Turmush darajasi — bu, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasidir.
Tarif setkasi — bu, razryadlar shkalasidan iborat bo'lib, ularning har biriga o'z tarif koeffitsienti berilgan va har qanday razryadning tarif setkasida ishning murakkabligiga qarab birinchi razryadga nisbatan ishning necha marta murakkabligini ko'rsatib turadi.
Sabab - insonning nima uchun harakat qilishini ko‘rsatadigan, faoliyatga ichki undovchi narsa bo‘lib, u muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq.
Xizmatchilar - bu rahbar va mutaxassislarga boshqaruvga doir qarorlar ishlab chiqish hamda amalga oshirishda axborot xizmati ko'rsatuvchi xodimlardir.
Shaxsiy omil - faoliyat ko'rsatadigan (harakatda amalga oshiriladigan) ishchi kuchi bo‘lib, o‘z sifat ko‘rsatkichlarining majmui bilan qarab chiqiladi.
Shaxsiy-insoniy omil - bu mehnat qilish qobiliyatidan iborat bo'lmish ish kuchi va uning faoliyat qilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |