8
O‘lchash vositasi
deb o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan
metrologik tavsiflarga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga aytiladi.
O‘lchash vositalarining turlari xilma-xil. Ular sodda yoki murakkab, aniqligi
katta yoki kichik bo‘lishi mumkin. O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik
tavsiflarga ega bo‘lishlari lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda
tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri
aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga
bog‘liq. O‘lchash vositalarining namoyondalari 1.1-rasmda keltirilgan.
O‘lchovlar - keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: