93
-
sog’liqni saqlash muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal
ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
-
sog’liqni saqlash muassasalarini eng yangi laboratoriya, tashxis qo’yish va
davolash asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi hamda boshqa tibbiy apparatlar,
maxsus mebel va anjomlar bilan jihozlash hamda tizimli ravishda qayta jihozlashni
moliyalashtirish;
-
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning
meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasining mablag’laridan:
-
sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlari
doirasida magistral (viloyatlararo), tumanlararo, xo’jaliklararo ochiq kollektorlarni va
ulardagi inshootlarni, yopiq gorizontal drenaj tarmoqlarini, vertikal drenaj
quduqlarni, meliorativ nasos stantsiyalarini hamda kuzatish tarmoqlarini qurish,
rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va tozalash;
-
sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlariga
kiritiladigan loyihalarni amalga oshirish bilan bog’liq loyiha-qidiruv hujjatlarini
ixtisoslashtirilgan loyihalash tashkilotlari tomonidan ishlab chiqish;
-
ixtisoslashtirilgan qurilish va foydalanish tashkilotlari, suv iste’molchilari
uyushmalarining meliorativ texnika parkini mablag’larni qaytarish asosida
yangilashni, shu jumladan uzoq muddatli imtiyozli lizing shartlari asosida
yangilashni moliyalashtirish tadbirlari;
-
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning
meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasini boshqarish departamentini hamda
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining qurilayotgan
korxonalar birlashgan direktsiyalarining melioratsiyaga taalluqli qismini saqlab
turish;
-
sug’oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturlarida
nazarda tutilgan boshqa ishlar uchun foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Oliy o’quv yurtlarining
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi mablag’laridan:
-
oliy o’quv yurtlarining o’quv-laboratoriya korpuslarini, sport zallarini va
talabalar yashab turgan joylarni hamda boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish,
rekonstruktsiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlarini moliyalashtirish;
-
oliy o’quv yurtlarining o’quv-laboratoriya korpuslarini, sport zallarini,
talabalar yashab turgan joylarni hamda birgalikda foydalaniladigan oliy o’quv
yurtlariaro ilmiy-laboratoriya komplekslarini mebel, zamonaviy o’quv-laboratoriya
asbob-uskunalari va ilmiy asbob-uskunalar, axborot-kommunikatsiya texnikasi va
sport anjomlari bilan jihozlashni moliyalashtirish;
-
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: