Muammolarni tashxis qilish – bu maqsad bilan rejalashtirishning
qandaydir davri uchun obyektning prognoz qilinayotgan holati haqidagi
tasavvur o’rtasidagi farqlarni aniqlash.
Muqobil variant – bu belgilangan maqsadga erishishning boshqa
ehtimoliy usullardan farq qiluvchi usuli.
Narxlar indeksi – ikki har xil vaqt oralig’ida tovar va xizmatlarga
narxning muvozanatini o’zgarishini aks ettiruvchi ko’rsatkich.
Narxlar korrektirovkasi – bozor vaziyati o’zgarishiga narxlarning
moslashuv jarayoni.
Normativ prognozning asosiy maqsadi –
demografik
jarayonlarning ayrim ko’ngilli holatiga erishish uchun muayyan
tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Oldinga qo’yilgan mahsadlarga erishish – xo’jalik yuritish
obyekti xodimlarining shaxsiy va jamoaviy manfaatlarining qoniqishini
belgilab beradi.