119
9-bob.
MINTAQALARNING IJTIMOIY – IQTISODIY
RIVOJLANISHIDA INDIKATIV REJALASHTIRISHNING
MAQSADI VA VAZIFALARI
9.1. Mintaqaviy indikativ rejalashtirish – mintaqa
boshqaruv tizimining asosiy unsuri.
9.2. Mintaqaviy rejalarni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari.
9.3. Mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
dasturi.
9.4. Mintaqaviy rejalashtirish amaliyotidagi asosiy
muammolar.
O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish
amaliyoti.
9.1. Mintaqaviy indikativ rejalashtirish – mintaqa boshqaruv
tizimining asosiy unsuri
Makroiqtisodiy muvazanat va barqarorlashuvni ta’minlash uchun
davlat mintaqaviy siyosatini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Uni amalga oshirish zarurati shu bilan bog’liqki, har qanday mamlakat
ko’plab ko’rsatkichlar bo’yicha farq qiluvchi hududlar yig’indisini o’zida
namoyon etadi. Quyidagilar shular jumlasiga kiradi:
- tabiiy resurslar (xomashyo bazasi va foydali qazilmalar)ning
mavjudligi;
- aholi
zichligi, mehnat resurslarining mavjudligi
va sifati;
- ishlab chiqarish tarkibi;
- ijtimoiy sohaning holati;
- yuqori darajada rivojlangan sanoat va madaniy markazlargacha
bo’lgan masofa.
Ushbu farqlar ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatga ega.
Obyektiv xususiyatlar jumlasiga tabiiy resurslar, inson uchun hayotiy
qulayliklarning hududiy notengligini kiritish mumkin. Tarixan har bir
mamlakat
millat
tomonidan
belgilangan
hayotiy
kenglikning
o’zlashtirilishi yo’li bilan shakllangan. Aholining hudud bo’ylab
taqsimlanishi ko’p jihatdan tabiiy ne’matlar (foydali qazilmalar zahiralari,
unumdor erlar, suv arteriyalari)ning har xil tarzda joylashuvi bilan
shartlangan. Bunda subyektiv omil ham muhim rol o’naydi – insonning
121
darajada kengaydi, balki integrastiya jarayoni doirasida ittifoq a’zosi
hisoblangan mamlakatlar alohida mintaqalarining roli ortdi. EI doirasida
mintaqaviy siyosat quyidagi tamoyillardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
- mablag’lar sochilishiga yo’l qo’yilmasligi ustidan qat’iy nazorat
o’rnatgan holda tarkibiy fond resurslarini EIning eng kam rivojlangan
hududlarida jamlash. Ushbu fonddan amalga oshiriladigan moliyaviy
to’lovlarning 80% iqtisodiy rivojlanishda yaqqol ortda qolayotgan
mintaqalarga
berilishi kerak;
- tarkibiy xususiyatga ega bo’lgan subsidiyalar o’zaro to’ldiruvchi
xususiyatga ega, ya’ni EI institutlari faqat milliy dasturlarni amalga
oshirish chog’ida resurslarni qo’shimcha manba sifatida berishilari
mumkin va o’z tashabbusiga ko’ra o’z aralashuvi obyektlarini belgilashga
haqli emaslar;
- EI mintaqaviy siyosatini guruhga a’zo bo’lgan har bir
mamlakatning makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosatini uyg’unlashtirish.
Mintaqaviy rivojlanish milliy dasturlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlagan
holda EI organlari integrastion yo’nalishlar ushbu mamlakat iqtisodiy
siyosatining vazifalariga zid kelmasligini, EI byudjetidan ajratiladigan
mablag’lar esa milliy va mahalliy hokimiyat organlarining bahamjihat
harakatlari tufayli ko’kka sovurilmasligini
nazorat qilishlari lozim;
- EI davlatlari tomonidan milliy mintaqaviy dasturlarning amalga
oshirlishi chog’ida ular o’rtasidagi bevosita o’zaro hamkorlik. Gap,
xususan, milliy dasturlarni amalga oshirish maqsadlari va usullarining
aniqligini ta’minlash maqsadida tegishli hukumatlar o’rtasida axborot
almashuvi haqida borayapti.
Mintaqaviy dasturlashtirish tizimini rivojlantirishning hozirgi
bosqichida yig’ma dasturlarni ishlab chiqish va baholash metodikasi
indikativ rejalashtirish vositalaridan foydalanishni talab qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: