Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar. Ish jarayonida motor moyi kuchli ko‘pirishi mumkin, buning natijasida ishqalanuvchi yu-zalarni moylash sifati sezilarli darajada yomonlashadi. Moyning ko‘pirish darajasi moyning qovushoqlik va zichligiga, shuning-dek, haroratga bog‘liq. Ko‘pirishga qarshi qo‘shilmalar moylar ning sirt tarangligini kamaytiradi va bu bilan ularning havo va suv aralashganida, masalan, chayqalganida, ko‘pirishiga to‘sqinlik qiladi. Ko‘pirishning oldini olish maqsadida moyga polimetilsilok-san (ПМС–200А), polidimetilsiloksan, polietilsiloksan va boshqa qo‘shilmalar qo‘shiladi. Bu qo‘shilmalar moyga yuvuvchi qo‘shil-ma bilan birgalikda qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |