Nazorat savollari:
Raqamli taʻlim resurslarning psixologik xususiyatlari tafsifini izohlang.
Raqamli taʻlim resurslarini qoʻllashning psixologik xususiyatlari izohlang.
13 - MA’RUZA.
RAQAMLI TAʻLIM RESURSLARINING KLASSIFIKATSIYASI VA TIPOLOGIYASI. MULTIMEDIA MANBALARINI YARATISH UCHUN DASTURIY VOSITALAR. (2 SOAT)
REJA:
Raqamli taʻlim resurslarida didaktik vositalar klassifikasiyasi.
Multimedia manbalarini yaratish uchun dasturiy vositalar.
Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof-voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlari sirasiga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda.
Media - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi:
Axborotning xilma-xil turlari: ananaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy mahsulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya axborotni rо’yxatdan о’tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompakt-disklar, televizor, videomagnitofon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;
Muayyan vaqtdagi ish, о’z tabiatiga kо’ra statik bо’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida kо’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining о’tkazish qobiliyati, operativ(tezkor) va video-xotira, katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bо’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;
"inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat talim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imeon beradi.
Media uchun zamonaviy CD- ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1970 - yili Siyetldagi konferensiyada (Second MICROSOFT CD-ROM Conference) bо’lib о’tdi va bu sana video va audioaxborotli tо’loqonli Medianing paydo bо’lishi boshlanishi deb hisoblanadi.
Media tarkib topishining bundan keyingi qadami CD-I texnologtyasi (Compast Disk Interaktive - interaktiv videodisklar) bо’ladi, ular kompter yordamida lazerli video- murvatni boshqarish yо’li bilan kompakt diskdan axborotni ixtiyoriy tanlashni tashkil etishga imkon beradi.
Videotizimning asosi bо’lgan ixtisoslashgan mikroprotsessor turkumi. Oxirgi paytlarda bulardan ham zamonaviylari bozorda taklif qilinmoqda;
drayverlar (Video Driver, Audio Driver va VRAM Driver va CD-ROM Driver) va alohida kichik tizimlar darajasidagi dasturiy interfeys;
galma-gal paydo bо’luvchi audio va video axborot saqlovchi, ma’lumotlarni CD-ROM jamg’aruvchisidan foydalanilganda tezligi bir tekisligini ta’minlovchi maxsus shaklli fayllar;
subektiv qabul qilishga yо’naltirilgan va ba’zi yо’qotish yoki buzib kursatishlarga yо’l qо’yuvchi axborotning turli namunalari g’tiklash algoritmlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |