I. Karimov
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida pul muomalasi, kredit tizimi, xususan O’zbekiston Respublikasi kredit tizimini o’ziga xos xususiyatlari, bank tizimi, O’zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, banklarda bozor talablariga mos keluvchi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarning talab va takliflarini hisobga olish, yangi kredit vositalarini qo’llash, turli kredit institutlarini tashkil etishi bilan bog’liq jarayonlarini yuzaga keltirdi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etadi
Fanning vazifasi – talabalarni bank va moliya tizimi qonuniyatlari, uni ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi tutgan o’rnini o’rgatishdan hamda ushbu sohalarda mustaqil ishlashga tayyorlashdan iborat
Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga
qo’yiladigan talablar
Mazkur fan bo’yicha bakalavr:
- bozor iqtisodiyotida va ijtimoiy sohada puldan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari;
- pul muomalasi tuzilishini va iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil etishning tamoyillari;
- xo’jalik sub’ektlari tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni qulay shakllarini tanlanishi;
- naqd pul aylanmasini tartibga solish usullari va vositalari;
- inflyatsiyaning namoyon bo’lish shakllari;
- xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob operatsiyalari, savdo va to’lov balansini tartibga solish usullarini va vositalari;
- bank infratuzilmasini, tijorat banklari funktsiyasi va rolini, chet el tajribasini, bank faoliyatini takomillashtirishda qo’llash;
- kreditning turli shakllaridan foydalanishning usullari va vositalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- bank, kredit va pulning mohiyati, zarurligi, belgilari, funktsiyasi;
- bank, kredit va pul tizimi;
- O’zbekiston Respublikasi bank, kredit, pul tizimi va uning xususiyatlari;
- bank, kredit, pul siyosati;
- pul nazariyasi asoslari;
- pul muomalasini tartibga solishning modellari;
- pul-kredit siyosati tushunchalari;
- bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning mohiyati, zarurligi va roli;
- pul aylanmasi va uning tuzilishi;
- naqd pul va naqd pulsiz aylanmalarni tashkil etish hamda naqd pulsiz hisob- kitoblarning shakllari;
- pul muomalasini namoyon bo’lish shakllari va barqarorlashtirish usullari, inflyatsiyaning mohiyati;
- pul islohotlarining zarurligi, ularni o’tkazish tartibi va shakllari;
- pul tizimlarining mohiyati, unsurlari va tiplari;
- O’zbekiston Respublikasi va boshqa chet mamlakatlar pul-kredit tizimi bo’g’inlarining tuzilishi va funktsiyalari;
- bank tizimi va uning bo’g’inlari;
- kreditning mohiyati, zarurligi, funktsiyasi va shakllari haqida malakaga ega bo’lishi lozim;
- bank faoliyati bo’yicha, pul muomalasi, kreditlashtirish, korxona, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy hisobotlarini hisob-kitoblarini tuzish va tahlil qilish;
- tijorat banklari resurslari va aktivlarini tahlili;
- pulning vaqtinchalik qiymati hisob-kitobi;
- inflyatsiya darajasini baholash;
- qonunchilik me’yoriy va yo’riqnoma materiallaridan yetarli darajada foydalanish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Shundan kelib chiqib:
- talabalar fanni o’rganish davrida har bir o’tiladigan mavzu bo’yicha o’qituvchi tomonidan so’raladigan «tayanch» ibora, test savollariga javob berib, mavzu yuzasidan tegishli masalani yecha olishi;
- o’qish davrida yozma nazorat ishlarini bajarishi va referatlar tayyorlashi;
- fanni o’zlashtirish natijasida va kelajakda talaba bankva moliya faoliyatida bo’ladigan o’zgarishlarni tahlil qilishni bilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |