanlik  nasldan  naslga  berilmaydi.  Modifi katsion 
o‘zgaruvchanlik populatsiyadagi deyarli barcha organizmlarga xos ekanligi bilan 
tavsifl anadi.  Modifi katsion  o‘zgaruvchanlik  bo‘yicha  to‘plangan  ma’lumotlar 
nuklein kislotalardagi irsiy axborot qanday qilib fenotipda namoyon bo‘lishini 
tushunishga yordam beradi. 
Har qanday tirik mavjudotning morfologik, fi ziologik, biokimyoviy belgi-
xossalari  majmuasi,  ya’ni  fenotipi  faqat  ota-onadan  olingan  genlargina  emas, 
balki  ma’lum  darajada  shu  organizm  rivojlanayotgan  muhitning  xilma-xil 
omillari ta’siriga ham bog‘liq. 
Modifi katsion  o‘zgaruvchanlikka  suv  ayiqtovoni  o‘simligi  barglarining 
shakli  o‘zgaruvchanligini  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Bitta  o‘simlik  tupi 
barglarning suv ostidagi va suv yuzasida barglarining shakli bilan farqlansa-da
ularning genotipi bir xil bo‘ladi. Barglar shakli yorug‘likka bog‘liq. 
Bitta  genotipning  tashqi  muhit  sharoitiga  qarab  har  xil  fenotipni 
yuzaga  chiqara  olish  chegarasi  reaksiya  normasi  deyiladi.  Modifi katsion 
o‘zgaruvchanlikning  evolutsion  ahamiyati  shundan  iboratki,  u  organizmlarga 
o‘z  ontogenezida  tashqi  muhit  omillariga  moslashish  imkoniyatini  yaratadi. 
Reaksiya  normasi  keng  bo‘lgan  organizmlar  tabiiy  tanlashda  qulaylikka  ega 
bo‘ladi. Organizmlarning bo‘yi, massasi, pigmentatsiyasi va shunga o‘xshash 
ko‘plab  belgilar  modifi katsion  o‘zgaruvchanlikka  moyildir.  Modifi katsiya-
larning kelib chiqishi organizmda biokimiyoviy va fermentativ reaksiyalarning 
u yoki bu tomonga o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Tirik  organizmlarning  belgi  va  xususiyatlari,  masalan,  terida  pigmentning 
ishlab  chiqarilishi  albatta  genotipga  bog‘liq.  Lekin  teridagi  pigmentning  hosil 


109
bo‘lishini quyosh nuri miqdori belgilaydi. Belgining yuzaga chiqishi genotipning 
ma’lum  bir  tashqi  muhit  ta’siriga  moyilligiga  (beriluvchanligi)  bog‘liq.  Shuning 
uchun  ma’lum  bir  joyda  tarqalgan  yuqumli  kasalliklar  bilan  shu  joy  aholisining 
hammasi  ham  kasal  bo‘lavermaydi.  U  genotipida  shu  kasallikka  moyilligi  bor 
kishilardagina yuzaga chiqadi.
Organizmning tashqi muhit sharoiti ta’siriga javobi shu ta’sirga moslanishini 
bildiradi.    Dengiz sathidan yuqoriga ko‘tarilgan sari odam  qonida  eritrotsitlarning 
soni  ko‘payadi.  Odamlarda  yozda  terida  melaninning  ko‘payishi,  hayvonlarda 
junning  sovuq  tushishi  bilan  qalinlashishi  ham  sharoitga  moslashishdir.  O‘simlik 
yorug‘lik  kam  tushadigan  joyda  o‘stirilsa,  uning  barg  plastinkalari  kattalashadi, 
ya’ni fotosintez sodir bo‘ladigan yuza oshadi va shu sharoitga moslashadi.
Organizmlarning  miqdoriy  belgilari  tashqi  muhitning  sharoiti  ta’sirida  nis -
ba tan  kuchli  o‘zgaradi.  Madaniy  o‘simliklarning  bo‘yi,  bargi  va  urug‘larining 
soni, hosildorligi, uy hayvonlarining vazni, sut mahsuldorligi ularni parvarish qilish 
va boqish sharoitiga bog‘liq. Bundan tashqari miqdoriy belgilarning irsiylanishi 
va xilma-xilligi o‘zaro va ko‘p tomonlama ta’sir etuvchi genlarning faoliyatiga 
bog‘liq.  Shuning  uchun  miqdoriy  belgilarning  irsiylanishi  va  modifi katsion 
o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda maxsus statistik usullardan foydalaniladi. 
Bu  usullarning  mohiyati  quyidagilardan  iborat:  o‘rganilayotgan  o‘simlik 
navlari, hayvon zotlari va ular duragaylarining mumkin qadar ko‘proq vakillari 
tajribaga  jalb  etiladi.  Ularning  har  birida  o‘rganilayotgan  belgini  ifodalovchi 
miqdoriy  ko‘rsatkichlar,  masalan:  massasi  gramm  yoki  kilogrammda,  bo‘yi 
santimetr  yoki  metrda  aniqlanadi.  Olingan  dalillar  asosida  variatsion  qator  va 
grafi k tuziladi hamda o‘rganilayotgan belgining o‘rtacha ko‘r satkichi aniqlanadi. 
Modifi katsion  o‘zgaruvchanlik  tib biyotda  katta  ahamiyatga  ega.  Har  bir 
kasallik reaksiya normasiga bog‘liq tarzda har xil odamlarda turlicha kechishi 
mumkin. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish