2-BOB. BIOREOLOGIYA. BIOLOGIK SUYUQLIKLARNING QOVUSHQOQLIGI
O‘zining xossalari jihatidan gazlar va qattiq jismlar orasidagi oraliq holatni egallovchi moddalar suyuqliklarga kiradi. Suyuqliklar muhiti organizmning katta qismini tashkil etadi, ularning ko‘chishi moddala almashinuvini va hujayralarni kislorod bilan ta’minlashishini bajaradi, shu sababli suyuqliklarning oqishi va ularning mexanik xossalari, shifokorlar va biologlar uchun zo‘r qiziqish uyg‘otadi.
Bu bobda bayon etilgan materiallar siqilmaydigan suyuqliklar harakati va ularning atrofdagi qattiq jismlar bilan ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fizikaning gidrodinamika bo‘limi va moddalar oquvchanligi, ularning deformatsiyalari haqidagi ta’limot-reologiyaga taalluqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |