B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 
 
 
6.4.Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot konsepsiyalari 
 
 
 Belgilangan  tartibga  muvofiq  davlat  prognozlari  va  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanish  dasturlari  ishlab  chiqiladi.  Ijtimoiy-iqtisodiy 


 
104 
rivojlanish prognozlari demografik, ilmiy-texnikaviy, ekologik, iqtisodiy, 
ijtimoiy,  shuningdek  tarmoq,  mintaqaviy  va  faoliyatning  ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo’lgan boshqa sohalarini aks ettiradi.  
Ijtimoiy-iqtisodiy  prognozlar  makroiqtisodiy,  tarmoq,  idoraviy, 
hududiy  xususiyatga  ega  bo’lib,  ular  umuman  mamlakat  bo’yicha,  xalq 
xo’jaligi  majmualari  va  iqtisodiyot  tarmoqlari  bo’yicha,  mintaqalar 
bo’yicha  ishlab  chiqiladi.  Iqtisodiyot  davlat  sektorining  rivojlanishini 
prognoz qilish alohida ajratiladi.  
Ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish  prognozlari  uzoq  muddatli,  o’rta 
muddatli va qisqa muddatli istiqbollar uchun bir necha variantlarda ishlab 
chiqiladi.  
Uzoq muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 
5-10  va  undan  ortiq  yillar  uchun  ishlab  chiqiladi.  U  birinchi  navbatda 
qurilish  ko’lamlaridagi,  muddatlardagi,  xarajatlarni  qoplashdagi  xatolar 
jamiyat  uchun  qimmatga  tushadigan  holatlarda  yirik  qimmatbaho 
loyihalarni amalga oshirishda zarur.  Uzoq  muddatli prognozning asosida 
fan,  texnikaning  rivojlanish  tendenstiyalari,  fan-texnika  taraqqiyotida 
kutilayotgan yuksalishlar yotadi.  
Uzoq  muddatli  istiqbol  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 
prognozlarining 
ma’lumotlaridan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
konsepsiyasini,  o’rta  muddatli  istiqbol  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish prognozlari va dasturlarini ishlab chiqishda foydalaniladi.  
O’rta muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi 
3  yildan  5  yilgacha  bo’lgan  davrga  ishlab  chiqiladi  va  unga  har  yili 
tuzatishlar  kiritiladi.  O’rta  muddatli  istiqbol  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish  konsepsiyasi  ushbu  prognozni  ishlab  chiqish  uchun 
boshlang’ich  asos  bo’ladi.  O’rta  muddatli  istiqbol  uchun  ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish prognozi e’lon qilinishi lozim.  
Qisqa  muddatli  istiqbol  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 
prognozi har yili ishlab chiqiladi.  Qisqa muddatli istiqbol uchun ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish prognozi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi
:  
•  O’zbekiston    Respublikasi    va    viloyatlar    ijtimoiy  –  iqtisodiy 
rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari;  
• Ijtimoiy rivojlanish;  
• Fanning rivoji;  
•  Byudjetdan  tashqari  va  maqsadli  byudjet  fondlarining 
mablag’larini shakllantirish va sarflash;  
• Xususiylashtirish;  
• To’lov balansi;  


 
105 
• Fond bozorining rivojlanishi;  
• Birlashtirilgan byudjet;  
• Ishlab chiqarish va iste’mol dinamikasi.  
Shuningdek,  yilning  choragi  uchun  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanish 
prognozlari ham ishlab chiqiladi.  
Davlat  prognozlaridan  O’zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyat 
organlari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat sohasida muayyan tadbirlar 
qo’llanilishida  foydalaniladi.  Prognoz  mavjud  bo’lgan  taqdirda  qarorlar 
nafaqat  joriy  voqealar  uchun  munosabat  bildirish  sifatida,  balki  uning 
oqibatlari  to’g’risida  aniq  tasavvurni  hisobga olgan  holda  qabul  qilinadi. 
Har  qanday  qaror  uning  muhmligi  va  prognozlarning  aniqligiga  qarab 
qabul qilinadi.  
Prognozlar  xulosalari  belgilangan  ijtimoiy-iqtisodiy  maqsadlarda 
rivojlanishning  obyektiv  tarzda  mumkin  bo’lgan  variantlari  sifatida 
dasturlar, konsepsiyalar va rejalarni ishlab chiqishda tavsiya sifatida ham 
zarur.  Prognoz  korxonalarga  noxush  natijalarni,  masalan,  bankrotlikni 
oldini olish choralarini oldindan ko’ra olish imkonini beradi.  

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish