B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

u = a
0
 + a

x 
bu erda: – davlat byudjet resurslarining hajmi; 
– 1) xalq xo’jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot,  
      2) ishlab chiqarilgan milliy daromad;  
a
0
,  a
1
  –  boshlang’ich  ma’lumotlar  asosida  chiziqli  regressiyaning 
muayyan turini belgilab beruvchi koeffistientlar. 


 
141 
Ushbu  modellarni  ishlab  chiqishda  prognoz  qilinayotgan  davrda 
mustaqil  o’zgaruvchanlar  (milliy  daromad  va  ishlab  chiqarilgan 
mahsulot)  ko’rsatkichlarini  topish  alohida  muammo  tug’diradi.  Ularni 
aniqlash 
uchun 
yuqorida 
ko’rsatilgan 
umumiy 
iqtisodiy 
ko’rsatkichlarning  prognoz  hisob-kitoblaridan  foydalaniladi.  Iqtisodiy 
tahlil  tadqiq  etilayotgan  ko’rsatkichlarning  rivojlanish  sur’atlarini 
o’rganish, ularning o’zaro nisbati, tadqiq etilayotgan hodisalarning yillar 
bo’yicha  o’rtacha  yillik  sur’atlarini  hisoblab  chiqish,  ularning 
rivojlanishini  boshqa  iqtisodiy  kattaliklar  (ishlab  chiqarilgan  asosiy 
fondlar, aholi soni va b.) bilan taqqoslash yordamida to’ldiriladi. Bunday 
tahlil  shuning  uchun  zarurki,  byudjet  real  iqtisodiy  vaziyatlar  bilan 
bog’liq  va  shuning  uchun  xalq  xo’jaligining  istalgan  tarmog’idagi 
o’zgarishlarga  tezda  moslashadi,  shuningdek  u  aholini  ijtimoiy 
himoyalash sohasidagi siyosat, davlatning asosiy xarajatlarini moliyalash 
tartibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq. 
Byudjetni  rejalashtirishning  keyingi  bosqichi  –  byudjet  loyihasini 
tuzish  jarayoni.  Byudjet  loyihasini  ishlab  chiqishning  asosiy  vazifasi 
davlat  hokimiyati  organlari  va  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari 
zimmasiga  yuklatilgan  Funksiyalarni  ta’minlash  maqsadida  byudjetda 
markazlashtiriladigan  pul  mablag’larining  hajmini  hamda  davlat  va 
hududni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish  prognozida  ko’zda  tutilgan 
tadbirlarni aniqlashdan iborat. 
Byudjet  loyihasini  tuzish  Hukumat  va  mahalliy  hokimiyat  ijroiya 
organlarining  vakolatiga  kiradi.  Ularning  topshirig’iga  ko’ra  byudjet 
loyihasi Moliya vazirligi va hududiy moliyaviy organlar tomonidan ishlab 
chiqiladi. 
Byudjet  loyihasini  tuzish  uchun  Moliya  vazirligi  va  hududiy 
moliyaviy  organlar  ularga  tegishli  hukumat,  statistika,  soliq  organlari  va 
boshqa  muassasalardan  kelib  tushadigan  zarur  axborot  bazasi  bilan 
ta’minlanishi  kerak.  Davlat  va  hududni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
prognozi  byudjet  loyihasini  tuzish  uchun  asosiy  axborot  manbai  bo’lib 
xizmat  qiladi  va  u  o’z  navbatida  hisobot  davridagi  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish  ma’lumotlari,  rejalashtirilayotgan  yil  uchun  rivojlanish 
tendenstiyalari va boshqa ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. Byudjet 
loyihasini  ishlab  chiqishda  tegishli  reja  davri  uchun  qabul  qilingan 
moliya-byudjet siyosatining asosiy holatlari ham hisobga olinadi. 
1) Byudjet loyihasini shakllantirishning dastlabki bosqichida ijroiya 
hokimiyat  organlari  tomonidan  rejalashtirilayotgan  yil  uchun  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanishning  ssenariya  sharoitlari  ishlab  chiqilib,  ularda 


 
142 
asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  va  mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi o’rta muddatli prognozining parametrlariga aniqliklar kiritish 
uchun materiallar aks ettiriladi. 
Hukumat  tomonidan  ushbu  ssenariya  shartlari  ma’qullangach, 
Moliya  vazirligi  rejalashtirilayotgan  yil  uchun  davlat  byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining asosiy xarakteristikalarini ishlab chiqadi. 
Bundan tashqari, rejalashtirilayotgan yil va o’rta muddatli istiqbol uchun 
ish  haqi,  pensiyalarning  eng  kam  miqdori,  byudjet  sohasi  xodimlarining 
ish  haqi  va  pensiyalarni  indeksastiyalash  tirtibi  haqidagi  taklif  ko’rib 
chiqiladi. 
Barcha  ushbu  materiallar  va  hisob-kitoblar  Hukumatga  ko’rib 
chiqish  uchun  yuboriladi.  So’ngra  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 
vazirligi  davlat  byudjeti  daromadlari  va  xarajatlarining  asosiy 
xarakteristikalarini davlat ijroiya hokimiyati organlariga yuboradi. 
2)  Byudjetni  ishlab  chiqishning  ikkinchi  bosqichida  davlat  ijroiya 
hokimiyati  organlari  tomonidan  byudjet  mablag’larining  hajmini  byudjet 
tasnifi  ko’rsatkichlari  bo’yicha  taqsimlash,  shuningdek    moliyaviy 
resurslarni  byudjet  mablag’larining  bosh  taqsimlovchilari  o’rtasida 
taqsimlash amalga oshiriladi. Bunda Iqtisodiyot vazirligi moliyalanadigan 
davlat  maqsadli  dasturlarini  aniqlaydi  va  rejalashtirilayotgan  yil  va  o’rta 
muddatli istiqbol ularni moliyalash hajmini kelishadi. 
Byudjet  loyihasini  tuzish  ishlarini  amalga  oshirish  uchun  Moliya 
vazirligida  mintaqalar,  vazirliklar  va  idoralardan  kelib  tushuvchi 
materiallar,  hisob-kitoblar  va  asoslashlardan  foydalaniladi.  Ushbu 
materiallar  dastlab  tegishli  vazirliklar  uchun  biriktirilgan  mutaxassislar 
tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida vazirliklar moliyaviy rejalari, 
hududlar  byudjetlari  ko’rsatkichlarining  hisob-kitoblariga  aniqliklar 
kiritiladi,  qo’shimcha  daromadlar  va  xarajatlarni  tejash  imkoniyatlari 
aniqlanadi.  So’ngra  tuzatishlar  kiritilgan  hisob-kitoblar  Moliya  vazirligi 
bo’linmalarining  rahbarlari  tomonidan  ko’rib  chiqilib,  byudjet 
boshqarmasiga  yuboriladi.  Byudjet  boshqarmasi  taqdim  etilgan  hisob-
kitoblarni  ko’rib  chiqib,  zarur  hollarda  ularga  tuzatishlar  kiritadi  va 
Moliya vazirligi rahbariyatiga hal etish uchun yuboradi. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish