Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


-jadval OTBning O‘zbekistonda moliyalashtirayotgan yirik investitsion



Download 6,3 Mb.
bet25/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

3-jadval
OTBning O‘zbekistonda moliyalashtirayotgan yirik investitsion
loyihalari va ularning tavsifi

Loyihaning nomi

Summa, mln. AQSH dollari

Loyihaning qisqacha tavsifi

Qishloq xo‘jalik korxopalarini rivojlantirish

50

Qishloq joylaridagi kichik biznes korxonalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash. Moliyalashtirish 28 ta investitsion loyiha bo‘yicha amalga oshirilmokda

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani infratuzilmasini rivojlantirish va xo‘jaliklarini qayta tarkiblash



36

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani qishloq xqjaligida mehnat unumdorligini oshirish va fermerlarning paxta va bug‘doy etishtirishdan oladigan daromadlarini barqarorlashtirish. Ushbu loyiha sinov loyihasi bo‘lib, keyinchalik uni mamlakat miqyosida joriy etish ko‘zda tutilgan.

Donekinlarining hosildorligini oshirish



26

Bug‘doyni etishtirish, qayta ishlash va sotishning tejamli va barqaror tizimlarini rag‘batlantirish. Loyiha 217 ming qishloqsagi uy xqjaligiga foyda keltiradi, shularning 35 foizi kam ta’minlangan oilalardir

Amu-Zang kanali mashina tizimlarini tiklash

73,2

Qishloq xqjaligida mehnat unumdorligini va fermerlar daromadlarining barqarorligini saqlash va oshirish

Erlarning meliorativ holatini yaxshilash

60,2

Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarining 9 ta tumanida erlarni degradatsiya muammosini hal qilish

Umumta’lim tizimida darsliklar va qquv adabiyotlari nashr qilish tizimini takomillashtirish

260

Darsliklarning sifati, foydalanish muddatini oshirish yo‘li bilan umumta’limning sifati va ahamiyatini oshirish

2005 yilda respublikamizda OTB bilan hamkorlikda ayollar va bolalarning sog‘ligini saqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan maqsadli Dasturni amalga opshrish boshlandi. OTB mana shu maqsadlar uchun 40 mln. AQSH dollari ajratdi. Dasturning asosiy maqsadi bo‘lib, ayollar va bolalar qlimini kamaytirish, qishloq joylardagi aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish hisoblanadi.


OTB nafaqat O‘zbekiston iqtisodiyotining yuqorida qayd etilgan sohalariga, balki mamlakatimiz rivojlanishining tayanch asoslaridan biri bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ham sszilarli darajada hissa qo‘shmoqda. Jumladan, respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadiga OTB tomonidan 50 mln. AQSH dollari miqdoridagi kredit ajratildi. Bunda kreditlashning krsdit liniyasi ichit orqali kreditlash shaklidan foydalanildi. Ushbu mablag‘larning mamlakatimiz banklari orqali taqsimoti quyidagicha bo‘ldi: Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki orqali - 20 mln. dollar; Asakabank orqali - 15 mln. dollar; Paxtabank orqali - 15 mln. dollar.
OTB tomonidan respublikamizga ajratilgan kreditlarning asosiy qismi ijtimoiy sohaga, qishloq xqjaligi va transport-kommunikatsiya sohasiga yo‘naltirilmoqda.
Respublikada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun XMIlar ajratayotgan valyuta mablag‘larini tadbirkorlar tomonidan o‘zlashtirish borasida KfV kredit liniyasi etakchi o‘rinni egallamoqda. KfV kredit liniyasi bo‘yicha eksportga yo‘naltirilgan va import mahsulotlar qrnini bosa oladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar moliyalashtiriladi. Hozirgi kunda KfV kredit liniyasi TIFMB, “Ipak-yo‘li” aksiyadorlik-innovatsion tijorat banki va “O‘zprivatbank” orqali kichik biznesni moliyalashtirish ishlarini olib bormoqda. YAna shuni aytish kerakki, KfV kredit liniyasi bo‘yicha kredit olishni xohlovchilar keragidan ortiq. Bunga bir qancha sabablar bor. Ulardan biri yillik foiz stavkasi bqlsa, u kredit miqdorini 9 foizini tashkil etadi va ikkinchisi kredit nemis markasida berilsada, kreditni qaytarish Markaziy bank kursi bo‘yicha sumda amalga oshirilishi mumkin. Bu qulaylik respublikamiz sharoitida muhim ahamiyatga ega, chunki tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlarini darhol eksport qilib, xorijiy valyuta ishlash imkoniyatlariga ega emaslar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, Germaniya bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi uchun mazkur kredit liniyasini 30 mln. nemis markasiga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mazkur mablag‘ qn yarim yilga, uch yildan oshiq bo‘lmagan imtiyozli davr bilan kichik biznes investitsiya loyihalarini maqsadli moliyalashtirish uchun TIFMBga taqdim etildi. SHuning 15 mln. nemis markasi TIFMB tomonidan bevosita kichik biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi, qolgan 15 mln. nemis markasi TIFMB orqali tijorat bank o‘rtasida taqsimlandi.
Kichik biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda XMK ham faol qatnashmoqda. Uning O‘zbekistondagi strategiyasi moliyalash manbalari va texnik ekspertiza olib borishni kengaytirish yo‘li bilan kichik biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish, kuchli va samarali moliya sektorini barpo etish jarayoniga kqmaklashish va moliyaviy xizmatlar turini kengaytirish hisoblanadi.
XMKning TIFMB, Asaka va ABN “Amrobank” orqali 30 mln. AQSH dollar miqdoridagi kreditlar import asbob-uskuna va texnologiyalarni harid qilishga yo‘naltirildi. 1996 yilda XMKsi kichik biznesni rivojlantirish dasturini moliyalash uchun 250 ming AQSH dollardan 3 mln. AQSH dollargacha miqdorda kredit ajratdi, shuningdek, maslahat berish va boshqa moliyalash manbalarini jalb qilish hamda lizing bozorini rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda.
SHu o‘rinda ta’kidlash joizki, kichik biznes sub’ektlarini xorijiy kredit liniyalari orqali moliyalashtirishda har bir kredit liniyasining o‘ziga xos shartlariga, mezonlariga rioya etish kerak. Unga muvofiq, kreditlar ma’lum talablar asosida beriladi. Ularning ba’zilari qariyb bir xil, masalan, o‘z mablag‘lari mavjudligi yoki kafolat ta’minotining foizi, boshqalari esa xorijiy donorning kredit siyosatiga qarab bir oz farq qiladi. Xorijiy kredit qiymatini baholashda qarz oluvchi uchun bank xizmatlariga to‘lanadigan haq muhim ahamiyatga ega: kreditni tashkil etganlik uchun bir martalik vositachilik haqi, majburiyat uchun vositachilik haqi; kreditni boshqarish uchun vositachilik haqi. Kreditni tashkil etganlik uchun vositachilik haqi xorijiy kredit liniyalarining beradigan kredit summasidan foiz nisbatida belgilanadi. Odatda, u kredit summasidan 1,5 foizini tashkil etadi va erkin almashtiriladigan valyutada to‘lanadi. Kreditni boshqarish uchun vositachilik haqi mazkur institutlar tomonidan To‘lov kunidagi joriy kurs bo‘yicha mahalliy valyutada, odatda, kredit summasidan yillik 0,15% miqdorida belgilanadi va kreditlash davrining har olti oyida to‘lanadi.
Hozirgi paytda TIFMBi xorijiy kredit liniyalari hisobidan o‘rta va uzoq muddatli kreditlar berib, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturlarini izchil amalga oshirmoqda. Mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati, shuningdek, TIFMBning xalqaro kreditlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdagi yuqori darajadagi xizmati xorijiy kredit liniyalari tomonidan kichik biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmini oshishiga imkon berdi.
Xorijiy kredit liniyalarini o‘zlashtirishda TIFMB va boshqa tijorat banklarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilsada, kichik biznes sub’ektlarini kreditlash hajmlari qsishiga imkon bermayotgan qator muammolar mavjud. Asosiy muammo, kredit ta’minotining (qimmatli qog‘ozlar bozorining etarli rivojlanmaganligi hamda kafil bo‘la oladigan moliyaviy barqaror korxonalarning kamligi) etarli emasligi, loyihaning dastlabki qiymatidan 25 foizini qoplovchi o‘z mablag‘i etishmasligi kabilardir.
SHuningdek, kichik biznes investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga moliya bozorining etarli rivojlanmaganligi ta’sir ko‘rsatmoqda. Ko‘p hollarda, loyihaviy moliyalashtirish dunyoda keng tarqalgan boshqa usullarning (qimmatli qog‘ozlar chiqarish, investitsion fondlar qo‘yilmalari, bank konsorsiumlari, pensiya fondlari va boshqalar) imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmasdan, bankli kreditlash shaklida amalga oshirilmoqda. Hozircha, loyihaviy moliyalashtirish kichik biznes korxonalari texnik-iqtisodiy asoslash va biznes-rejalarni ishlab chiqish uchun o‘z mablag‘lari etishmasligi natijasida to‘xtab qolmoqda. Akkreditivning qimmatligi natijasida import shartnomalari bo‘yicha oldindan To‘lovlarda qiyinchiliklar mavjud. Buni XMIlarning texnik kqmagi yordamida, shuningdek bank xizmatlarini kengaytirish hisobiga hal qilish mumkin.
Xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha erkin muomaladagi valyuta berilayotgan investitsiyalarni, birinchi navbatda, tashqi bozordagi mahsulotga raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqara oladigan zamonaviy ishlab chiqarishni yaratishga yo‘naltirilishi kerak. Xorijiy kredit liniyalari qqyayotgan talablarni har doim ham ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga kqra qarz oluvchilar tomonidan bajarilishining imkoniyati bo‘lmaydi. Tadbirkorlar tomonidan taqdim etilayotgan loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarning puxta ishlanmaganligi xorijiy kredit liniyalari o‘zlashtirilishining kechikishi yana bir sabab. Aksariyat hollarda loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarda sotib olinadigan xom ashyolar narxlarining kamaytirib ko‘rsatilishi, sotib olinadigan texnologik uskunalar hamda sotiladigan mahsulotlar narxlarining real narxlarga nisbatan oshirib ko‘rsatilishi loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining qayta tayyorlanishiga va tadbirkorlarning ortiqcha vaqt sarflab ovora bo‘lishlariga sabab bo‘lmoqda. Xorijiy kredit liniyalarining o‘z vaqtida o‘zlashtirilmasligining boshqa sababi, tadbirkorlarda kredit olish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirishda qilinadigan xarajatlarni qoplash uchun mablag‘larning etishmasligi, ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan mahsulotlarni chet elga sotishda yordam ko‘rsatish borasida samarali tizim ishlab chiqilmaganligi, tovar va xizmatlar tashqi bozorlari bo‘yicha yaxshi marketing tadqiqotlari yuritilmasligidir. Natijada, ko‘p hollarda, tadbirkorlar tijorat banklarida ko‘rilayotgan o‘z loyihalariga taaluqli savollarga javob bera olmayapdilar. Bu savollar, asosan, xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqariladigan mahsulotni sotish, ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan texnologik jarayonlarga oiddir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish va samarali o‘zlashtirish maqsadida Vatanimizga yuqori sifatli texnika-texnologiyalarni etkazib beruvchi investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini olib borish, tashqi va ichki iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, bevosita xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilishni ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish, ajratilayotgan xorijiy kreditlardan to‘liq foydalanish maqsadida kredit olish uchun taqdim etilayotgan texnik-iqtisodiy asoslarni puxta-pishiq ishlab chiqish, investorlarning qo‘ygan kapitali va ularning huquqlarini himoyalashni kafolatlashni yanada kuchaytirish lozim.
So‘nggi yillarda sindikatli kreditlash bozoriga bo‘lgan qiziqish oshgan. Uning asosiy omilllari quyidagilardan iborat:
- Xitoy, Hindiston, Braziliya va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarning banklari faol ravishda qo‘llay boshlagan sindikatli kreditlash imkoniyatlarini kengaytirish;
- ishlab chiqarishning bir erga to‘planishi jarayonini, bank sanoat qo‘shilishlariga moyillikni kuchaytirish;
- nobank moliyaviy institutlarining bitimlarida faol ishtirok etish, ya’ni, sindikatli kreditlarda moliyaviy xizmatlar bozorida ishlatilishi mumkin bo‘lgan erkin mablag‘larning oqimi sodir bo‘ldi.
Etakchi bank - sinditsiyalashtirilgan kredit tashkilotchilari - Citigroup, ING, HO‘B Group, BNP Paribas, West LB, SG, Deutshe bank, ABN AMRO, Bayern LB, Raiffeisen zentral-bank oesterreich va boshqalar.
Rossiya SHarqiy Evropada sindikatli kreditlar bozorining xajmi bo‘yicha 1-o‘rinni egallaydi, uning bozor ulushi 32% ni tashkil etadi. Rossiyada sindikatli kreditlar bozori 1995 yildan boshlab, ya’ni Mosbiznesbank bir guruh g‘arbiy banklardan ilk ta’minlanmagan sindikatli kreditni olgan paytdan boshlab faol rivojlana boshladi. SHunaqa kreditlarning ko‘pchiligi faqat banklar tomonidan berila boshladi. Faqatgina qat’iy valyuta uchun kafolatlangan ta’minotga ega bo‘lgan neft kompaniyalar, shuningdek Aeroflot, Gazprom kabilar bunday elita moliyaviy klubga kirishdi.
Rossiya banki tomonidan tashkil etilgan va rossiya bozorlariga joylashtirilgan ilk sindikatli kredit 1998 yili “Alrosa” aksiyadorlik kompaniyasiga jalb qilingan. Rossiya Federatsiyasi moliyaviy bozoridagi bo‘xrondan so‘ng xorijiy tuzilmalarning o‘rnini ularda ishtirok etishni faol ravishda kengaytiruvchi Rossiya banklari egallashdi. Agar 1998 yilda sindikatli operatsiyalarda to‘rtta rossiya banki ishtirok etgan bo‘lishsa, 2003 yilga kelib 50 tadan ortiq banklar ushbu bozorda o‘z o‘rinlarini egallashdi.
Bugungi kunda rossiyaning sindikatli kreditlash bozori Malayziya, Xitoy va Meksika bozorlari o‘rtasidagi rivojlantirish darajasida turibdi. Kompaniyalar uchun sindikatsiyalarning o‘rtacha xajmi 50 mln. dollardan oshmaydi, bu esa Litva, Estoniya va Latviya firmalarini sindikatli kreditlashning o‘rtacha xajmiga mos keladi.
Sindikatli kreditlashning mazkur bosqichida Rosiiya Federatsiyasida deyarli birorta ham rossiyalik qarzga oluvchi 6-12 oy ichida katta mablag‘larni samarali ola olmaydi. Odatda rossiyalik qarzga oluvchilarga sindikatli kreditlar 1 yil muddatga beriladi. Masalan, 2003 yilning 3 ta kvartali uchun 9 ta sindikatli kreditlar shunday muddatga berilgan.
Rossiyaning sindikatli kreditlarning ishtirokchilari bo‘lgan banklari doirasi judayam tor (turli mutaxassislarning baholashlariga kqra, 50-70 bank ishtirok etish emas, balki shunday kreditlarda shunchaki ishtirok etishga tajribaga egalar). Bu erda eng faollari: Moskva Banki, VTB, Trastkreditbank, “NIKoyl”, Uxtabank, Xantu-Mansiyskiy bank, Sobinbank, Gazprombank va yana bir nechta boshqa banklardir. Bu bozordagi faollari esa ustav jamg‘armasida xorijiy banklar ishtirok etuvchi Rayffayzenbank Avstriya, MMB, Mosnarbank, Donau-bank va boshqalardir.
Rossiya banklari sindikatsiyani hamtashkilotchisi bo‘lib, qo‘shma kreditlash sxemasidagi asosiy rol zaruriy tajribasi ko‘proq va moliyaviy imkoniyatlari kengroq bo‘lgan xorijiy banklarga tegishli bo‘lishi xollari keng tarqalgan.
Bugungi kunda xalqaro moliyaviy institutlarning kredit yo‘nalishlari mablag‘larini yanada kengroq jalb etish va samaraliroq joylashtirish uchun bizningcha quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak: birinchidan, qulay investitsiya muhitini yaratishning asosiy shartlaridan bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik investitson faoliyat investitsiya jarayonlari va xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq qonunchilikni isloh qilish lozim, ya’ni ularning amal qilish jarayonlarini hayotga tatbiq etish lozim. Bular jumlasiga sindikatlashgan kreditlar bo‘yicha va lizing munosabatlari, shuningdek, xorijiy investorlar va ularning huquqlarini himoya qilish, xalqaro moliyaviy institutlar bilan xamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha mavjud qonunchilikni va me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish masalalari ham kiradi. Ikkinchidan, mamlakatda pul-kredit hamda soliq va bojxona siyosati barqarorligi va samaradorligini ta’minlash lozim. Bunday ishlar jumlasiga milliy valyuta qadrini ko‘tarish, xorijiy valyutalarning erkin ayriboshlanishini ta’minlash, soliq stavkalarini pasaytirish, soliq imtiyozlarini ko‘paytirish, bojxona bojlari va to‘lovlaridan imtiyozlar berish kabilar kiradi. Bu kabi tadbirlarning tezroq hal etilishi davlatning bu boradagi ishlarga o‘z vaqtida etibor berishi va imkon qadar tezroq samarali va oqilona siyosat yuritishiga bog‘liq bo‘ladi. Uchinchidan, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni mustahkamlash orqali respublikamizga jalb o‘ilinayotgan xalqaro moliyaviy institutlarning kredit yo‘nalishlarining kreditlash shartlarini engillashtirishga erishish lozim. YA’ni bu borada xalqaro moliyaviy institutlarning marjalarini kamaytirish, imtiyozli davrni uzaytirish, xorijiy sug‘urta kompaniyalari sug‘urta kafolati ostida kirib kelayotgan liniyalar bo‘yicha sug‘urta mukofoti summasini kamaytirish, bir martalik komissiya va shunga o‘xshash shartlarni o‘iso‘artirishga erishish lozim. Buning uchun esa xalqaro moliyaviy institutlarning ishonchini oo‘lash, ularning mablag‘larini o‘z vao‘tida qaytarishni kafolatlash, shuningdek, ularning bilvosita daromadlarini oshirish yo‘llarini ta’minlash lozim. To‘rtinchidan, xalqaro moliyaviy institutlarning kredit yo‘nalishlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishda garov ta’minotini ta’minlash maqsadida qarz oluvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarga kafil bo‘ladigan, kreditning qaytmasligidan sug‘urtalaydigan sug‘urta tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish lozim. CHunki kreditlash shartlaridagi 120 foizli garov ta’minotini kamaytirib bo‘lmasligini hisobga olib, garov ta’minoti berishi mumkin bo‘lgan sug‘urta kompaniyalari, fondlar kabi yangi garov shakllarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Beshinchidan, mamlakatda barcha sohalar bo‘yicha eng so‘nggi ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi, marketing tadqiqotlari bilan shug‘ullanuvchi, axborot va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishga erishish lozim. CHunki bugungi kunga kelib investitsiyalarni moliyalashtirish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda marketing va axborot ishlari talab darajasida emasligi oqibatida bir qator muammolar paydo bo‘lmoqda. Bu muammoni hal etishning yo‘llaridan biri mamlakat tijorat banklarida, “Savdo-sanoat palatasi”ning joylardagi bo‘limlarida marketing va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘limlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Oltinchidan, iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida bevosita chet el investitsiyalarining katta afzalliklari mavjudligini hisobga olib, ularining O‘zbekistonda yangidan amalga oshirilayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik investitsiya loyihalarga va qo‘shma korxonalarga kirib kelishini har tomonlama rag‘batlantirish lozim.
CHet el investitsiyalarini va xalqaro moliyaviy institutlarning kredit yo‘nalishlarini jalb etish bo‘yicha uzoq muddatli maqsadli dasturlar asosida iqtisodiyotning mehnattalab tarmoqlariga, ilmtalab va kapitaltalab sektorlariga kengroq va samaraliroq jalb etish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari, davlat investitsiya dasturi orqali moliyalashtirilayotgan loyihalarning samaradorligini oshirish maqsadida davlat investitsiya dasturini ishlab chiqishda bevosita xorijiy investitsiyalar hamda hukumat kafolatisiz kirib kelayotgan xalqaro moliyaviy institutlar resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha risklarni minimallashtirish masalalarini har tomonlama o‘rganish zarur va bu jarayonlarga ham chuqur marketing tadqiqotlarini tatbiq etish lozim.
YUqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, milliy iqtisodiyotda har bir soha va tarmoqning har tomonlama mukammal ravishda rivojlanishi, uning huquqiy va iqtisodiy-ijtimoiy hamda tashkiliy jihatlarining ta’minlanishi bevosita olib borilayotgan islohotlarning jadallashuvi va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. SHuning uchun ham mamlakatga xorijiy investitsiyalar hamda xalqaro moliyaviy institutlarning kredit yo‘nalishlarini jalb qilishni takomillashtirish uchun iqtisodiyotning har bir soha va tarmoqlarida o‘ziga xos islohotlarni amalga oshirish hamda ushbu islohotlarning makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun xizmat qilishiga erishmoq lozim.

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish