Fanning maqsad va vazifalari
Fanni oʼqitishdan maksad talabalarga turli polimer kompozitsion materiallar va ular asosida turli buyumlar olishda yuqori molekulali birikmalarni ishlatilishi, yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasida qo’llaniladigan xom-ashyo.va materiallar-monomerlar olish uchun mavjud xom-ashyo bazalarini o’rganishdir. Shu bilan birga polimerlar qo’llanilishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar va ularni hal qilish yo’llari haqida maʼlumot berish.
Fanning vazifasi yuqori molekulali birikmalar, polimerlar, sopolimerlar, oligomerlar, monomerlar tushunchalarini, ularning olinish usullarini tanlash va fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish, va tushunchalar, usul va xossalar orasidagi bog’liqlik, yuqori molekulali birikmalar tuzilishi va ular asosidagi materiallarning fizik-mexanik xossalarini o’ziga xosligi, ularni quyi molekulali birikmalardan asosiy farqlari haqida maʼlumot berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |