7.11-rasm. Yorug’lik oqimi (Ф)ning sirtga burchak ostida tushishi
Yoritilganlikyuqoridako`rsatilganomillardantashqari, nurningyorituvchisirtgaqandayburchakostidatushishigahambog`liqdir. Bubog`liqliknianiqlaylik. PerpendikulyarnurlarningF0oqimiyuziSvauzunligiAVbo`lganto`g`rito`rtburchaksirtigatushayotganbo`lsin (7.11-rasm). Buholdasirtningyoritilganligi gateng.
Yuzani biror burchakka og`diramiz, unda sirt A1V vaziyatni oladi va kamroq F yorug`lik oqimi tushadi, chunki nurlarning bir qismi sirtga tushmay o`tib ketadi.
Bu holda sirt yuzi o`zgarmaganligi sababli sirtning yoritilganligi kamayadi va ga teng bo`lib qoladi. Bu hosil bo`lgan tengliklarning ikkinchisini birinchisiga bo`lsak, hosil bo`ladi.
Chizmadan еkanligi ko`rinib turibdi. Keyingi ikki tenglikni solishtirib, quyidagini hosil qilamiz:
.
To`g`ri burchakli SVA1 uchburchakdan deb yozish mumkin, u holda yuqoridagi tenglik
yoki (7.22)
korinishga keladi. Bu bog`lanish yoritilganlikning 2-qonunini ifodalaydi. Yorituvchi sirtga yorug`lik kuchi burchak ostida tushsa, sirtning yoritilganligi nurning tushish burchagi kosinusiga to`g`ri proportsionaldir.
Yoritilganlikni ikkala qonuni birlashtirib, quyidagicha yozish mumkin:
. (7.23)
Nuqtaviy yorug`lik manbaining biror sirtda hosil qilgan yoritilganligi manbaining yorug`lik kuchiga va nurlarning tushish burchagi kosinusiga to`g`ri proportsional va manbadan sirtgacha bo`lgan masofaning kvadratiga teskari proportsionaldir.
7.12-rasm. Eng soda fotometrning tuzilishi
Sirtlarning yoritilganligini tenglashtirish yo`li bilan ikki manbaning yorug`lik kuchi taqqoslanadi. Shu maqsadda ishlatiladigan asboblar fotometrlar deb ataladi. Еng sodda fotometrlardan birining ishlash printsipi bilan tanishib chiqamiz (7.12-rasm). Uchburchakli AVS prizmaning oq rangga bo`yalgan AS va VS yoqlariga S1 va S2manbalardan yorug`lik tushadi. Yoritilganlik S tomondan ko`z bilan kuzatiladi. Fotometrni manbalar orasida u yoki bu tomonga siljitib prizmaning VS va AS yoqlari bir xil yoritilishiga еrishiladi va shundan so`ng quyidagi mulohazalarga muvofiq manbaning yorug`lik kuchi hisoblanadi: yorug`lik kuchi I1va I2 bo`lgan S1 va S2 manbalar prizmadan r1 va r2 masofada turib
va
yoritilganlik hosil qiladi. Fotometrni E1=E2 bo`ladigan qilib joylashtirganimiz uchun quyidagini yoza olamiz:
. (7.24)
(7.24) ifodadan bir manbaning yorug`lik kuchi ma`lum bo`lganda ikkinchi manbaning yorug`lik kuchini topishga imkon beradi.
Yoritilganlikni o`lchash uchun еsa alohida asboblar – lyuksmetrlar ishlatiladi. Fotograflar suratga olishda foydalanadigan fotoеksponometr asbobining ishlashi ham yoritilganlikni o`lchashga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |