harorat 1664 yilda Robert Guk tomonidan distillangan suvning muzlash nuqtasida
o‘rnatilgan. 1694 yilda Paduyalik Karl Renaldi chiziqli harorat shkalasida reper
(tayanch) nuqtalar sifatida ikkita nuqta – muzning erish nuqtasi va suvning
qaynash nuqtasidan foydalanishni taklif qilgan. U butun harorat intervalini 12 ta
teng bo‘lakka bo‘lgan. Taassufki, uning taklifi qariyb 50 yilgacha hech kimni
qiziqtirmagan. 1701 yilda Nyuton ham harorat shkalasi uchun ikkita belgilangan
nuqtadan foydalanishni taklif qilgan. Birinchi nuqta sifatida u muzning erish
nuqtasini tanlagan (nolinchi nuqta), ikkinchi nuqta uchun – sog‘lom angliyalikning
qo‘ltig‘i ostidagi haroratni tanlagan, u buni 12-nuqta deb atagan. Nyuton shkalasi
Farengeyt 1706 yilda o‘zining termometri uchun nolinchi nuqta sifatida suv, muz
va osh tuzi aralashmasining sovuq haroratini tanlagan. Ikkinchi nuqta sifatida u
“sog‘lom odam qonining harorati” deb ta’riflanadigan 96 gradus haroratni tanlagan
(aslida Farengeyt uchun 96 soni shunchaki qulay bo‘lgan, chunki u 2 ga qoldiqsiz
bo‘lingan, bu bo‘laklarni oson belgilash imkonini bergan. Biroq Farengeyt qonning
191
harorati odamning millati va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lishini hisobga
olmagan. Hozirgi kunda sog‘lom odamning harorati 97 ... 100
0
G‘ (36 ... 37,7 )
oraliqda bo‘lishi isbotlangan, biroq daniyalik ixtirochi yashagan paytda odam
tanasidan yaxshiroq termostat hali mavjud bo‘lmagan). Uning shkalasida muzning
erish nuqtasi 32
0
ga, suvning qaynash nuqtasi esa 212
0
ga to‘g‘ri keladi. 1742 yilda
astronomiya professori Andrea Selsiy nol – muzning erish nuqtasi, 100 – suvning
qaynash harorati bo‘lgan shkalani taklif qilgan.
Hozirgi kunda ilmiy va texnik ishlanmalarda odatda ikkita –selsiy va Kelvin
shkalasidan foydalaniladi. Kelvin shkalasi bunda suv bir paytnig o‘zida uchta
holatda – bug‘, suyuqlik va muz holatida bo‘ladigan, 4,58 mm simob ustuni
bosimga mos keladigan
suvning uchlanma nuqtasiga
asoslanadi. Suvning
uchlanma nuqtasining harorati 273,16 K yoki 0
ga teng deb qabul qilingan.
Kelvin shkalasi chiziqli bo‘lib hisoblanadi, unda nolinchi nuqta (0 K) barcha
harakatlanayotgan zarrachalarning kinetik energiyasi nolga teng bo‘ladigan
haroratga mos keladi. Amaliyotda bu nuqtani olib bo‘lmaydi, u
absolyut nol
deb
ataladigan sof nazariy kattalik bo‘lib hisoblanadi. Kelvin va selsiy shkalalari
o‘rtasida 0,01
0
farq mavjud, bu nol gradus selsiy suvning uchtalik nuqtasi bilan
emas, balki muz va namlikka to‘yingan havo atmosfera bosimida dinamik
muvozanatda bo‘ladigan harorat bilan belgilanishi bilan izohlanadi. Bu ikkita
shkala bir xil egilishga ega (ya’ni 1
= 1 K, 0 K = -273,15
):
0
S =
0
K – 273,15
0
(4.66)
Suvning qaynash harorati 1
= 373,15 K ga teng. Farengeyt shkalasi
ko‘proq tik egilishga ega, chunki 1
= 1,8
0
F Selsiy va Farengeyt shkalalari -40
va
0
F haroratda kesishadi. Qiymatlarni bir shkaladan boshqasiga o‘tkazish uchun
quyidagi ifodadan foydalaniladi:
0
G‘ = 32 + 1,8 (4.67)
Bu 0
da Farengeyt shkalasi bo‘yicha harorat +32
0
F ga teng bo‘lishini
bildiradi.