Uyushiq ega. Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq ega qator kelishi mumkin. Ular o`zaro tenglanish munosabatida bo`lib, gapda bitta kesimga tobelanadi: Siz bilan biz ulug` ishga bel bog`ladik. Tiniq suvlar, ko`m-ko`k daraxtlar unga cheksiz zavq vag`ishlaydi.
Uyushiq egalar zidlov bog`lovchisidan tashqari teng bog`lovchilar bilan yoki sanash ohangi bilan bog`lanadi: Goh shamol, goh bo`ron turardi. Na siz na men gapirdik. Gul va maysalar ko`kardi. Qurilishga g`isht, tsement .
Ko’zlarimning nuri bolam
Ota-onalarning farzandlariga ruhan yaqinligi
Muhayyo Isaboyeva, Andijon viloyati
Oltinko’l tumani 10-maktab boshlang’ich
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, sog’lom ona va bola shakllanishi uchun har tomonlama sharoit va imkoniyatlar yaratish davlatimiz ichki siyosatining asosiy tamoillaridan bo’lib qoladi. Bu borada bir-birining davomi va takomili bo’lgan farmonlar, hukumat qarorlari chiqdi.
CHiroyli tarbiya, bilim , axloq – odob ota-onaning farzandiga qoldirgan eng bebaho boyligi, merosi ekanini donishmandlar ko’p va ho’p aytishgan. Bunday meros –mehr muhabbat, eьtibor, katta maьsuliyatning mevasi. Odamlarga chetga borib kelishga yo’l ochilgach, xorijda ishlab pul topish uchun dastlab erkaklar oylab, yillab oilasidan uzoqqa yashagan bo’lsa, bugunga kelib u yo’lga kirgan ayollar soni ham ortib bormoqda. Go’dagini onasiga, opa singlisiga, enagaga tashlab o’zga yurtda, o’z nazdilarida juda ko’p pul topishsa oilasiyu, bolalarini baxtli qilaman deya o’ylayotganlar ham ko’p. SHu o’rinda o’yga toladi kishi, nahotki katta pul, katta boylik baxt emasligini bilishmasa. Uzoq safarga otlanayotgan ona, bag’ridagi bolalaridan bir lahza “senga nima kerak?” deb so’rab ko’rsinlarchi. SHunisi aniqki hamma o’g’il qizlar “onajon uzoqqa ketmang, sizsiz yashash qiyin, sizni sog’inaman “ deyishadi.
Jajji o’quvchimning onasi chet davlatga ishlagani ketdi. Buvi va buvasini qo’lida qolgan bola juda maьyus bo’lib, darslarga ham deyarli eьtibor bermas, odamovi bo’lib borardi. Kunlarning birida onasi men bilan bog’landi. –“Iltimos., o’g’lim men bilan telefonda gaplashmay qo’ydi. Yordam bering” deya so’radi. O’quvchim bilan dildan gaplashishga harakat qildim. “onam bilan gaplashmayman, bir haftaga kelaman degan yedilar. Mana bir oydan oshdi. Onamni sog’indim, gaplashgim keladi. Lekin gaplashmayman, havotir olsalar tezroq keladilar.” Yuragi sog’inchga to’lgan bir jajji qalbning bergan javobidan qalbim larzaga keldi.
Bilm o’qitiladi, hunar o’rgatiladi, lekin inson qalbiga mehrli bo’lishni faqat kitobu saboqdan olib bo’lmaydi. Har tong bolangiz boshini silab nonushta bersangiz, yillar o’tib u ham qo’lingizni o’pib, ajin bosgan yuzlaringizni, oqrgan sochlaringizni silab sizga choy tutadi.
To’rt muchasi salomat farzandi bo’la turib noliydiganlar (“ uyda qolib ketyapman”,” bolamni enagaga berib ishga ishga, o’qishga chiqaman”), so’zida qattiq turib olganlar yillar o’tgani sari dilbandining ko’p kasal bo’lishiyu, gap uqmasligidan, mehrsizligidan dili vayron bo’lishi ehtimoldan holi emas.
Prezidentimizning “ ...Ayniqsa jondan aziz farzandlarimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan insonlar qilib kamol toptirish, avvalo qiz bolaning taqdiri haqida g’amxo’rlik qilish, uni jamiyatimizning gulidek tarbiyalab,voyaga yetkazish bo’lajak oilaning baxtli bekasi sifatida ko’rish vazifasi yana va yana bir bor aytaman barchamizning oliy maqsadimiz”.
Darhaqiqat, farzandlarimizni sog’lom , yetuk qilib kamolga yetkazish har bir ota-onaning . oilning vazifasi sanaladi. Ammo hayotda uchraydigan ayrim voqealardan dilingiz hufton bo’ladi.
Yaqin qadrdonim ne orzular ila turmush qurdi. Oila boshi to’ydan ikki oy o’tar o’tmas chetelga ketdi. Kelin xomilador bo’ldi. Ne baxtki, jajji qizaloq ekanltgidan darak keldi. Ammo qizaloq daragi bo’lajak otaga yoqmadiyu, kelinning javobini berdi.maьsuliyatsiz oila boshining yengil yelpi qaroridan qizaloqning taqdiri, kelajagi jabr ko’radimi?
Oila atalmish muqaddas qo’rg’onga qadam qo’ygan ekanmiz, ota-onalik baxti nasib qilgan ekan, farzandlarimizni sog’-salomat voyaga yetkazish, jamiyatda o’z o’rnini topishi, yurt koriga yaraydigan o’g’il qizlar bo’lishi uchun maьsuliyat bilan yondashmog’imiz har birimizning insoniy burchimizdir.
Hammadan kichiksan, hammadan mo’rtsan.
Ellardan qo’rqaman sen yurgan chog’i.
Titraysan mehrsiz qo’llarni tutsang.
Senga hatto loqayd nigohlar og’ir.
Do'stlaringiz bilan baham: |