Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Loyihaviy moliyalashtirish jarayonining qatnashchilari



Download 6,3 Mb.
bet39/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

2. Loyihaviy moliyalashtirish jarayonining qatnashchilari

Loyihaviy moliyalashtirishni amalga oshirish o’ziga xos tamoyillarga asoslanadi va ular quyidagilardan iborat:


- investitsion loyihada loyihani amalga oshirishga tayyor ishonchli sheriklarni ishtirok etishi;
- loyiha texnik-iqtisodiy asoslanishi va loyiha smeta xujjatlarni yuqori talab darajasida ishlab chiqilishi;
- loyihani etarli darajada kapitalizatsiyasi;
- loyihaning qurilish-montaj va ekspluatatsiya mezonlarini batafsil o’rganib chiqish (transport, maxsulotni ishlab chiqarish, marketing va boshqalar);
- loyiha riskini baholash va uni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash;
- garov yoki boshqa ta’minotning maqsadga muvofiq mavjudligi.
Loyihaviy moliyalashtirishning yuqorida keltirilgan tamoyillari uni amalga oshirishning quyidagi ikki turdagi moliyaviy sxemalarida o’z ta’siriga ega bo’ladi:
1. Parallel moliyalashtirish;
2. Bosqichma - bosqich moliyalashtirish;
Birinchi tur moliyalashtirish amaliyotda “Hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirish” deb ham ataladi, bunda yuqori ahamiyatga ega bo’lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun bir nechta kredit muassasalari qarz mablag’lari ajratadi. Bosqichma - bosqich moliyalashtirishda esa yuqori nufuzga ega bo’lgan bankning qatnashishi zarurligini talab qiladi. Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi. Ko’p hollarda, loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo’lgan tijorat bankining yoki halqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o’z vaqtida kreditni qaytarishiga qo’shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo’shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to’lov majburiyatini bajarmasa bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega bo’ladi.
Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo’shma) moliyalashtirishning quyidagi ko’rinishlari (shakllari) mavjud?, ya’ni hamkorlikda moliyalashtirishning ikki shakli ko’p qo’llaniladi:
- mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o’ziga tegishli bo’lgan qismini moliyalashtiradi (subloyiha);
- ko’pchilik bo’lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar to’planib bitta sindikatga birlashadilar, yagona kredit shartnomasi tuziladi va kredit shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer amalga oshiradi. Keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim hollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.
Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o’ziga xos xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi bo’yicha tajribali mutaxassislarning mavjudligi, bank olamida yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo’yicha ko’plab arizalar kelib tushadi. Biroq, yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligi yoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. Shuning uchun, ko’p hollarda, bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so’ng tashabbuskor bank shartnoma bo’yicha qarzdorga nisbatan o’z talabini boshqa kreditorga beradi.
Loyihaviy moliyalashtirishda quyidagi ishlarni bajarish o’ta muhimdir. Boshqacha ifodalaganda, loyihaviy moliyalashtirishning bosqichlari quyidagicha:
Birinchi bosqich - loyihaning texnik tahlili. Bu bosqichda quyidagi savolga javob berish zarur: loyiha o’zining boshlang’ich smeta xarajatlariga mos holda amalga oshirilmoqdami? Loyihaviy moliyalashtirishda qarzdorlar tajribali ekspert-injenerlarning (bu ko’p hollarda maxsus savollarda tavsiyalar beruvchi mustaqil maslahatchilar) tavsiyasiga amal qiladi. Bunday ekspertlarning xulosasi texnik hisobot shaklida tavsiya etilishi va quyidagi holatlarni o’zida qamrab olishi mumkin: zarur investitsiya miqdorini; kelgusidagi zarur investitsiyalarni (ko’zda tutilmagan xarajatlarni va favqulotdagi zararlarni qo’shgan holda); loyihaning qaytimi uchun zarur vaqt; zararsizlik nuqtasi; elektr energiya, suv va boshqa xarajatlar qiymati; loyihada ishlash uchun xodimlarni o’qitish imkoniyati; loyiha mahsulotini sotish bozorining mavjudligi.
Ikkinchi bosqich - bu iqtisodiy va moliyaviy tahlil.
Loyihalarning iqtisodiy va moliyaviy tahlili jarayonida loyiha barcha olingan kreditlar bo’yicha o’z vaqtida hisob kitoblar uchun etarlicha foydaga ega bo’ladimi?- degan savolga javob olish zarurdir.
Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashning asosi bo’lib sof pul oqimini tahlili hisoblanadi. Sof pul oqimi o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: loyiha egalarining aktsioner kapitaliga dastlabki investitsiya qo’yilmalarini va kreditorlarning qarz mablag’larini; olingan foydani; sarf xarajatlarni.
Loyihalarni moliyalashtirishning uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida homiylarni faoliyatini, risklarni va ularni taqsimlanishini tahlil etadi. Bu bosqichda kreditorlar rahbarlarning faoliyatini va ularning imidjini, loyiha ishtirokchilari uchun risklarning to’g’ri taqsimotini o’rganadi.
Hozirgi kunda investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning yangi, usuli sinditsirlashtirilgan kreditlash (sindikatga uyushgan bir necha kreditorlarning kreditlari majmui) paydo bo’ldi. Iqtisodiy adabiyotlarda bu so’zning aniq atamasi yo’qligi sababli, ko’pchilik hollarda moliyalashtirishning bu turini sindikatlashtirilgan kredit, deb ham ataladi.
Sindikatlashmoq, sindikat tuzib birlashmoq ma’nosini bildirib, investitsiyalarni moliyalashtirish tizimida yirik investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirishni tashkil etish usullaridan birini anglatadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda sindikatlashtirilgan kreditning asosiy xususiyati shunday iboratki, bunda bir necha kreditorlarning mavjudligi, moliyalashtirish uchun berilgan kredit summasi va u bilan bog’liq risklarning ishtiroki kreditorlar (banklar) o’rtasida taqsimlanishidadir.
Investitsiya loyihalarni moliyalashtirishda sindikatlashtirilishi mumkin bo’lgan kreditlar loyihaviy moliyalashtirishga kiradi. Loyihaviy moliyalashtirishda kreditni qaytarishning manbai bo’lib, loyihani amalga oshirish natijasida olingan foyda hisoblanadi.
Loyihaviy moliyalashtirish usullari G’arbiy Evropa mamlakatlarida o’tgan asrning 80-yillarining boshida turli xil moliyaviy operatsiyalarni bajarish maqsadida foydalana boshlandi. Bu operatsiyalar loyiha tashabbuschilariga qarz to’lovlariga bo’lgan xarajatlarni kamaytirishga, moliya-kredit institutlarining yordamidan foylanishga imkoniyat yaratgan edi.
Dastlab, loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozori unchalik ko’p bo’lmagan Amerika, Kanada, Germaniya va Yaponiya banklari o’rtasida bo’lib olingan edi. Bir muncha vaqt o’tib, Shimoliy dengizda neft va gaz qazib olishning keskin rivojlanishi natijasida ular qatoriga Buyuk Britaniya tijorat banklari ham qo’shildi. Keyinchalik Frantsiya, Shveytsariya, Gollandiya, Belgiya, Italiya va boshqa mamlakatlar banklari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida faol ishtirok eta boshlashdi.
90-yillarning birinchi yarmida jahon xo’jaligi rivojlanishi uchun xos bo’lgan iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlari loyihaviy moliyalashtirish shakllariga katta talabni vujudga keltirdi. Bu talab, eng avvalo, rivojlanayotgan bozorlarga tegishli edi. 1997-1998 yillardagi jahon moliyaviy inqiroziga qadar, loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida etakchilikni Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari egallashgan edi. 1996 yilda Gonkongda 19,3 mlrd. doll. qiymatdagi 36 ta investitsiya loyihasi, Indoneziyada 14,1 mlrd. doll. qiymatdagi 72 ta loyiha, Taylandda 9,4 mlrd. doll. qiymatdagi 31 ta loyiha amalga oshirilgan edi. 1996 yilda Osiyo davlatlarida jami 86,2 mlrd. doll. qiymatdagi 400 ta investitsiya loyihasi moliyalashtirilgan. Bu ko’rsatkich Amerika va Evropa kontingentlari mamlakatlarinikiga qaraganda ko’pdir.
90-yillarning oxirlariga kelib, Osiyo davlatlari loyihaviy moliyalashtirishning jahon bozorida birinchilikni yo’qotishdi va etakchilikni yana AQSh va G’arbiy Evropa davlatlari egallashdi. Biroq, oxirgi yillarda Osiyo va Sharqiy Evropa davlatlari inqiroz zarbalaridan o’zini o’nglab olgach, Yana xorijiy investitsiyalarni jalb qilish evaziga iqtisodiy o’sishning yuqori templarini ta’minlashga harakat qilishmoqda. Bunday davlatlar qatoriga, eng avvalo, Xitoy, Indoneziya, Fillipin, Malayziya kabi Osiyo davlatlarini va Sharqiy Evropa davlatlarini kiritishimiz mumkin. Bu davlatlarda investitsiyalash templari oxirgi 2-3 yil ichida ancha sezilarli bo’lib bormoqda.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda loyihaviy moliyalashtirishning turli shakl va sxemalari asosida amalaga oshirilgan yirik loyihalarga misol qilib, loyihaviy moliyalashtirishning “sof” namunasi bo’lgan Buyuk Britaniyani Evropa kontengenti bilan bilashtiruvchi “Evrotunnel” loyihasini keltirishimiz mumkin. Mazkur loyiha davlat organlari va xalqaro tashkilotlar ishtirokisiz xususiy sektor investitsiyalari asosida amalga oshirilgan. Loyihani moliyalashtirishning umumiy qiymati 7 mlrd. funt sterlingni tashkil etib, loyihada 15 davlatdan 198 ta bank ishtirok etgan.
Jahon tajribasida loyihaviy moliyalashtirishning muhim tamoyillari quyidagilardan iborat: loyihani amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor bo’lgan ishonchli sheriklarning loyihada ishtirok etishi; yuqori malaka darajasida tayyorlangan texnik-iqtisodiy asosnoma va loyiha-smeta hujjatlari; loyihaning etarli darajada kapitallashuvi; loyiha qurilishi va ekspluatatsiyasining barcha aspektlarini mayda bo’laklar holida ishlab chiqilganligi; loyiha risklarining baholanishi va ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanishi; muayyan vaziyatga muvofiq ta’minot va kafolatlarning mavjudligi.
Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda sindikatli kreditlash shaklidan keng foydalaniladi. Amaliyotdagi kredit operatsiyalari jarayonida bank birinchi o’ringa qarz oluvchining kredit tarixini o’rganishga, uning iqtisodiy, moliyaviy ahvoliga va ta’minot turlari, garovga berilayotgan mulkni baholashga diqqat e’tiborini qaratsa, loyihaviy moliyalashtirishda esa asosiy e’tibor loyiha tahliliga ajratiladi. Loyihaviy tahlilning asosiy obyekti, bu loyihaviy xujjatlar (loyihani texnik-iqtisodiy asosi)dir. Loyihaviy taxlilning asosiy maqsadi bu investitsion loyihasini moliyaviy va iqtisodiy samaradorligini aniqlab berish, investitsion loyihasining smeta xarajatlari va moliyalashtirish manbalarini aniq belgilash hamda rikslarni baholash va samarali boshqarishdir. Shuningdek, alohida banklar ham kafil bo’lib chiqishlari mumkin. Bunday holat xalqaro kredit tashkilotlari yoki eksport-import kreditlarini sug’urtalovchi milliy agentliklar tomonidan loyiha moliyalashtirilganda ko’proq yuz beradi. Bunda sindikat-ishtirokchi banklar kreditor foydasiga akkredetiv ochishlari yoki kafolat berishlari mumkin.
Umuman olganda, sinditsiyalashtirilgan kredit deganda bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash. Yirik investitsiya loyihasi - umumiy qiymati tijorat banklarining birinchi darajali kapitalining 25 foizidan oshadigan investitsiya loyihasidir. Bank sindikati - sinditsiyalashtirilgan kredit berish borasida ikki yoki undan ortiq banklar o’rtasida o’zaro kelishuv bo’lib, bunda etakchi bank - sinditsiyalashtirilgan kreditlash tashabbusi bilan chiqqan va zimmasiga ishtirokchi-banklar nomidan kredit hujjatlarini yuritish mas’uliyati yuklatilgan qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisob varag’iga xizmat ko’rsatuvchi bank hisoblanadi.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish