Toshkent Politexnika texnikumi
Mustaqil ish
Fan: Raqamli texnika
Mavzu: Triggerlarning sxemasini amalga oshirish hususiyatlari.
Bajardi: Ro‘ziboyev Zarifjon
Tekshirdi:Yusupov Bobomurod
2021-2022-o’quv yili
Reja:
1. Triggerlar
2. Asinxron va sinxron triggerlar
3. Triggerlarning tiplari
4. Triggerlarning sxemasi
5. Mavzuga doir savollar
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar
Triggerlar
Triggerlar-bu qurilma raqamli qurilmalar ichida eng ko‘p tarqalgan qurilma bo‘lib, ikkita turg‘un holatga ega va uning bir holatdan ikkinchi holatga sakrab o‘tishi tashqi boshqaruv signal ta’sirida amalga oshadi. Triggerlardan foydalanilgan holda turli mantiqiy va hisoblash qurilmalari, generatorlar va xotira qurilmalari yaratish mumkin.
Trigger - bir razryadli ikkilik axborot (“0”yoki”1”) ni saqlaydigan xotira elementi. Mantiqiy elementlardan farqli ravishda trigger ichki xotiraga ega.
Triggerlarning vazifasi. Trigger bitta mantiqiy o‘zgaruvchining qiymatini saqlash uchun mo‘ljallangan (yoki bir razryadli ikkilik sonni; ko‘p razryadli ikkilik sonlarni saqlashda sonning har bir razryadini xotirada saqlash uchun alohida trigger foydalaniladi). Shunga asosan, trigger ikki holatda bo‘ladi: ulardan bittasi 0 holat deb, boshqasi 1 holat deb belgilanadi. Triggerlarning kirishiga ta’sir o‘tkazib, uni zarur holatga o‘tkaziladi.
Asosiy belgilashlar. Triggerning ikki chiqishi mavjud: to‘g‘ri Q va inversli Q.Triggerning holati bu chiqishlardagi quvvat darajasi bilan aniqlanadi: agar Q chiqishidagi quvvat man.0 (Q = 0) darajasiga mos keladigan bo‘lsa, trigger 0 holatda deb qabul qiladi; Q=1 da esa trigger 1 holatda deyiladi. Q inversli chiqishidagi mantiqiy daraja trigger holatining inversiyasini ifodalaydi (Q = 1 holatida va aksincha ).
Triggerlar turli kirish tiplariga ega. Ularning belgilanishlarini va vazifalarini keltiramiz:
R (ingliz. Reset) —0 holatiga alohida kirishni o‘rnatish;
S (ingliz.Set) —1 holatiga alohida kirishni o‘rnatish;
К— 0 holatiga universal trigger qurilmasiga kirishi;
J— 1 holatiga universal trigger qurilmasiga kirish;
Т— sanash uchun kirish ;
D (ingliz. Delay) — shu kirishdagi mantiqiy darajaga mos keluvchi; holatga o‘rnatilgan triggerning qurilmasiga axborot kirish yo‘li ;
С—boshqaruvchi kirish (sinxronlashtiruvchi);
Triggerning nomlanishi uning kirishlarining tiplari bilan aniqlanadi. Masalan, RS-trigger — R va S tipli kirishlari mavjud bo‘lgan trigger.
Triggerlar ikkita chiqishga: 1) Q- to'g'ri chiqish. 2) Q -inkorli chiqishga ega.
Triggerlarning «1» holatiga to'g'ri chiqishdagi (Q) signalning yuqori holati «1», inkorli chiqishidagi (Q ) signalning past holati «0» to'g'ri keladi. Trigger qurilmasining kirishlari informasion va yordamchi (boshqaruvchi) kirishlarga bo'linadi. Informatsion kirishlaridagi signallar trigger holatini boshqaradi, yordamchi kirishlardagi signallar esa tirggerni talab qilingan holatga oldindan o'rnatish uchun, hamda ularni sinxrosignal bilan ta'minlash uchun hizmat qiladi. Trigger kirishlarining soni uning strukturasiga va boshqariladigan vazifalariga bog'liq. Triggerning informasion kirishlari S, R, J, K, D, T simvollari orqali belgilanishi qabul qilingan, boshqaruvchi kirishlar esa C, V simvollar bilan belgilanadi.
Triggerning sxematik belgisi Bu erda S, R- informasion kirishlarni, Q va Q – chiqishlarni belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |