B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni boshqarishda



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/195
Sana18.01.2022
Hajmi2,02 Mb.
#390083
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

10.2. Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni boshqarishda 
byudjet resurslarining ahamiyati 
 
Hozirgi  sharoitda  davlat  moliyasining  ahamiyati  g’oyat  yuksak. 
Davlat  moliyasi  yordamida  va  uning  hisobidan  umumiy  talab 
rag’batlantiriladi;  tarkibiy  va  ilmiy-texnik  siyosat  amalga  oshirilib, 
iqtisodiyot  barqarorlashtiriladi.  Davlat  moliyasi  vositasida  turmushning 
ma’lum  darajasiga  erishishni  ta’minlovchi  ijtimoiy  dasturlar  va  tadbirlar 
amalga  oshiriladi.  Moliyaviy  siyosatning  asosiy  vazifasi  umumiy  talab 
bilan  umumiy  taklif  o’rtasida  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishishdan 
iborat. 
Byudjet quyidagi vazifalarni bajaradi: 
• YaIMni qayta taqsimlash; 
• iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solish va rag’batlantirish; 
•  byudjet  sohasini  moliyaviy  ta’minlash  va  davlatning  ijtimoiy 
siyosatini amalga oshirish; 
• pul mablag’larining markazlashtirilgan fondlarini shakllantirish va 
ulardan foydalanishni nazorat qilish. 
Byudjetning taqsimlash Funksiyasi davlat va hududiy hokimiyat va 
boshqaruv  darajalari  bo’yicha  pul  mablag’larining  markazlashtirilgan 


 
135 
fondlarini 
shakllantirish 
orqali 
namoyon  bo’ladi.  Rivojlangan 
mamlakatlarda  turli  darajadagi  byudjetlar  orqali  YaIMning  50 
foizigachasi  qayta  taqsimlanadi.  Byudjet  yordamida  davlat  byudjet 
mablag’larini 
tarmoqlar, 
mintaqalarni 
qo’llab-quvvatlash 
yoki 
rivojlantirishga  yo’naltirgan  holda  mamlakatning  xo’jalik  faoliyatini, 
iqtisodiy 
munosabatlarni 
tartibga 
soladi. 
Shu 
tariqa 
iqtisodiy 
munosabatlarni  tartibga  solish  orqali  davlat  ishlab  chiqarish  sur’atlarini 
oshirshiga  yoki  pasaytirishga,  sarmoyalar  va  xususiy  jamg’armalar 
o’sishini  jadallashtirishga  yoki    susaytirishga,  talab  va  iste’mol  tarkibini 
o’zgartirishni tartibga soladi. 
YaIMni  byudjet  orqali  qayta  taqsimlash  bir  vaqtning  o’zida  va 
uzluksiz kechadigan ikkita o’zaro bog’liq bosqichga ega: 
1) 
byudjet daromadini shakllantirish;
 
2) 
byudjet mablag’laridan foydalanish (byudjet xarajatlari).
 
Byudjet daromadlari - davlatning qonun hujjatlariga muvofiq davlat 
hokimiyati  va  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarining  ixtiyoriga 
beg’araz va qaytarishsiz tartibda kelib tushuvchi pul mablag’lari. 
Byudjet  daromadlarini  shakllantirish  jarayonida  ijtimoiy  takror 
ishlab  chiqarish  jarayonida  yaratilgan  YaIMning  bir  qismi  davlat 
foydasiga  majburan  olib  qo’yiladi.  Shu  asosda  davlatning  soliq 
to’lovchilar bilan moliyaviy munosabatlari paydo bo’ladi. 
Byudjet daromadlari ularni to’lovchilar, soliq solish obyektlari, olib 
qo’yish  usullari,  to’lash  muddatlari  bo’yicha  katta  farq  qiladi.  Lekin  shu 
bilan  birga  ular  yagonaligi  bilan  farq  qiladi,  chunki  turli  darajadagi 
byudjetlarning daromad qismini shakllantirishdan iborat yagona maqsadni 
ko’zlaydi. Ularga pul shakli va naqsizlanish xos xususiyatdir. 
Byudjet  daromadlari  soliq  va  soliqdan  tashqari  xususiyatga  ega. 
Yangidan  shakllantirilgan  qiymat  va  uni  dastlabki  taqsimlash  natijasida 
olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, 
dividendlar  va  h.k.),  shuningdek  jamg’armalar  s
oliq  daromadlarining
 
asosiy manbasi hisoblanadi. 
Byudjetlarning  soliqdan  tashqari  daromadlari
  davlatning  iqtisodiy 
faoliyati yoki olingan daromadlarni byudjet tizimining darajalari bo’yicha 
qayta taqsimlash natijasida hosil bo’ladi. 
Byudjet daromadlarining tarkibi harakatchan bo’lib, u ko’p jihatdan 
muayyan  iqtisodiy  sharoitlar  bilan  belgilanadi.  Masalan,  aholining 
turmush  darajasi  yuqori  bo’lgan  mamlakatlarda  jismoniy  shaxslardan 
olinadigan  daromadlar,  aholining  turmush  darajasi  past  bo’lgan 


 
136 
mamlakatlarda  esa  bilvosita  soliqlar  va  yuridik  shaxslardan  olinadigan 
soliqlar asosiy soliq daromadlari hisoblanadi. 
Byudjet  xarajatlari  –  davlat  va  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish 
organlari  vazifalari  va  Funksiyalarini  moliyalashga  yo’naltiriladigan  pul 
mablag’lari. 
Byudjet  xarajatlari  orqali 
byudjetdan  mablag’  oluvchilar
  –  byudjet 
mablag’larining  oluvchilari  yoki  taqsimlovchilari  hisoblangan  ishlab 
chiqarish  va  noishlab  chiqarish  sohasining  tashkilotlari  moliyalanadi. 
Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xususiyatga ega. Byudjetda faqat 
xarajatlar  moddalari  bo’yicha  byudjet  xarajatlari  aniqlanadi,  bevosita 
xarajatlarni  esa  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  amalga  oshiradi.  Bundan 
tashqari, byudjet xarajatlari hisobidan dotastiya, subvenstiya, subsidiya va 
byudjet  ssudalari  orqali  byudjet  tizimining  darajalari  bo’yicha  byudjet 
mablag’lari  qayta  taqsimlanadi.  Byudjet  xarajatlari  asosan  beg’araz 
xususiyatga ega bo’ladi.  Qaytarishli asosda byudjet kreditlari va byudjet 
ssudalari  berilishi  mumkin.  Byudjet  xarajatlarining  tarkibi  har  yili 
bevosita  byudjet  rejasida  belgilanadi  va  huddi  byudjet  daromadlari 
singari, iqtisodiy vaziyatga va ijtimoiy yo’nalishlarga bog’liq. 
Byudjetning  nazorat  Funksiyasi  taqsimlash  Funksiyasi  bilan  bir 
vaqtning  o’zida  amal  qiladi  va  byudjet  mablag’larining  kelib  tushishi  va 
ulardan foydalanish imkoniyatini va majburiyligini nazarda tutadi. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish