B. S. Abdullayeva, B. M. Suropov iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion


 BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI



Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/213
Sana11.01.2022
Hajmi4,96 Mb.
#349390
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   213
Bog'liq
IAKT Cуропов Б.O'quv qo'llanma

9 BOB. MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZIMLARI. 
 
9.1. MBBTning nazariy asoslari. 
 
Informatsion  texnologiyalarning  rivojlanishi  va  axborot  oqimlarining  tobora 
ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi insoniyatni ma’lumotlarni o’z vaqtida 
qayta  ishlash  choralarining  yangi  usullarini  izlab  topishga  undamoqda. 
Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni 
yaratish,  so’ngra  undan  keng  foydalanish  bugungi  kunda  dolzarb  masalalardan 
biridir.  Moliya,  ishlab  chiqarish,  savdo-sotiq  va  korxonalar  ishlarini  ma’lumotlar 
bazasisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.  
So’ngi  vaqtlarda  axborotli  muhitda,  katta  o’zgarishlar  bo’lib  bormoqda. Ana 
shu  o’zgarishlar  qog’ozsiz  texnologiya  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi.  Bu  esa  o’z 
navbatida,  hisoblash  texnikasining  yanada  keng  rivojlanishiga  sabab  bo’ladi. 
Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o’rni va ahamiyati bugungi holatdan 
ancha  yuqori  bo’lishi  uchun  bajarilishi  lozim  bo’lgan  vazifalar  ko’lamini 
kengaytirish  talab  etiladi.  Shuning  uchun  ijtimoiy  faoliyatni  zamonaviy 
kompyuterlar  va  avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari  asosida  qayta  qurish, 
rivojlantirish  va  samaradorligini  oshirish  hozirgi  kunning  eng  dolzarb 
muammolaridan biridir. 
Boshqaruv  jarayonidagi  axborotlarni  saqlash,  saralash,  uzatish,  qabul  qilish, 
qayta ishlash va foydalanish kabi amallarni o’rganish va turli sohalarga tatbiq qilish 
mazkur mavzuning predmeti hisoblanadi. 
Har  qanday  axborot  tizimining  maqsadi  real  muhit  obyektlari  haqidagi 
ma’lumotlarga  ishlov  berishdan  iborat.  Keng  ma’noda  ma’lumotlar  bazasi  -  bu 
qandaydir  bir  predmet  sohasidagi  real  muhitning  aniq  obyektlari  haqidagi 
ma’lumotlar to’plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni 
tashkil  qilish  uchun  o’rganilayotgan  real  muhitning  ma’lum  bir  qismi  tushiniladi. 
Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o’quv yurti va boshqalar.  


139 
 
 
Ma’lumotlar  bazasini  yaratishda,  foydalanuvchi  axborotlarni  turli  belgilar 
bo’yicha  tartiblashga  va  ixtiyoriy  belgilar  birikmasi  bilan  tanlanmani  tez  olishga 
intiladi.  Buni  esa  ma’lumotlarni  tuzulmaviy  tartiblashtirgan  holda,  ma’lumotlar 
bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) qo’llabgina bajarish mumkin. 
Informatsion  tizimlarni  yaratish  bo’yicha  jadal  harakatlar  va  ma’lumotlar 
hajmining tez sur’atlar bilan oshib borishi 60-yillar boshida maxsus “Ma’lumotlar 
bazasini  boshqarish  tizimi”  (MBBT)  deb  ataluvchi  dasturiy  kompleksning 
yaratilishiga olib keldi.  

Download 4,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish