Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


-mavzu: Loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha Xalqaro moliya institutlar tajribasi



Download 6,3 Mb.
bet19/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

5-mavzu: Loyihaviy moliyalashtirish bo‘yicha Xalqaro moliya institutlar tajribasi


Reja



  1. Loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda xalqaro moliya institutlarining roli.

  2. Xalqaro moliya institutlarining loyihaviy moliyalashtirish uchun kreditlar ajratishdagi asosiy shartlari va mezonlari.

  3. Loyihaviy moliyalashtirishda Jahon banki guruhining ishtiroki va tajribasi. Loyihaviy moliyalashtirishda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining ishtiroki va tajribasi.

  4. Boshqa xalqaro moliya institutlarining loyihaviy moliyalashtirishdagi ishtiroki va tajribalari. Turli tarmoqlarda loyihaviy moliyalashtirishning qziga xos xususiyatlari.



Tayanch iboralar: diversifikatsiya, divident, moliyaviy institutlar, xorijiy investitsiyalar, Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta fondi


1. Loyihaviy moliyalashtirishni rivojlantirishda xalqaro moliya institutlarining roli.

O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirib, qator xalqaro moliyaviy institutlar (XMI) va xorijiy banklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnata boshladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, kengaytirish uchun huquqiy asoslarini yaratib bergan asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Ko‘plab Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari ishlab chiqildi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart-sharoitni yaratish, xorijiy kredit liniyalarini investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga faol jalb qilish imkonini berdi.


SHuni ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning XMIlar bilan aloqasi ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli ahamiyatga ega bo‘lgan eng muhim vazifalarni birga qo‘shish maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda, birinchidan, O‘zbekistondagi barcha xo‘jalik sub’ektlarining tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga qo‘shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal etishga bevosita kqmaklashish, mavjud xalqaro tajriba asosida moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahatlashuv yo‘li bilan o‘tkazilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutiladi.
O‘zbekiston mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)da birinchilar qatorida investitsiya faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida xorijiy kredit liniyalariga ega bo‘ldi. Iqtisodiyotning ushbu sektorini kreditlash yillari mobaynida Milliy bank boy tajriba orttirdi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik ishlab chiqarishni, xususiy biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda xorijiy kredit liniyalari mablag‘larini banklar orqali real sektorga jalb qilish hisobiga rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi hammaga ayon. CHunki kelajakda ular negizida moliyaviy jihatdan baquvvat ko‘p tarmoqli yirik ishlab chiqarish korxonalarining shakllanishi ko‘zda tutiladi va zamonaviy texnika-texnologiyalar qo‘lga kiritiladi. “Tashqi investitsiyalarni, shu jumladan, chet el sarmoyasini keng ko‘lamda jalb qilish hozirgi kunda xalq xo‘jaligi tarkibini qayta qurish maqsadlariga erishishning zarur sharti bo‘lib qoldi. CHet el sarmoyasini jalb qilishni bevosita investitsiyalar tarzida ham, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida ham amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Biz maxsus investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun chet el sarmoyasini jalb qilishga alohida e’tibor beramiz”.
Xalqaro andozalar talablariga mos ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun korxonalarga albatta rivojlangan xorij mamlakatlarining asbob-uskuna va texnologiyalari zarur bo‘ladi. Lekin korxonalar hamma vaqt ham o‘z mablag‘lari yoki ichki kredit hisobidan bu ishni amalga oshira olmaydi va shu bois investitsiya loyihalari xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtiriladi.
Xorijiy kredit liniyalari resurslaridan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad xorijiy uskunalar va texnologiyalarni harid qilishni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mahalliy xom ashyo resurslarini qayta ishlashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarini ta’minlash bilan bog‘liq dastlabki ishchi kapitali sarflarini moliyalashdan, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar asosida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar, xalq iste’mol tovarlari va shu kabilarni ishlab chiqarishdan iboratdir.
Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish masalasida XMIlar xususiy sektorga alohida e’tibor bermoqdalar. Dunyoning ko‘plab mamlakatlaridagi XMIlar, jumladan, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (XMK), Evropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (ETTB), Osiyo Taraqqiyot banki (OTB), Germaniya rivojlanish banki (KfV), OPEK fondi kabilar, aynan, xususiy tarmoqni rivojlantirish uchun investitsiya kiritishga tayyor ekanliklari shundan dalolat beradi. Buning sababi shuki, xususiy tarmoqni rivojlantirish davlat mulkchiligiga asoslangan totalitar tuzumdan xususiy mulkchilik tamoyillari amal qiladigan demokratik jamiyatga o‘tish jarayonining uzviy qismi bo‘lib, o‘ta muhim va hal qiluvchi o‘rin tutishini unutmasligimiz kerak. Aynan mulkchilik shaklining o‘zgarishi iqtisodiyot va jamiyat hayotida ortga qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar va o‘zgarishlar uchun mustahkam zamin va asos yaratadi. SHundagina jamiyat hayotida ishlab chiqarish va ishlab chiqarish munosabatlarini tashkil etishning, mehnatga munosabatning tamomila yangicha tamoyillari amal qila boshlaydi.
Xususiy tarmoqni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritganimizda, eng avvalo, kichik korxonalarni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutayotganimizga alohida e’tibor qaratish lozim. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, xususiy tarmoq, odatda, kichik biznes hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida rivojlanadi. Ularda xususiy tarmoqning YAIMdagi ulushi 50-60 foizni tashkil etadi va mehnat bilan band bo‘lgan aholining 70-80 foizi faoliyat ko‘rsatadi. SHu bois aholining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qilishini va u erlarda iqtisodiy turmush tarzi va faollikni oshirish naqadar muhimligini inobatga oladigan bo‘lsak, o‘z-o‘zidan xususiy sektorni, aynan, kichik biznesni rivojlantirish va rag‘batlantirish naqadar zarur ekanligini anglab etish qiyin emas. Bu borada XMIlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, ayni muddaodir. Kichik biznes korxonalariga yangi texnika va texnologiyalarni jalb qilish orqali ularning ishlab chiqarish faoliyatini yangilash, jadallashtirish naqadar muhimligini anglab olish mumkin. Bu vazifalarni hal qilishda XMIlarning moliyaviy va texnik ko‘magi muhim o‘rin tutadi.
Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotga XMIlar mablag‘larini jalb qilish hozirgi kundagi eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu mablag‘larni jalb qilish zaruratini quyidagi omillar yuzaga keltiradi:

  • bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda ichki moliyaviy resurslarning etishmasligi;

  • ishsiz mehnatga layoqatli aholi qatlamini ish bilan ta’minlash muammosi mavjudligi;

  • mavjud ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarning moddiy va ma’naviy eskiligi va ularni zamon talablari darajasida yangilash zarurligi, shuningdek, yangi-yangi sohalarni o‘zlashtirishda zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va tatbiq etish masalasi;

  • jahon bozoriga va ichki bozoriga raqobatbardosh va sifatli milliy mahsulotlar ishlab chiqarish masalasi va boshqalar.

  • xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘larini jalb qilish natijasida:

  • investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni yanada kengroq va samarali amalga oshirishni ta’minlash orqali milliy iqtisodiyotda ichki ishlab chiqarish hajmini oshirish imkonini yaratadi;

  • necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talablariga javob bera olmaydigan mahsulot ishlab chiqaruvchi eski texnologiyalarni yangi, zamonaviy texnologiyalarga yangilanishi ta’minlanadi;

  • xorijiy ilg‘or boshqarish tajribasini joriy qilish orqali mehnat unumdorligini oshirish imkoniyati vujudga keladi;

  • arzon va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish orqali mamlakatda import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar hajmini oshishi va pirovardida valyuta zahirasini yanada ko‘paytirish imkoniyati yaratiladi;

  • ichki ishlab chiqarish hajmini ortishi natijasida davlat byudjetiga to‘lovlar miqdorni ortishi ta’minlanadi;

  • davlatlararo iqtisodiy yaqinlashuv, siyosiy muzokaralar orqali strategik hamkorlik qilishga tub asos yaratilishi ta’minlanadi.




Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish