Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,43 Mb.
bet133/235
Sana16.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#373308
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   235
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

2-bob. ILMIY BILISh DARAJALARI
«Empirik» degan tushuncha zamirida «empiriya», ya'ni «tajriba» tushunchasi yotadi. Lekin bu bilishning empirik darajasi tajribadangina iborat degan ma'noni bildirmaydi. Ilmiy nazariyaning zarur empirik bazasi eksperimentdir, u hozirgi zamon fani rivojining muhim omiliga aylandi. Fanning, birinchi navbatda tabiiyotning butun taraqqiyot tarixi eksperiment bilan biron-bir tarzda bog‘liqdir. Tabiiyot fanini ko‘pincha eksperimental fan deb atab, bu bilan uning ilgari antik va o‘rta asrlar fani doirasida mavjud bo‘lgan tabiatni bilish usullaridan farqini ta'kidlab ko‘rsatadilar. Yangi zamon fani tomonidan amalga oshirilgan oddiy, o‘z imkoniyatiga ko‘ra g‘oyat cheklangan va hodisalarni yuzaki o‘rganish va tasniflash uchungina yaroqli bo‘lgan hodisalarni oddiy kuzatish metodidan eksperimentga asoslangan yangi metodga o‘tib, hodisalarni muntazam va muayyan maqsadni ko‘zlab faol tadqiq etishga o‘tish bilishning tarixiy rivojlanish yo‘lidagi muhim bosqich bo‘ldi.

Eksperimentlar ikki sinfga bo‘linadi: sifatiy va miqdoriy eksperimentlar. Sifatiy va ancha oddiy eksperimentning maqsadi hodisaning faqat mavjudlik faktini aniqlashdan iborat. Masalan, yorug‘lik sinishi ko‘rsatkichlari turlicha bo‘lgan muhitlar chegarasidan yorug‘lik o‘tishini tadqiq qilib, sinish fakti mavjudligini osonlik bilan aniqlash mumkin. Sifatiy eksperiment murakkab o‘lchov sistemalari va ma'lumotlarni ishlab chiqish sistemalari bilan kamroq jihozlanadi.

Miqdoriy o‘lchovli eksperimentni o‘tkazish uchun murakkab asbob-uskunalar talab qilinadi. Bunday eksperimentning vazifasi sistemaning holatini ko‘rsatuvchi parametrlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarni aniqlashdan iborat. Sinish qonunlarini o‘lchagich asboblari yordamida tekshirishda tajribalar o‘tkazilib, tushish burchagi bilan sinish burchagi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatlar aniqlandi va burchaklarning sinuslari bilan sinish koeffitsientlari o‘rtasidagi funksional aloqa topildi. Eksperiment ilmiy bilimlarni isbotlash va rivojlantirish vositasidir.

Shunday qilib eksperiment, bu – bilimga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan faoliyat turi bo‘lib, o‘rganilayotgan ob'ektga maxsus asbob-uskunalar vositasida ta'sir ko‘rsatishdan iborat. Shu tufayli: o‘rganilayotgan ob'ektni uning mohiyatini xiralashtirib qo‘yuvchi qo‘shimcha hodisalar ta'siridan holi qilish va uni sof holda o‘rganish; jarayonning borishini qat'iy belgilangan hamda nazorat qilish va hisobga olish mumkin bo‘lgan sharoitda ko‘p marta takrorlash; ko‘zlangan natijaga erishish uchun turli ta'sir va sharoitlarni reja bilan o‘zgartirish, birlashtirish va o‘lchash mumkin bo‘ladi. Empirik tadqiqot kuzatuv va eksperimentning yangi ma'lumotlarini aniqlab, nazariy tadqiqotni kuchaytiradi, uning oldiga yangi vazifalar qo‘yadi.

Har qanday nazariya, bu – faktlarni ishonchli tarzda bilishgina emas, o‘rganilayotgan hodisalarning empi-rik ta'rifigina emas, u bu faktlarni tushuntirish funksiyasini ham bajaradi. Gipotezalardan farqli o‘laroq, nazariya to‘g‘ri va asosli tushuntirish imkonini beradi. Nazariya mavjud va aniqlangan faktlarni muayyan sohadagi qonunlar va boshqa mavjud aloqalarning mantiqan zarur oqibati sifatida tushuntiradi. Ya'ni nazariyada bizni qurshab turgan hodisalar va voqyealarni tasodiflar tartibsizligi deb emas, balki ob'ektiv zarur va qonuniyatli munosabatlarning ko‘rinish va mavjud bo‘lish shakli sifatida izohlash mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, oldindan aytish, ilmiy bashorat qilish ilmiy nazariyaning muhim funksiyasidir. O‘tmishni va hozirni tushunishga, yig‘ilgan va ma'lum faktlarning mohiyatini fahmlashga imkon beradigan tushuntirishdan farqli o‘laroq, ilmiy bashorat yordamida kelgusidagi taraqqiyotning asosiy tendensiyalari va istiqbollarini ochib berish mumkin. Bashorat qilish uchun foydalaniladigan qonunlar «dinamik», ya'ni voqyealar borishini bir ma'noda determinlashtiruvchi bo‘lsa, bir ma'noli bashoratni amalga oshirish mumkin. Voqyealar sodir bo‘lishining u yoki bu ehtimolini belgilovchi «statistik» qonunlar asosida bashorat qilinsa unda ehtimoliy bashorat amalga oshirilgan bo‘ladi.

Shunday qilib, nazariya, bu – muhim munosabatlar va qonunlarni bilish asosida ob'ektiv va real jarayonlarni ifoda etuvchi tushunchalar tizimidir. Har bir konkret nazariya aks ettirish va konstruksiyalashning birligidir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, har kanday nazariya asosida chiqariladigan xulosalar evristik qiymatga ega bo‘lgan va tajribada qo‘shimcha tekshirib ko‘rilishi lozim bo‘lgan gipotetik elementlarni o‘z ichiga oladi. Nazariya va eksperiment, bu – bir-birini to‘ldiruvchi ikki xil bilish usulidir. Demak, ilmiy bilish tuzilmasida ikkita o‘zaro farq qiluvchi, lekin bir-biri bilan bog‘liq daraja – empirik va nazariy darajalar mavjud. Biroq bilimlarning muayyan sohasini aynan ta'riflash uchun bu ikki daraja yetarli emas. Ilmiy bilim tuzilmasida ko‘pincha qayd etilmaydigan, lekin juda muhim bo‘lgan darajani – bilish jarayonida voqyelik to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarni o‘z ichiga olgan, falsafiy kategoriyalar tizimida ifodalangan falsafiy fikrlar darajasini alohida ko‘rsatmoq kerak.

Abstraktlikdan konktretlikka ko‘tarilishni umumiy tarzda ilmiy nazariy fikrning predmetni yoki ob'ektni tadqiq qilish borasida tobora to‘la, har tomonlama va birbutun qilib ifoda etish tomon harakatdir, deb ta'riflash mumkin. Bilimning abstraktligi deganda, keng ma'noda bilimning to‘liq emasligi, bir tomonlamaligi, konkretligi deganda esa bilimning to‘liqligi, mazmundorligi tushuniladi. Shu ma'noda «abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish» iborasini butun bilimning umumiy yo‘nalishini tavsiflash uchun qo‘llash mumkin, chunki unda bilimning kamroq mazmundorlikdan ko‘proq mazmundorlik tomon harakati qayd etiladi. Torroq va aniqroq metodologik ma'noda aytganda «abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish» ilmiy-nazariy bilishning qamrab olgan boshlang‘ich abstrakt ideallashtirilgan nazariy konstruksiyadan uning ichidan tabaqalashtirilgan, lekin bir butun bo‘lgan, turli-tuman rang-barang tomonlar, munosabatlar, aloqalar va empirik ko‘rinishlar birligini ifodalovchi manzara sari harakatini bildiradi. Fikrning abstraktlikdan konkretlik tomon harakati to‘g‘risidagi tushunchani birinchi bo‘lib Xegel fikr taraqqiyotining umumiy yo‘nalishini xarakterlash uchun taklif qilgan.

Abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish metodi rivojlanishi tadqiq etilayotgan ob'ektning mavjud holatiga olib keladigan murtak «hujayrani», konkret-umumiyni topishga asoslanadi. Abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish jarayonida boshlang‘ich ushbu hujayraning turli qo‘shimcha, konkretlashtiruvchi sharoit bo‘lganda rivojlangan ob'ektlar shakliga aylanadigan turli-tuman imkoniyatlar aniqlanadi, bu esa shu hujayradagi mavjud imkoniyatlarning ro‘yobga chiqish yo‘llarini oldindan ko‘rishga imkon beradi. Binobarin, abstraktlikdan konkretlikka ko‘tarilish metodi fundamental nazariy tadqiqot metodi bo‘lib, shunday imkoniyatlarni topishda muhim rol o‘ynaydi.
3-bob. ILMIY TAFAKKUR ShAKLLARI
Ilmiy tafakkurni uning mazmuni jihatdan ham, shakli jihatdan ham ta'riflash mumkin. Ilmiy tafakkurning mazmuni zarur aloqalar: qonunlar va qonuniyatlardir. Ilmiy tafakkurning shakllari: muammo, g‘oya, tushuncha, gipoteza va nazariyadir.

Muammo yunon tilida to‘siq, qiyinchilik, masala degan ma'nolarni bildiradi. «Problema» tushunchasi masalalar yoki butun masalalar kompleksini hal qilishga qaratilgan bilishning rivojlanish jarayonini ifodalaydi. Inson faoliyatining butun rivojlanish jarayoni bir problemani qo‘yish va hal etishdan boshqasiga o‘tishdir. Odamlar o‘zlari hali bilmagan narsalarni bilishga intiladilar. Lekin dastlab ular, garchi umumiy tarzda bo‘lsada, nimani bilmasliklarini va nimani bilishni istashlarini bilishlari kerak. Buyuk Sokratning hikmatli so‘zlarida: biz qancha kam bilishimizni bilish uchun qancha ko‘p bilishimiz kerakligini hamma ham bilavermaydi, - deb juda aniq aytilgan.

Problema, muammo mazmunining hayotiyligi shundan iboratki, problemalar o‘rtaga qo‘yilgan masalani hal etish, yechish yo‘lini topishni tashkil qilish vositasidir. Problemani hal yetib bo‘lmasligining isboti uni hal etishning o‘ziga xos shakli bo‘lib xizmat qilishi mumkin (masalan, abadiy dvigatelni yaratish muammosi), chunki bunday isbot problema qo‘yilishiga sabab bo‘lgan ilmiy asoslarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Fanda o‘rtaga qo‘yilgan problemani hal etish zarurati ham ularni qayta ko‘rib chiqish uchun sharoit yaratadi.

Ilmiy problemalarni hal etish fanda bilim olishning, bilish vositalari taraqqiyotining va bilish faoliyati rivojining asosiy yo‘nalishidir. Ilmiy tadqiqotning bu boshlang‘ich elementini anglash, ajratish va o‘rganish ilmiy-tadqiqot faoliyatini optimallashtirish muhim dastlabki shartidir. Ilmiy problemaga «ilmiy asosda hal etiladigan shakl»dagi masala sifatida yoki fanda ishlab chiqilgan vositalar va metodlarga albatta murojaat etishni talab qiladigan masala sifatida qarash mumkin. Uni ilmiy tadqiqotda biron-bir narsani topish, qilish, asoslab berish kerak degan ma'noni anglatuvchi konkret maqsadli yo‘l-yo‘riq sifatida izohlash ham mumkin. Ba'zan uni ilmiy tadqiqotning ilgari ma'lum bo‘lmagan yo‘nalishi to‘g‘risidagi bilimning alohida turiga o‘xshatadilar.



G‘oya – hodislarni fikrda ifoda etishning formalaridan biri bo‘lib, kelgusida batafsilroq shaklga keltiriladigan bilimning mohiyati va asosiy mazmunini anglashni o‘z ichiga oladi. Agar ilgari g‘oyani ongda paydo bo‘ladigan hissiy obraz deb, u yoki bu hodisalarning predmetlari va ob'ektlarini in'ikosi deb bilgan bo‘lsalar, hozirgi zamon falsafasi g‘oyani narsalarning «mazmuni» yoki «mohiyati» deb, ob'ektiv reallikning in'ikosi deb biladi. G‘oya deganda bilishning forma va usullaridan biri tushuniladiki, uning ma'nosi hodisalarning mohiyatini qonunini ifodalovchi umumlashgan nazariy konstruksiyani, nazariy modelni shakllantirishdan iborat. Masalan, modda zarrachalari va elektromagnit maydonning korpuskulyar-to‘lqinli xarakteri to‘g‘risidagi g‘oya ana shundaydir. Shu prinsipga ko‘ra, makro va mikrodunyolar bir-biriga bog‘liqdir va ularning birligi korpuskulyar-to‘lqinli dualizmda ifodalanadi. Mikrojarayonlarning ushbu xususiyatini ifoda etish borasida V.Geyzenberg «nomuayyanlik nisbati» deb atalgan nisbatni kashf etgan.

Nazariy tafakkurning asosiy formalari orasida eng dastlabki va asosiy formasi tushunchadir. Tushunchalarning tabiati, ularning ilmiy bilishdagi roli to‘g‘risidagi masalaning yechimini bilib olmay turib, fan taraqqiyotining qonuniyatini, uning metodini, fikrlash usulini chuqur tushunib bo‘lmaydi.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish