B. A. Nazarbayeva


 Mikroto‘lqinli harakat detektorlari



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

5.2. Mikroto‘lqinli harakat detektorlari 

 

 

Katta  maydonlarni  nazorat  qilish  va  kuchli  shovqin-suron  sharoitlarida  – 

shamolda, kuchli xalaqit beruvchilar mavjud bo‘lganda, tumanda, chang-to‘zonda, 

namlik  va  hokazolarda  keng  haroratlar  diapazonida  ishlash  talab  qilinganda 

O‘YuCh  detektorlar  boshqa  datchiklarga  ajoyib  alternativa  bo‘lib  hisoblanadi. 

O‘YuCh  detektorlarning  harakat  tamoyili  qo‘riqlanadigan  zona  tomonga 

elektromagnitik radiochastotali to‘lqinlarni nurlatishga asoslanadi. 10.525 GHz (X-

diapazon) va 24.125 GHz (K-diapazon) chastotalar eng keng tarqalgan chastotalar 

bo‘lib hisoblanadi. Nurlatish quvvati odamlarning salomatligiga ziyon etkazmaslik 

uchun  etarlicha  past  bo‘lishi,  nurlatiladigan  to‘lqinlarning  uzunligi  havoni 

ifloslantiradigan aksariyat zarrachalar orasidan bemalol o‘tish uchun etarlicha katta 



252 

 

bo‘lishi (X-diapazon uchun λ=3 sm) va katta obyektlardan qaytishi uchun etarlicha 



qisqa bo‘lishi lozim.  

 

Detektorlarning  mikroto‘lqinli  qismi  Gann  generatori,  antenna  va 



aralashtiruvchi  dioddan  tashkil  topadi.  Gann  generatori  o‘zida  kichik  pretsizion 

bo‘shliqqa  o‘rnatilgan  diodni  taqdim  qiladi,  unga  oziqlantiruvchi  kuchlanish 

berilganda  u  O‘YuCh  tebranishlarni  ishlab  chiqara  boshlaydi.  Bu  elektromagnitik 

to‘lqinlarning 



f

0

 

chastotaga  ega  bo‘lgan  bir  qismi  diafragma  va  volnovod  orqali 



o‘tadi  va  ularni  obyekt  tomonga  qarab  yo‘naltiradigan  antennaga  kelib  tushadi. 

Qo‘llanilishga  bog‘liq  ravishda  antennaning  turlicha  fokuslaydigan  tavsiflari 

tanlanadi.  Asosiy  qoida  quyidagicha:  antennaning  yo‘naltirilganlik  diagrammasi 

qanchalik  tor  bo‘lsa,  u  shunchalik  katta  sezgirlikka  ega  bo‘ladi  (ya’ni  uning 

kuchaytirish  koeffitsiyenti shunchalik  katta  bo‘ladi).  Boshqa  bir  muhim  xususiyat 

quyidagidan  iborat:  tor  (ignasimon)  yo‘naltirilganlik  diagrammasiga  ega  bo‘lgan 

antennalar  etarlicha  kichik  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  keng  burchakli  antennalarga 

qaraganda  katta  o‘lchamlarga  ega  bo‘ladi.  Uzatgichning  tiplashgan  quvvati  10-20 

mWt ni tashkil qiladi. Gann generatorlarining barqarorligi qo‘yilgan kuchlanishga 

bog‘liq  bo‘ladi,  shu  sababli  generatorlarni  oziqlantirish  uchun  yuqori  sifatli 

kuchlanish  regulyatorlaridan  (rostlagichlaridan)  foydalanish  juda  muhim  bo‘ladi. 

Generator yoki uzluksiz, yoki davriy ravishda ishlashi mumkin. Impulьsli rejimda 

ishlashda oziqlantirish manbaidan iste’mol qilinadigan quvvat keskin kamayadi.  

 

Nurlatiladigan  to‘lqinlarning  kamroq  qismi  Shotka  aralashtiruvchi  diodiga 



kelib  tushadi  va  etalon  signal  sifatida  foydalaniladi  (5.1A-  rasm).  Ko‘pincha 

signallar priemnigi va peredatchigi (qabul qilgich va uzatgich) priemoperedatchik 

yoki  transiver  deb  ataladigan  bitta  modulda  joylashadi.  Obyektdan  qaytarilgan 

to‘lqinlarning  bir  qismi  antennaga  qaytadi,  u  ularni  aralashtiruvchi  diodga 

yo‘llaydi.  Dioddagi  tok  o‘zida  uning  chastotasi  nurlatilgan  va  qaytarilgan 

to‘lqinlarning  obyektgacha  bo‘lgan  masofaga  to‘g‘ri  proporsional  bo‘lgan  faza 

farqi  bilan  belgilanadigan  garmolnik  signalni  taqdim  qiladi.  Bunday 

faza  sezgir 

detektor  yordamida  obyektgacha  bo‘lgan  masofani  aniqlash  mumkin,  biroq 

masofani  emas,  balki  obyektning  qo‘riqlanadigan  zonada  harakatlanish  faktini 



253 

 

aniqlash  talab  qilinadi.  Mavjud  bo‘lish  va  harakat  detektorlari  ko‘pincha  Dopler 



hodisasi  asosida  amalga  oshiriladi.  Amalda  barcha  O‘YuCh  va  ulьtratovush 

detektorlari  shu  tamoyil  asosida  ishlaydi.  Shuni  qayd  qilish  lozimki,  Dopler 

datchiklari  mavjud  bo‘lish  detektorlari  emas,  balki  harakat  detektorlari  bo‘lib 

hisoblanadi,  chunki  faqatgina  harakatlanayotgan  obyektlarga  reaksiya  ko‘rsatadi. 

Endi ular qanday ishlashini tushuntiramiz. 

 

 



5.1- rasm. O‘YuCh mavjud bo‘lish detektori: A – Dopler chastotasini o‘lchash 

uchun sxema; B – ostona detektoriga ega bo‘lgan sxema 

 

 

Antenna 



f

chastota  bilan  nurlatadi,  bu  chastota  λ

to‘lqin  uzunligi  bilan 



belgilanadi: 

                                                      f



=                                                               

(5.1) 


bunda   - yorug‘lik tezligi. 

 

Agar  obyekt  antennaga  qarab  harakatlansa  yoki  undan  uzoqlashsa, 



qaytarilgan  nurning  chastotasi  o‘zgaradi.  Obyekt  antennadan 

v

  tezlik  bilan 

harakatlanganda  qaytarilgan  signalning  chastotasi  kamayadi,  obyekt  antennaga 

yaqinlashganda esa – ortadi. Bu hodisa 




Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish