O’ZBEKIS
Т
ON RESPUBLIKASI OLIY VA O’R
Т
A MA
Х
SUS
Т
A’LIM
VAZIRLIGI
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
FAKULTET “ AVTOMOBIL TRANSPORTI MUXANDISLIGI”
KAFEDRA “AVTOMOBIL VA AVTOMOBIL XO`JALIGI”
“ISHONCHLILIK NAZARIYASI VA
DIAGNOS
Т
IKA ASOSLARI”
fanidan
MA’RUZA MA
Т
NI
Bilim sohasi:
300000 –– Ishlab chikarish va texnik soha
Т
a’lim sohasi:
310000 – Muhandislik ishi
Т
a’lim yo’nalishi:
5313100 - Avtomobil transporti, yo`l qurilish
mashinalari va jihozlarining ekspluatasiyasi
(avtomobil transporti bo`yicha)
Т
oshkent 2021
2
3
I. Bo’lim.
Т
ransport vositalarining ishonchlilik nazariyasi asoslari
Mavzu-1. Fanning tarkibi, mazmuni, maqsadi, vazifasi va predmeti-2soat
Reja:
1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti.
1.2 Ishonchlilik muammosining falsafiy asoslari.
1.3 Ishonchlilikni iqtisodiy jihati.
1.4 Fanning vazifalari, tuzilishi, bakalavrlar tayyorlashdagi ahamiyati.
Tayanch iboralar
: transport vositasi; falsafa nuqtayi nazaridan; Ob’ekt; sifat;
hodisa; mezon; iqtisodiy samara; texnik xizmat ko‘rsatish; joriy ta’mirlash; tannarxni
qoplash; chegaraviy holat; samaradorlik; iqtisodiy maqbul masofa.
1.1 Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari fanning predmeti
Respublikamizda hozirgi kunda xalq ho’jaligining barcha sohalarida har xil
turdagi minglab transport vositalari ishlab turibdi. Ekspluatatsiya jaryonida ularning
texnik holati o’zgarib boradi. Shu sababli transport vositalarining ishonchliligini
oshirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Ma’lumki, ekspluatatsiya davrida texnik
xizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun ketadigan sarf-harajatlar transport vositasining
boshlang’ich narxidan ancha ortiqdir. Ishonchlilik va diagnostikalash muammosini
hal qilish esa katta mablag’larni tejash imkonini beradi
Т
exnik taraqqiyot “Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani oldiga
transport vositalarini loyihalash, ishlab chiqarish va ularning ekspluatatsiyasi, og’ir
sharoit va favqulodda vaziyat vujudga kelgandagi ish qobiliyatini ta’minlash, texnik
holatini diagnostikalash, prognozlash (oldindan aytib berish) hamda eng optimal
(oqilona) konstruksion yechimlarni topish bo’yicha vazifalarni qo’yadi.
“Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari” fani texnik qurilma va tizimlar
sifat ko’rsatkichlarining o’zgarish qonunlarini, texnik holatini diagnostikashni
o’rganadi va shu asosda eng kam sarf-harajatlar bilan ularning buzilmasdan ishlash
muddatlarini oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Ishonchlilik muammolarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
—
transport vositasi (Ob’ekt) ekspluatatsiyasi jarayonida boshlang‘ich
parametrlarning o‘zgarishi vaqt omili orqali baholanadi;
—
Ob’ektning texnik holati uning chiqish parametrlari (sifat ko‘rsatkichlari)ni
saqlab qolish nuqtayi nazaridan prognoz qilinadi.
Umuman, ishonchlilik muammosi prognoz qilish masalalari bilan bog‘liq.
Transport vositasi yaratilishining ilk bosqichlarida muayyan ekspluatatsiya sharoitlari
uchun ishonchlilikni baholash talab etiladi. Ishonchlilik to‘g‘risidagi fan vaqt o‘tishi
bilan Ob’ektlarning sifat ko‘rsatkichlari (aniqlik, quvvat, unumdorlik, resurs va h.k.)
o‘zgarishi jarayonini o‘rganadi, sifat ko‘rsatkichlarining ma’lum darajaga etishishi
masalalarini esa e’tiborga olmaydi. Avtotransportda ishonchlilik fani va tadqiqotlari
buzilishlar fizikasini o‘rganish bilan bog‘liq. Bunda mustahkamlik, yeyilganlik,
issiqlikka chidamlilik va hakazo hisob-kitob usullari ishlab chiqiladi hamda transport
vositalarining zaruriy ishonchliligini ta’minlaydigan texnologik jarayonlar
qo‘llaniladi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |