Bino va inshootlar qurilishi


Yerto„la devor bloklarini montaj qilish



Download 9,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/184
Sana12.03.2022
Hajmi9,06 Mb.
#491550
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184
Bog'liq
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi

Yerto„la devor bloklarini montaj qilish.
Poydevor erto‗la devorlari 
yostiqlari va bloklari texnologik karta bo‗yicha, unda keltirilgan bloklarni 
joylashtirish sxemasi bo‗yicha joylashtiriladi, bunda poydevorlar orqali binoga 
truboprovodlar va kabellarni kiritish uchun teshiklar va ular orasida o‗tish yo‗li 
qoldirilishi hisobga olinadi. 
Devor poydevor bloklarini montaj qilish boshlanguncha poydevor yostiqlari 
lentasida ko‗ndalang va bo‗ylama o‗qlar belgilab olinadi, bu maqsad uchun 
obnoskadagi simli o‗qlardan foydalaniladi. Poydevor bloklarini montaj qilish 
burchaklardagi – bino fasadi bo‗yicha ikki chetki bloklarni o‗rnatishdan boshl anadi. 
Burchakdagilardan so‗ng oraliq mayoq bloklari bir – biridan 20...30 m masofada 
o‗rnatiladi, ular bo‗ylab poydevorning tashqi chetidan 2...3 mm masofada mayoq 
prichalkalari tortiladi. Prichalka o‗rnatilgan bloklar qatori satxidan 4...5 sm 
yuqoriroq qilib joylashtirilishi kerak. Montaj davomida prichalka yuqoriga 
bloklarning navbatdagi qatoriga ko‗chiriladi, uning satxi ham o‗rnatilgan bu bloklar 
qatori sathidan 4 ... 5 sm yuqori bo‗ladi.
Yer to‗la ustida orayopmani montaj qilish pardadevorlar o‗rnatilib, er osti 
kommunikatsiyalarini kiritish va chiqarishlari qurilgandan so‗ng boshlanadi. 
Binoning erosti qismi montajining xususiyatlari

Binoning er osti qismini 
montaj qilish uchun binoning er usti qismini barpo etish uchun loyihalashtirilgan 
pnevmog‗ildirakli, avtomobil, gusenitsali kranlardan, kran-nuleviklar va minorali 
kranlardan foydalanish mumkin. 
Ishlarning asosiy xususiyatlari: 

Yer ishlari bilan bog‗lash – montaj qiluvchi kran yoki kotlovanga 
tushiriladi va uning uchun kiruvchi pandus quriladi yoki kran uchun kotlovan 
chetida xarakatlanish uchun etarlicha keng joy qoldiriladi; 

tuproqni qayta to‗kib to‗ldirish va qatlam – qatlam bo‗yicha 
zichlashtirishning puxtaligi, chunki tuproqni qayta to‗ldirish zonalarida ko‗pincha 
joylashtiriladigan kranosti yo‗llarining mustaxkamligini kafolatlash zarur. 
Agar binoning er usti qismini montaj qilishda minorali krandan foydalanish 
nazarda tutilgan bo‗lsa, u bilan er osti qismini ham montaj qilish mumkin. Bu holda 
kran osti yo‗llari va kranning o‗zini montaj qilishni poydevorlarni yotqizish 
boshlangunga qadar tugallash zarur. Agar kotlovanning chuqurligi katta bo‗lsa va 
kranning kotlovan cheti bo‗ylab harakatlanishda yonbag‗irning mustahkamligi 
buzilishi mumkin bo‗lsa, u holda montaj ishlarini bir nuqtadan va strela qulochi 
uzunligida olib borish maqsadga muvofiq. Bunda poydevor yostiqlari, erto‗la 


devorlari bloklari, ustyopma plitalari o‗rnatiladi, gidroizolyasiya qilinadi, 
qo‗yinlarga qayta tuproq tortiladi, ya‘ni yonbag‗irning (qiyalikning) buzilish 
havfini bartaraf etuvchi tiragich devor shakllantiriladi.
Foydalanadigan adabiyotlar ro‗yxati
 
1.
Bozorboev N. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. I-qism. O‗quv 
qo‗llanma Toshkent, 2000. 
2.
Bozorboev N., Sobirov M. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi. II-
qism. O‗quv qo‗llanma Toshkent, 2000. 
5

Download 9,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish