B. A. Nazarbayeva



Download 7,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/288
Sana15.01.2022
Hajmi7,56 Mb.
#368689
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   288
Bog'liq
konstruksiyalashga kitob

Piroelektrik effekt. 

Piroelektriklar – bu kristall strukturali materiallar bo‘lib, 

ularga  issiqlik  oqimi  bilan  ta’sir  ko‘rsatilganda  ularda  elektr  zaryadlari  paydo 

bo‘ladi.  Piroelektrik  effekt  pyezoelektrik  effektga  juda  yaqin.  Shu  bois  oldingi 

bo‘limda aytilgan ko‘pgina gaplar piroelektriklar uchun ham adolatlidir.  




166 

 

Xuddi 



pyezoelektriklar 

kabi 


piroelektriklardan 

ham 


qarama-qarshi 

tomonlariga  issiqlik  tomonidan  induksiyalangan  zaryadlarni  to‘plash  uchun 

mo‘ljallangan  elektrodlar  kiritilgan  yupqa  plenkalar  ko‘rinishida  foydalaniladi 

(4.12-rasm).  Piroelektrik  detektorni  issiqlik  oqimidan  elektr  zaryadlanadigan 

kondensator  ko‘rinishida  tasavvur  qilish  mumkin.  Bunday  datchik  hech  qanday 

tashqi qo‘zg‘atish signallariga muhtoj bo‘lmaydi, unga faqatgina zaryadni o‘lchash 

uchun  mos  keluvchi  interfeys  elektron  sxema  talab  qilinadi.  Turli  metallardan 

ishlangan  ikkita  elektrod  statsionar,  biroq  har  xil  haroratda  joylashgan  bo‘lganda 

ularning  chiqishida  doimiy  kuchlanish  paydo  bo‘ladigan  termojuftliklardan 

(termoelektrik  qurilmalar)  farqli  o‘laroq,  piroelektriklarda  zaryad 



haroratning 

o‘zgarishiga 

javob  tariqasida  paydo  bo‘ladi.  Haroratning  o‘zgarishi  issiqlik 

to‘lqinlarining  ko‘chishi  natijasida  sodir  bo‘lishi  sababli  piroelektrik  qurilmalar 

issiqlik oqimining detektorlari

 bo‘lib hisoblanadi. Ularni ba’zan dinamik datchiklar 

deb atashadi, bu ularning fizikaviy tabiatiga mos keladi. Piroelektrik kristall tashqi 

issiqlik  oqimining  (masalan,  infraqizil  manbadan  chiqayotgan  nurlanish)  ta’siriga 

tortilganda  uning  harorati  ortadi,  uning  o‘zi  ham  issiqlik  manbaiga  aylanadi.  Shu 

sababli kristallning qarama-qarshi tomonida issiqlik oqib chiqishi sodir bo‘ladi, bu 

4.12- rasmda ko‘rsatilgan. 

Agar  harorat  o‘zgarganda  unda  spontan  qutblanish  paydo  bo‘lsa,  kristall 

piroelektrik xususiyatlarga ega deb hisoblanadi. 32 ta tipdagi kristallardan 21 tasi 

markazga nisbatan simmetriyaga ega emas, ulardan bor-yo‘g‘i 10 tasi piroelektrik 

xususiyatlarni  namoyon  qiladi.  Bu  kristallarning  hammasi  piroelektrik 

xususiyatlarga  qo‘shimcha  ravishda  u  yoki  bu  darajada  pyezoelektriklar  bo‘lib 

hisoblanadi,  ya’ni  ularda  zaryad  mexanik  kuchlanishga  javob  tariqasida  paydo 

bo‘ladi.  

Piroelektrlik  turmalin  kristallida  18  asrdayoq  ochilgan  (biroq  greklar  bu 

hodisani bundan 23 asr oldin bilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor). Keyinroq, 19 

asrda  piroelektrik  datchiklarni  tayyorlash  uchun  segnet  tuzlarining  kristallaridan 

foydalanilgan.  1915  yildan  keyin  piroelektriklar  sifatida  quyidagi  materiallar 

qo‘llanila  boshlagan:  KDP  (KH

2

PO



4

),  ADP  (NH

4

H

2



PO

4

)  va  PZT  nomi  bilan 




167 

 

ma’lum  bo‘lgan  PbZnO



3

  va  PbTiO

kompozatsiyalar.  Hozirgi  kunda  qaytar 



qutblanish  xususiyatlariga  ega  bo‘lgan  1000  dan  oshiq  materiallar  ma’lum.  Ular 

ferroelektrik kristallar deb ataladi. Ulardan eng qiziqarlilari triglitsin sulfat (TGS) 

va  litiy  tantalat  (LiTaO

3

)    bo‘lib  hisoblanadi.  1969  yilda  yaponiyalik  olim  Kavai 



ba’zi  bir  plastmassalar,  masalan,  polivinil  ftorid  (PVF)  va  polivinilidin  ftorid 

(PVDF) kuchli pyezoelektrik xususiyatlarga ega ekanligini aniqlagan. SHuningdek 

bu materiallar piroelektriklar ham bo‘lib hisoblanishi ma’lum bo‘lgan. 

4.12-rasmdagi  piroelektrik  datchik  kristallning  qarama-qarshi  tomonlarida 

joylashgan ikkita elektrodga ega. Issiqlik pastdan 3 o‘q bo‘ylab kirib keladi va oqib 

chiqib  ketadi.Har  qanday  piroelektrikni  ularning  har.  biri  o‘zini  xuddi  kichkina 

elektr  dipollari  kabi  tutadigan  ko‘p  sonli  kristallitlar  kompozitsiyasi  ko‘rinishida 

tasavvur qilish mumkin. Bu dipollarning barchasi ixtiyoriy qaratilishga ega bo‘ladi 

(4.9A-  rasm). 


Download 7,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish