Kurs ishi kafedra mudiri tasdiqlagan professor, dotsent va eng tajribali
o‟qituvchilar safidan tayinlangan ilmiy rahbarlar boshchiligida bajariladi. Ilmiy
rahbarlik qilish uchun o‟rnatilgan tartibda yuklama belgilanadi. Kurs ishini yozishdan
8
avval talaba mavzu bo‟yicha tegishli adabiyotlarni to‟plab kurs ishi rejasini tuzadi va
ilmiy rahbarga tasdiqlatib oladi. Ilmiy raxbar talabaga kurs ishi yozish davomida
maslaxat berib boradi, qanday yangi adabiyotlarda foydalanishi mumkinligini tavsiya
qiladi.
Kurs ishining rahbari vazifalari:
- talabaga kurs ishini bajarishda bevosita rahbarlik qiladi;
- kurs ishi rejasi tekshirib beradi va maqsadini aniqlab, talabaning ijodiy
izlanishlarini mazkur rejaga muvofiqlashtirishga yordam beradi;
- talaba bilan birgalikda ilmiy tadqiqot usullarini aniqlaydi, o‟tkazilishi zarur
bo‟lgan eksperementlar metodikasini, o‟tkazilishi muddatlarini muhokama etadi;
- rahbar talaba bilan birgalikda kurs ishini bajaralishi jarayonini taxlil qiladi, u
tomondan ishlatiladigan ilmiy atamalar, shartli belgi va simvollarning qo‟llanilish
tartibga rioya qilinishini nazorat qilib boradi.
Kurs ishi belgilangan tartibda tayyorlangandan so‟ng, talaba ishni kafedra
tomonidan ko‟rsatilgan muddatlardan kechikmagan xolda kafedradan ro‟yhatdan
o‟tkazishi va ilmiy rahbarga topshirishi shart.
Tayyor bo‟lgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan taqriz yoziladi.
Kurs ishida unga qo‟pol bo‟lmagan xato va kamchiliklar bo‟lsa-yu, u himoyaga
tavsiya etilsa, talaba ko‟rsatilgan xato - kamchiliklarni asoslash yoki to‟g‟rilash
uchun kurs ishi himoyasigacha tayyorlanish kerak. Agarda kurs ishida xato-
kamchiliklar ko‟p bo‟lsa, ularni bartaraf etgandan so‟ng, himoyaga tavsiya etilishi
ko‟rsatilgan bo‟lib, u holda xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‟ng, ikkinchi
marta yana himoyaga tavsiya etish taqrizi yoziladi.
Agarda talaba sababsiz ravishda kurs ishini o‟z vaqtida topshirmasa,
kamchiliklar to‟liq bartaraf etilmasa, u holda ilmiy rahbar kurs ishi himoyaga
qo‟yilmaydi deb yozib xulosa beradi.
Kabinet mudiri taqriz yozilgan kurs ishini topshirilgan kun bilan ro‟yxatdan
o‟tkazishi kerak. Kurs ishilarini ro‟yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga
rasmiylashtirish tavsiya etiladi.
Taqriz olingandan so‟ng, talaba kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan kurs ishi
himoyasi bo‟yicha komissiya a‟zolari oldida og‟zaki himoya qilinadi.
Kurs ishini himoya qilish kuni va himoyada qatnashuvchi komissiya tarkibi
kafedra majlisida belgilab beriladi. Kurs ishi himoyasida qatnashuvchi komissiya
tarkibi 3-5 ta a‟zodan iborat bo‟ladi. Kurs ishini himoyasida, albatta, komissiya
tarkibidan kamida 3 ta a‟zosi bo‟lishi talab etiladi.
Komissiya kurs ishi bo‟yicha baholash mezonlari asosida talaba baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: