15-Mavzu. Dasturlash tizimi haqida tushuncha. Manba, ob'ekt va yuk modullari.
Reja:
Dasturlash tizimi haqida tushuncha
Manba, ob'ekt va yuk modullari.
Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqat qilish uchun kompyuter “tili” ni bilishi ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadiga “til” dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko`rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilisi kerak bo`ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturnituzadigan kishi dasturchi deb ataladi. Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yechish uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari mavjud. Bular jumlasiga Beysik, Fortrant, Paskal, Kobol va boshqa tillarni kiritish mumkin. Beysik dasturlash tili 1964 yili AQSHning Dortmunt kollejji ilmiy xodimlari Jon Kemeni va Tmes Kurtsi tomonidan turli hisoblashlarga doirmasalalarni kompyuter bilan muloqat holda hal qilishi uchun yaratiladi. “Basic” so`zi Beginners Allpyrpose Sumbolic Instruction Code dan olingan bo`lib, o`zbek tilida “boshlovchilar uchun mo`ljallangan ko`p maqsadli, belgili ko`rsatmalar tili” degan ma`noni bildiradi. Beysik dasturlash tili soddaligi va kompyuter xotirasiga quyiladigan talablarning juda kamligi sababli bu dasturlash tili boshqa dasturlash tillari qatori butun dunyoda shaxsiy kompyuterlar uchun keng foydalanadigan til bo`lib qoldi. Fortran tili 1954 yilda ishlab chiqilgan. Fortran so`zi inglizcha Formula translator so`zidan olingan bo`lib, formula tarjimonchisi degan ma`noni bildiradi. Fortran tili muhandislik va ilmiy texnik masalalarni yechishga mo`ljallangan dasturlash tili hisoblanadi. Paskal dasturlash tili Shveysariyalik professor Virt Niklaus tomonidan 1971 yilda yaratilgan bo`lib, 1981 yilda Paskal tilining xalqaro standarti qabul qilingan. Paskal tili jamlovchi mashinani yaratgan fransuz fizigi Blez Paskal xotirasiga quyilgan. Paskal tilidan ilmiy texnik, muhandislik masaalarni yechishda keng ko`lamda foydalaniladi. Kobol tili 1959 yilda yaratilgan bo`lib, iqtisodiy xarakterga ega bo`lgan masalalarni yechishga mo`ljallangan [1,14,23,24,26,28].
Hozirgi paytda zamonaviy dasturlash tillaridan biri hisoblangan Delphi dasturlash tilidan keng foydalaniladi. Delphi dasturlash tili - bu Windows OT muhitida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, u 1995-yildа Borland kоmpаniyasi dаsturlаri guruhi Chаk (Chuck) vа Dеnni (Danny) tоmоnidаn yaratilgan. Mazkur dastur o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi. Shu sababdan bugungi kunda Delphi dasturlash tili akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurti fan dasturlariga kiritlgan [6,15,16,24,25,38].
C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan[32,37].
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi[31,35,36].
1983-yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi[30,33].
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi[34,35,37].
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi[30,31,32,33,34,35,36,37].
C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti.
16-Mavzu. Integratsiyalashgan dasturlash muhiti.
Reja:
1. Integrallashgan dasturiy vositalar.
2. Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta'minoti
Integrallashgan dasturiy vositalar.
Ushbu turdagi dasturiyvositalar orasida eng keng tarqalganlari ofis dasturlar
paketi, xususan Microsoft Office (ishlab chiqaruvchi Microsoft)dan iborat. U
ofisni ishlashida o‘chrashi mumkin bo‘lgan turli-tuman axborotlarni qayta ishlash
uchun yagona muhit tashkil qiluvchi bir necha ilovalarni o‘ziga oladi. Uning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Microsoft Word matnli protsessor;
2. Microsoft Excel elektron jadvallar;
3. Microsoft powerpoint taqdimotlarni tayyorlash va namoyish etish paketi;
4. Microsoft Outlook ishni tashkilotchisi va rejalashtiruvchisi;
5. (SUBD) Microsoft Access ma’lumotlar bazalarni boshqarish sistemasi;
va boshqalar.
Yuqorida sanalgan ilovalar integrallashgan. Bu Microsoft Office tarkibiga
kiruvchi barcha dasturlar ma’lumotlarni qulay almashinish imkoniyatlari borligini
anglatadi.
Masalan, agar qandaydir davr natijalariga ko‘ra ilyustratsiyaga ega bo‘lgan
moliyaviy hisobot tayyorlash zarur bo‘lsa, u holda ma’lumotlarni Microsoft Excel
da qayta ishlash uchun Microsoft Access dan import qilish, ular asosida grafik va
diagrammalar yasash va keyin ularni Microsoft Word da yaratilgan hujjat matniga
joylashtirish mumkin. Diagrammani siljitish Microsoft Windows almashirish
buferiga nushalash va ilovaning asosiy menyusi orqali, uskunalar paneli orqali,
issiq tugmalar orqali yoki sichqonchani o‘ng tugmasiga bosilganda paydo
bo‘ladigan kontekstli menyu orqali amalga oshirilishi mumkin. Va nihoyat, har
qanday boshqa obyekt kabi, soddagina bir ilovada sichqoncha yordamida “ushlab”
va boshqa mos keladigan joyga ("Drag and Drop" tartib) “o‘tkazib” hujjat bilan
“bog‘lash” mumkin. Microsoft Office ilovalari ixtiyoriy ilovalar orasida har
qanday ma’lumotlar bilan almashinish imkoniyatini beradi.
Alohida
obyektlarni bir ilovadan boshqasiga o‘tkazishda oddiy
nushalash/qo‘yish amallaridan tashqari asl obyektni va uning nushasini bog‘lash
mexanizmini foydalanish mumkin. Bu holda Excel jadvalida dastlabki
ma’lumotlarni o‘zgartirishda, ular asosida yasalgan diagramma o‘zgaradi, u bilan
esa, Microsoft Word hujjatdagi diagrammaning nushasi ham o‘zgaradi. Masalan,
ma’lumotlarni Access berilganlar bazasidan olinishi mumkin. Ular avtomatik
yangilanadi va bunday hujjat bilan tanishmoqchi bo‘lgan ixtiyoriy xohlovchilar
eng oxirgi raqamlarni ko‘radilar.
Microsoft Office oilasi barcha ilovalarga umumiy bo‘lgan uskunalar
to‘plamiga egadir. Ular to‘g‘ri yozuvni grammatikasini tekshirish, rasm solish
uchun
vosita,
rangli
sarlavhalarni
yaratish
uchun
uskuna,
tashkiliy
diagrammalarning muharriri, matematik formulalarni muharrirlash uchun uskuna,
fototasvirlar muharriri, rasmlar kutubxonasi va sh.k.larni o‘zi ichiga oladi.
Bularga, shuningdek uskunalar paneli, hatto Microsoft Office ixtiyoriy ilovasining
standart elementlari bo‘lgan menyular ham kiradi.
Microsoft Officening 97 versiyasidan boshlab, unga Microsoft Outlook
ilova kirgan. Bu ilova shaxsiy faoliyatni tashkil etish va rejalashtirish uchun
uskunadan iborat. Microsoft Outlook elektron pochta, kontaktlar bo‘yicha bazani,
kalendar va boshqalarni o‘ziga oladi. Lekin, eng asosisiysi – ular bilan ishlashni
tashkil etuvchisi sifatida chiqib, barcha ilovalarni bog‘laydi. Microsoft Outlook
yordamida, uning tavsifiga uzatib boruvchi hujjat qo‘shib, uchrashuvni belgilash
mumkin. Bu, muhokama qilinishi rejalashtiriladigan Microsoft Word formatdagi
savollar ro‘yxati yoki Microsoft Excel formatdagi natijalar haqidagi hisobot
bo‘lishi mumkin. Tuzilgan hujjatni elektron pochta bo‘yicha yoki faks-ma’lumot
ko‘rinishida jo‘natish mumkin.
Microsoft Office, Windows 95 versiyasidan boshlab, operatsion sistema
bilan integrallashgan va uning barcha imkoniyatlarini foydalaniladilar. Tarmoqli
operatsion sistmalarda ishlab, Microsoft Office ilovalari bir necha
foydalanuvchilar birgalikda umumiy hujjat ustida guruhiy ishlashini qo‘llab-
quvvatlaydilar.
Materillarni
foydalanish
imkoniyatlari nafaqat ishchi stansiyaning
lokal disklarida, balki qo‘shni kompyuter
yoki tarmoq serverida ham mavjud.
Microsoft Excel elektron jadval yoki
Microsoft Access ma’lumotlar bazasidan bir
vaqtni o‘zida bir necha kishi foydalanishi
mumkin. Microsoft Word bir vaqtni o‘zida turli qismlaridan foydalanishi mumkin
bo‘lgan
hujjat
yaratish
imkoniyatini
beradi.
Microsoft
PowerPoint
videoanjumanlar o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bunda taqdimot bir vaqtni o‘zida
barcha anjuman ishtirokchilarning ekranlarida namoyish qilinadi.
Bundan tashqari, Microsoft Officening barcha ilovalari elektron pochta
bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir necha foydalanuvchi korrektura qilishi
talab etiladigan hujjat ustida ishlash mobaynida hujjatni ularga birin-ketin
jo‘natishi mumkin. Ishtirokchilardan biri tuzatishlarini qilib bo‘lgan zahotiyoq,
hujjat keyingi kishiga jo‘natiladi. Hujjat barcha ko‘rsatilgan ishtirokchilarni
aylanib o‘tgandan so‘ng, dastlab jo‘natgan foydalanuvchiga qaytib keladi. Bunda
barcha belgi va o‘zgartirishlar hamkorlikda ishlagan har bir ishtirokchi uchun
alohida ranglar bilan akslanadi. O‘zgartirishlarni ko‘rib chiqish va ularning qaysi
birlarini qabul qilish, qaysilarini bekor qilishni hal etish mumkin.
Hujjatlarni tayyorlashda ko‘pincha, yoki ma’lumotlar bazasi faylida, yoki
ma’lumotlar bazasi serverida(bu, masalan Microsoft SQL Server bo‘lishi mumkin)
axborot zarurati paydo bo‘ladi. Odatda bunday hollarda ODBC
1)
mexanizmini
qo‘llab-quvvatlovchi maxsus ilova-mijozlar foydalaniladi. U ixtiyoriy ilova –
mijozdan uning qo‘llab-quvvatlaydigan ixtiyoriy ilova –mijozi orqali ma’lumotlar
olish imkoniyatini ta’minlaydi. ODBC mexanizmi oilalarga kiruvchi barcha
ilovalarga kirishi mumkin bo‘lgan Microsoft Office standart elementlarning
biridan iborat.
Microsoft Office ilovalari funksiyalarni keng to‘plamiga ega bo‘lib, ular
foydalanuvchilarning
turli
toifalariga
mo‘ljallangan. Lekin, u turli
foydalanuvchilar talab qiladigan absolyut maxsus funksiyalarning barchasini
qamrab olishi mumkin emas. Microsoft Office da Microsoft Visual Basic univesal
dasturlash tili o‘rnatilgan. Uni foydalanib, malakali foydalanuvchi aniq tashkilot
yoki bo‘limlar talabiga javob beradigan shaxsiy ilovasini yaratishi mumkin. Visual
Basic tilida bir hil dastur Microsoft Officening ixtiyoriy ilovasidagi obyekt va
hujjatlarni foydalanishi mumkin.
2. Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta’minoti.
Amaliy DT hisoblash texnikasini inson faoliyatining turli sohalarida
qo‘llashni ta’minlashga mo‘ljallangan.
Amaliy dasturlar – foydalanuvchining aniq masalalarini yechish uchun
mo‘ljallangan dasturlaridir. Amaliy DT ni vazifasiga: umumiy vazifali, maxsus
vazifali va kasbiy darajadagi sinflarga ajratiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |