Metod
|
Vazifasi
|
append()
|
Ro’yxat oxiriga element qo’shadi
|
clear()
|
Ro’yxatni tozalaydi, undagi barcha elementlarni o’chiradi
|
copy()
|
Ro’yxat nusxasini yaratadi
|
count()
|
Berilgan satrdagi qism satrlar sonini aniqlaydi
|
extend()
|
Joriy ro’yxat oxiriga element qo’shadi
|
index()
|
Berilgan qiymat bo’yicha birinchi element indeksini aniqlaydi
|
insert()
|
Indeksiga ko’ra element qo’shadi
|
pop()
|
Indeksiga ko’ra yoki oxirgi elementni o’chiradi
|
Kortej (Tuple) - tayp
Kortej (tuple) tartiblangan, o’zgartirilmaydigan ketma-ketlik bo’lib kichik qavslar yordamida yoziladi.
Kortejni yaratish:
mevalar = ("olma", "gilos", "shaftoli", "bexi")
print(mevalar)
Natija: ('olma', 'gilos', 'shaftoli', 'bexi')
Kortej elementlariga ularning indeksi orqali murojaat qilinadi:
mevalar = ("olma", "gilos", "shaftoli", "bexi")
print(mevalar[1])
Natija: gilos
Kortej yaratilganidan so’ng uning elementlarini o’zgartirib bo’lmaydi. Kortej elementlarini o’zgartirish xatolikga olib keladi. Shuningdek kortej elementlarini o’chirib bo’lmaydi.
Yuqoridagi ketma-ketliklar kabi kortej uzunligi, ya’ni undagi elementlar sonini len() yordamida aniqlash imkoni berilgan.
Del kalit so’zi yordamida kortejni to’laligicha o’chirib tashlash mumkin.
Tuple konstruktori yordamida ham yuqoridagilar kabi, ya’ni ikkita kichik qavslar yordamida kortej yaratish imkoni berilgan.
Kortejning ikkita metodi count() va index() mavjud. Count() metodi yordamida ko’rsatilgan element necha marta uchrashini aniqlaydi. Index() metodi element qiymatiga ko’ra uning indeksini aniqlaydi.
Lug’at
Lug’at tartiblanmagan ketma-ketlik bo’lib, elementlarni o’zgartirish va indekslari bo’yicha ishlash imkonini beradi. Pythonda lug’atlar katta qavslar yordamida yaratiladi va kalit va qiymatlardan tashkil topadi.
"Malumot" nomli lug’at yaratamiz va uni oynaga chiqaramiz:
Malumot = {
"Familiya": "Abdullayev", "Ismi": "Botir",
"Tugilgan_yili": 2002, "Talim_yonalishi": "Kompyuter injiniringi"
}
print(Malumot)
Natija:
{'Familiya': 'Abdullayev', 'Ismi': 'Botir', 'Tugilgan_yili': 2002, 'Talim_yonalishi': 'Kompyuter injiniringi'}
Lug’at elementlariga uning kalit so’zlari orqali murojaat qilish mumkin. Masalan “Ismi” kalit so’zi orqali uning qiymatini aniqlaylik:
i = Malumot["Ismi"]
Shuningdek, get() metodi yordamida ham shu natijaga ega bo’lamiz, ikkala holda ham bir xil natijaga ega bo’lamiz:
i = Malumot.get("Ismi")
Masalan,
Malumot = {
"Familiya": "Abdullayev", "Ismi": "Botir",
"Tugilgan_yili": 2002, "Talim_yonalishi": "Kompyuter injiniringi"
}
I = Malumot["Ismi"]
print(I)
Natija: Botir
Lug’atda kalit so’zlariga qarab uning qiymatini o’zgartirish mumkin. Masalan, "Talim_yonalishi" kalit so’zi orqali uning qiymatini o’zgartiramiz:
Malumot = {
"Familiya": "Abdullayev", "Ismi": "Botir",
"Tugilgan_yili": 2002, "Talim_yonalishi": "Kompyuter injiniringi"
}
Malumot["Talim_yonalishi"] = Matematika
print(Malumot)
Natija:
{'Familiya': 'Abdullayev', 'Ismi': 'Botir', 'Tugilgan_yili': 2002, 'Talim_yonalishi': 'Matematika'}
Lug’atdagi kalit so’zlarni yoki elementlariga ketma-ket murojaat qilish, oynaga chiqarish mumkin. For operatori yordamida lug’at kalit so’zlarini for i in Malumot: print (i) kabi, kalit so’zlarga mos bo’lgan elemetlarni for i in Malumot: print (i) ko’rinishida oynaga chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |