Demografik prognoz qilish
– bu aholi harakatining asosiy
parametrlari va demografik vaziyat: aholi soni, yosh-jins va oilaviy
tarkibi, tug’ilishi, o’limi, migrastiyasini ilmiy asoslangan oldindan ko’ra
bilish demakdir.
Direktiv rejalashtirish
– manzilli topshiriqlarni belgilash va ularni
bajarish uchun zarur bo’lgan resurslarni reja ijrochilari o’rtasida
taqsimlash orqali amalga oshiriladi.
Doiraviy rejalashtirish
– faqat 10 yildan 20 yilgacha mo’ljallangan
global maqsadlar va strategiyalarni shakllantiradi. U xalq va jahon
xo’jaligi, aholi, texnologiyalar va hokazolarning taxminiy prognoz
tendenstiyalari asosida uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini
baholash uchun xizmat qiladi.
180
Do'stlaringiz bilan baham: |