Assalomu alaykum Hurmatli Yig‘ilish qatnashchilari



Download 22,66 Kb.
Sana22.04.2017
Hajmi22,66 Kb.
#7375
Assalomu alaykum Hurmatli

Yig‘ilish qatnashchilari.

2015 yil I-chorak davomida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ish-reja asosida “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

1. Prezidentimizning 2013 yil 19 apreldagi “2013 — 2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, respublikaning Koson (63726 ga), Qamashi (30053 ga), Arnasoy (15956 ga), Mirzacho‘l (18431 ga) va Do‘stlik tumanida (7364 ga) sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini sho‘rlanish darajalarini aniqlash bo‘yicha dala ishlari to‘liq yakuniga yetkazilib, olingan tuproq namunalari kimyoviy tahlildan o‘tkazildi.

2. Prezidentimizning 2012 yil 22 oktyabrdagi PF-4478-sonli farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 martdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 03/17-9-sonli topshirig‘iga asosan 2015 yil 1 yanvar xolatiga tuman hokimligi ixtiyorida (zaxirada)gi qishloq xo‘jalik yerlari hatlovdan o‘tkazildi.

Hatlov natijalariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 183569,1 gektar ekin yerlar, 10998,1 gektar ko‘p yillik daraxatzorlar va 14070,8 gektar bo‘z yerlar fermer xo‘jaliklariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilmasdan, tuman xokimliklari ixtiyorida turganligi aniqlanib, viloyat, tuman hokimliklariga taqdimnomalar kiritildi.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasida tajriba uchastkasi ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni “bir oyna” prinspi orqali Soliq organlari va Sud departamentlari bilan o‘zaro elektron ma‘lumot almashinish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 3,4 mln.dan ortiq ko‘chmas mulk obektlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasi shakllantirildi.

4. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 yanvardagi EDO-03-13-1-sonli “Respublikada 2015 yil meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qayta ishlash hamda oziq-ovqat loyihalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni 8-bandi topshiriqlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, 2717 ta fermer xo‘jaliklari va boshqa tashkilotlarga yangi intensiv mevali bog‘-tokzorlarni barpo etish uchun, jami 12369,8 gektar yer maydonlari ajratildi.

5. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 235-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi tumanlarida faoliyat yuritayotgan 82136 ta qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jaligi yerlari normativ qiymatini baholash ishlari 45 % ga bajarildi.

6. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan 106 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning 428,4 ming gektar yer maydonida yerdan foydalanish yuzasidan rejali va qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazildi. natijada 101 ta holatda (jami tekshirishga nisbatan 95 foiz) fermer xo‘jaliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan 2,3 ming gektar maydonda turli yer qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Yer qonunbuzilish holatlarini sodir etgan 88 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbarlari 24,8 mln. so‘m miqdorida ma‘muriy jarimaga tortildi, 13 ta holatda esa aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan choralar ko‘rish maqsadida xujjatlar tayyorlanib zaruriy choralar ko‘rish bo‘yicha Hududiy kengashga taqdim etildi.

7. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Erdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risida”gi “Nizom talablari asosida qo‘mita va uning quyi tizimlari mutaxassislari tomonidan Respublikamizda mavjud yerlardan samarali va maqsadli foydalanishni tashkil etish, yer qonunbuzilish holatlarini oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida alohida “Tizim” joriy qilindi.

Ushbu “Tizim”asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar tumanlaridagi 1479 ta yerdan foydalanuvchilarning 14,8 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, shundan 11,9 ming gektar ekin yerlari monitoring tariqasida o‘rganib chiqildi.

Natijada, 2179 ta holatda 2690 gektar yer maydonida “Er kodeksi”ning 48-moddasiga asosan 767 ta yerdan foydalanuvchilarga chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi va yer qonunbuzilishlarni sodir etgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan 6,6 mln. so‘m miqdorida ma‘muriy jarimalar belgilandi hamda 58 gektar yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.

197 ta holatda 55 gektar maydonda aniqlangan yer qonunbuzilishlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib sud idoralariga taqdim etildi va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar bekor qilinib, tuman hokimligi zahira yer fondiga qaytarib olindi.

Mahalliy hokimiyat organlariga 523 ta holatdagi 925 gektar yer maydonida aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan taqdimnomalar kiritilib, 20 gektar yer maydoni yer egalaridan qaytarib olindi, 276 gektar yer qonunbuzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi va 23 gektari joyida bartaraf etildi.

Qo‘mita va uning xududiy idoralari tomonidan 311 ta holatdagi 586 gektar yer maydonida aniqlangan qonunbuzilishlarning 366 gektar yer maydonidagi qonunbuzilishlar joyida bartaraf etilib, 5,1 mln. so‘m miqdorida ma‘muriy jarimalar qo‘llanildi va 178 gektarda aniqlangan holatlarni bartaraf etish bo‘yicha yuridik va jismoniy jaxslarga

zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 oktyabrdagi 295-sonli qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar, tumanlar hududiy komissiyalaridan kelib tushgan 16 200 ta geografik ob‘ektlar nomlarini ekspertizadan o‘tkazilib davlat reyestriga kiritildi.

9. Davlat kadastrlari bo‘yicha umumiy maydoni 14 111 gektarni tashkil etgan 23 958 ta ob‘ekt bo‘yicha kadastr s‘yomkasi ishlari amalga oshirildi.

116 012 ta ob‘ekt bo‘yicha bino-inshootlar inventarizatsiyasi va baholash ishlari bajarildi;

Respublika bo‘yicha 32 728 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar, 83 761 ta bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, 6 257 ta ipoteka shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

10. Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan davlat kadastrlari yagona tizimi geoaxborot bazasini shakllantirish maqsadida 21 ta davlat kadastrlarini yuritishga mas‘ul vakolatli vazirlik va idoralar tomonidan davlat kadastrlari to‘g‘risida taqdim etilgan ma‘lumotlar tahlil qilindi natijada 18035 ta ob‘ekt bo‘yicha kadastr ma‘lumotlar tahlil qilinib, Davlat kadastrlari yagona tizimi geoaxborot bazasiga kiritildi.

Hozirgi kunda Davlat kadastrlari yagona tizimining talabi bo‘yicha ma‘lumotlarni yagona tizim, elektron dasturiy format hamda texnologik printsiplar bo‘yicha taqdim etish ishlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida:

- davlat yer kadastri - 62%

- davlat suv kadastri - 57%

- bino-inshootlar davlat kadastri - 43%

- kartografiya-geodeziya davlat kadastri - 76%

- energetika ob‘ektlari davlat kadastri - 45%

- davlat o‘rmon kadastri - 45%

- shaharsozlik davlat kadastri - 40%

- aloqa ob‘ektlari davlat kadastri - 72%

- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri- 30%

- gidrotexnika inshootlar davlat kadastri - 24%

- madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri - 15%

- avtomobil yo‘llari davlat kadastri - 16%

- temir yo‘llari davlat kadastri - 20%

- yetkazib berish quvurlari davlat kadastri - 17%

- chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat

kadastri - 25%

- tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri - 35%

- qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri - 12%

- o‘simlik dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri - 15%



- hayvonot dunyosi davlat kadastri - 20%

- konlar, foydali qazilmalar va texnogen xosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri - 65% da vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida geoaxborot tizimini ArcGIS dasturiy ta‘minotiga o‘tkazish va geoaxborot bazasini shakllantirish ishlari tashkil etilgan.
Download 22,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish