Ishchi kuchi – odamlarning mehnat qobiliyati, hayot ne’matlarini
ishlab chiqarish jarayonida u ishga soladigan jami jismoniy va ma’naviy
kuchlar.
Ish vaqti – ishlab chiqarishda band bo’lgan aholining ishlagan vaqti
hajmi.
Yig’ma moliyaviy balans – bu davlatda yoki muayyan hududda
yaratilgan va foydalanilgan moliyaviy resurslar balansi.
Jamiyatning ehtiyojlari – bu murakkab, dinamik tizim bo’lib, u
quyidagi kichik tizimlardan tarkib topgan: a) moddiy ne’matlarga bo’lgan
ehtiyoj; b) nomoddiy ehtiyojlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |