odamlar uchun ularning hayotining asosi bo‘lgan, shu sababli ular o‘sha
davrlardayoq haroratni o‘lchash bilan uning intensivligini baholashga uringanlar.
Ehtimolki, haroratni o‘lchashning eng oddiy va eng keng tarqalgan usuli turli
suyuqlikli shisha termometrlar ana shu tamoyil asosida amalga oshirilgan. Elektr
qayta shakllantirgichlarda biroz boshqacharoq detektirlash tamoyillari qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda quyidagi harorat datchiklari eng keng tarqalgan bo‘lib hisoblanadi:
rezistiv, termoelektrik, yarim o‘tkazgichli, optik va pyezoelektrik detektorlar.
porsiyasini obyektdan bu energiyani elektr signaliga aylantirishi lozim bo‘lgan
datchikka uzatishdan iborat bo‘ladi. Kontaktli detektor (zond) obyektning ichiga
o‘tkazuvchanlik hisobiga issiqlik uzatilishi sodir bo‘ladi. Bunda zondning tarkibiga
kiradigan sezgir element yoki qiziydi, yoki sovuydi. Issiqlik nurlanish yordamida
uzatilganda ham xuddi shuning o‘zi sodir bo‘ladi: issiqlik energiyasi IQ nurlanish
ko‘rinishida obyektning harorati va optik bog‘lanishning tipiga bog‘liq ravishda
274
yoki datchik tomonidan yutiladi, yoki undan ajralib chiqadi. Har qanday datchik,
o‘lchamlaridan qat’iy nazar, o‘lchash zonasiga qo‘zg‘alish olib kiradi, bu haroratni
o‘lchashda xatolar vujudga kelishiga olib keladi. Bu detektirlashning har qanday
usuliga – konvektiv detektirlashga ham, radiatsion detektirlashga ham, issiqlik
o‘tkazuvchan detektirlashga ham taalluqli bo‘ladi. SHunday qilib, ishlab chiquvchi
har doim datchiklarning mos keluvchi konstruksiyalari va xatoliklarni
kompensatsiyalash
uslublarini
qo‘llash
bilan
o‘lchashlar
xatoligini
minimallashtirishga intilishi lozim.
Haroratni o‘lchashning ikkita asosiy uslubi mavjud:
muvozanatli
va
bashorat
qilinadigan (prognozli).
Muvozanatli uslubda haroratni o‘lchash o‘lchanadigan
yuza bilan zondda joylashgan sezgir element o‘rtasida issiqlik muvozanati
boshlanganda, ya’ni datchik bilan o‘lchanadigan obyekt o‘rtasida sezilarli harorat
farqi bo‘lmaganda o‘tkaziladi. Bashorat qilish uslubida o‘lchashlarni o‘tkazish
jarayonida issiqlik muvozanati boshlanmaydi, joriy haroratning qiymati esa datchik
haroratining o‘zgarish tezligi bo‘yicha aniqlanadi. Sezgir element obyektga
joylashtirilgan momentdan boshlab obyekt bilan datchik o‘rtasida issiqlik
muvozanati boshlanguncha, ayniqsa agar kontakt maydonchalari quruq bo‘lsa,
etarlicha uzoq vaqt o‘tishi mumkin Masalan, tibbiyot elektron termometri suvli
vannadagi haroratni 10 s da o‘lchaydi, qo‘ltiq ostidagi haroratni o‘lchash uchun esa
hech bo‘lmaganda 3-5 minut talab qilinadi.
Kontakt usuli bilan haroratni o‘lchashda mumkin bo‘lgan xatolarning
manbalarini ko‘rib chiqamiz. Xatolarning vujudga kelish sabablaridan biri shundan
iboratki, datchik, qoidaga ko‘ra, faqatgina haroratini o‘lchashi lozim bo‘lgan
obyekt bilan emas, balki boshqa predmetlar bilan ham tutashadi. Boshqa bir sabab
tutashtiruvchi kabellardan foydalanish bo‘lib hisoblanadi (5.13A- rasm).
haroratga ega bo‘lgan obyekt bilan tutashtiriladigan sezuvchan element o‘zining
haroratiga ega bo‘ladi. Aniq o‘lchashlarni o‘tkazish uchun bu ikkita harorat amalda
teng bo‘ladigan issiqlik muvozanati holatiga erishish zarur bo‘ladi. Kabelning bir
uchi zondga ulanadi, boshqa uchi esa obyektning haroratidan sezilarli darajada farq
qilishi mumkin bo‘lgan
qurshab turuvchi muhit haroratining ta’siriga tortiladi.
275
Shunday qilib, tutashtiruvchi kabel faqatgina datchikning elektr signalini uzatib
qolmasdan, elementdan yoki unga bir qism issiqlikni ham uzatadi. 5.13B- rasmda
obyekt, datchik, qurshab turuvchi muhit va
Do'stlaringiz bilan baham: