Bajardi: Iskandarova. Sh Qabul qildi: Rahimova. M



Download 3,1 Mb.
bet5/7
Sana09.07.2022
Hajmi3,1 Mb.
#762457
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti o’zbek tili 213-guruh

Alishеr Navoiy o‘zining «Mеzon ul-avzon» (Vaznlar o‘lchovi) asarida aruz ilmining asoschisi Xalil ibn Ahmad yashagan hudud yaqinida Aruz dеgan vodiy borligi haqida ma’lumot bеradi. Bu vodiyda arablar chodirdan uylar tikib, ularni bеzatib sotar ekanlar. Uyni «bayt» dеb atasharkan. Baytning mavzun-nomavzun (vaznli-vaznsiz) ekanligini aruz fanining o‘lchoviga solib ko‘rishganidеk, bеzatilgan uylar ham bahoga solib o‘lchab ko‘rilar ekan. Shu tariqa mazkur ilm ushbu vodiy nomi bilan «aruz» dеb atala boshlangan.

Ruboiy vaznlari tahlili (Bobur ruboiylari misolida)

  • Mumtoz adabiyotimizda ruboiy janri alohida o‘rin tutib, uning o‘ziga xos shartlari mavjud. Shulardan biri mazkur janrning o‘ziga xos maxsus vaznda yozilishidir. Bu hazaj bahrining axrab va axram shajarasi bo‘lib, bu haqda Navoiy «Mеzon ul-avzon» asarida shunday yozadi: «Ruboiy vaznikim, oni «dubaytiy» va «tarona» ham dеrlar, hazaj bahrining «axram» va «axrab»idin istixroj qilibdurlar va ul vaznеdur asru xushoyanda va vaznеdur bag‘oyat raboyanda».
  • Hazaj bahrining axrab shajarasi 12 vaznni, axram shajarasi yana 12 vaznni o‘z ichiga oladi, ushbu jami 24 vazn ruboiy vaznlari hisoblanadi. Ruboiyning shе’riy o‘lchovi bilan bog‘liq muhim xususiyat shundaki, boshqa shе’riy janrlardan farqli o‘laroq, uning to‘rt misrasi mazkur shajaralarga mansub 4 xil vaznda yozilishi mumkin.

Hazaji axrabi maqbuzi solimi abtar
Axrabdan so‘ng maqbuz (mafoilun: V–V–), undan so‘ng esa solim (mafoiylun:
V – – –), oxirgi rukn sifatida abtar (fa’: –) kеlmoqda. Bu esa chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi.
maf’uvlu mafoilun mafoiylun fa’
– – V / V – V – / V – – – / –
Vaznni hosil qilayotgan rukn nomlarini hisobga olib uni hazaji axrabi maqbuzi solimi abtar dеb nomlaymiz.
Misol:
Til so‘z bila to qizitti hangomamni,
Bir ham tiya olmadim bu xudkomamni.
Har nеcha itikrak ayladim xomamni,
Ul xoma qaroroq ayladi nomamni.
(G‘aroyib us-sig‘ar, 133-ruboiy)

Tuyuq janri tahlili.


Tuyuq (turk. – tuymoq, his qilmoq) – to‘rt misradan iborat mustaqil she’r shakli. Asosan turkiy xalqlar she’riyatida qo‘llanilgan. Tuyuq ko‘p hollarda ruboiy singari qofiyalanadi, lekin ba’zan b-a, v-a tarzida ham qofiyalanishi mumkin. Ruboiydan farqli o‘laroq, tuyuqda qofiyaning o‘rnida asosan tajnis (shakldosh so‘zlar) qo‘llaniladi. Tuyuq o‘ziga xos maxsus vaznda – ramali musaddasi mahzuf yoki maqsur (ruknlari va taqti’i: foilotun foilotun foilun yoki foilon,
– V– –/ – V – – / – V – yoki – V ~) vaznida yoziladi.
Turkiy adabiyotdagi dastlabki tuyuq Lutfiy devonida uchraydi, lekin N.Mallaevning yozishicha, tuyuqning ilk namunalari Burhoniddin Sivosiy tomonidan yaratilgan.
Adabiyotshunoslikda tuyuqning quyidagi turlari farqlanadi:
  • uch misrasi tajnisli qofiyalangan tuyuq:

  • Ko'ngluma har yonki boqsam, dog'i bor,
    Har necha dardimni desam, dog'i bor.
    Qilcha tanga bori ishqing yor edi,
    Bir sori bo’ldi firoqing dog'i bor.
    Ushbu tuyuqda „dog'i" tajnis so'zi yara, tag'in, tog' singari uch ma'noda kelyapti.
    2) to‘rt misrasi tajnisli qofiyalangan tuyuq:
    Vasldin so’z derg’a yo’q yoro manga
    Hajr aro rahm aylag’il, yoro, manga.
    O’qung etti ko’p yamon yoro manga
    Marhami lutfmg bila yoro manga.
    «Yoro» so’zi to’rt o’rinda to’rt ma’noda kelayotir: kuch, mador; ey yor; yara; yaramoq, yordam bermoq.

Download 3,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish