8.10-§. Kompyuter tomografiyasi
1970 yillardayoq KT skanerlar – rentgen va kompyuter tomograflarining o’zaro uygunlikdagi qurilmalari paydo bo’ldi. Bu usulning mohiyati shunda ediki, odam organizmidagi turli xil to’qimalar, rentgen nurlarini turlicha o’tkazadi. Shu sababli, har xil organlarning rentgen tasvirlarini olish uchun kompyuterda murakkab qayta ishlash jarayonlari bajariladi. Kompyuter tomografi (KT) skanerlangan organning turli qalinlikdagi to’qimalari qatlamlar bo’yicha alohida alohida tasvirga tushiriladi va ular keyingi qayta ishlash jarayonida kompyuterdagi maxsus dastur orqali yagona va yaxlit organ tasviriga qayta birlashtiriladi.
Kompyuter tomografiyasi – bu ham o`rganilayotgan ob`ektning ichki strukturasini qatlamma-qatlam o`rganadigan usuldir. Ilk bor 1972 yilda inson miyasining sifatli tomografiyasi olingan. Lekin KTning tarixi ancha avval boshlangan: 1917 yilda Avstraliyalik matematik I. Radon rentgen nurlanishinig yutilishi modda zichligiga bog`liqligini isbotlab bergan. 1956-1958 yilda Sovet Ittifoqi olimlari Tyutin, Korenblyum va Tetel’baum rentgen suratlarini rekonstruktsiya qilish sitemasini yaratdilar. Dastlabki tomograf 1962 yilda ishlab chiqilib, 10 yildan so`ng tajribada sinaldi. 1979 yilda Xаunsfild va Kormak buning uchun Nobel’ mukofotini oldilar.
8.7-rasm. Kompyuter tomografining prinspial sxemasi
Bu usulning fizik asosi nurlanishning еksponentsial kamayishi qonunidir. KTning ishlash printsipi rentgenografiya usuliga o`xshab, rentgen nurlarining qo`llanilishiga asoslangan. Bu еsa uni MRT usulidan farqlanadigan asosiy eridir. Rentgen nurlanishi inson organizmidan o`tayotganida uning turli to`qimalarida har xil yutiladi. Juda zich strukturalar rentgen nurini umuman o`tkazmaydi. Tekshiruvchi ob`ektdan o`tgan nurlar detektorlar qatoriga tushib, keyin komp’yuterda qayta ishlanadi. Birgina surat olish imkoniga еga oddiy rentgenografiya usulidan farqli o`laroq, bu usulda barcha organlarni turli kesimlarda, uch o`lchovli va tasvirda ko`rish mumkin.
8.8-rasm. Kompyuter tomografida tasvirni olinish jarayoni (аrasm) va sxematik ko’rinishi (b rasm)
Bundan tashqari, komp’yuter tomografiyalarining sezgirligi oddiy rentgen apparatlaridan ancha yuqori. KT qanday hollarda qo`llaniladi? KT ni qo`llash quyidagi kasalliklarda yaxshi natijalar beradi: gemotomalar, miya va suyaklarning turli jarohatlari va kasalliklarida, qon aylanishining buzilishida, tomirlar kasalligida, ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`ining patologik jarayonlarida.
Shuni aytib o`tish kerak-ki, KT juda og`ir holdagi bemorlarga ham, klaustrofobiyasi bor bemorlarga ham qo`llaniladi. MRTni еsa bu hollarda qo`llab bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |