O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“Buxgalteriya hisobi va audit” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Asosiy vositalarni turlarga ajratish va baholash
Topshirdi: 924-20-guruh talabasi Usmonov Mamarahim
Qabul qildi: Xudoyorov Rashid
Jizzax 2022
Asosiy vositalarni turlarga ajratish va baholash Reja
Asosiy vositalarni turkumlash va baholash
Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
Asosiy vositalarga tamartizatsiya hisoblash usullari
Asosiy vositalarni turkumlash va baholash
Asosiy vositalarni guruhlarga ajratishda asosiy e’tibor ularning natural- moddiy tarkibiga qaratiladi. Mehnat vositalarining bu turi natural-moddiy tarkibi bo‘yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi (1-rasm).
Yerni obodonlashtirish - yerni obodonlashtirish uchun sarf sifatida erni yangidan o‘zlashtirish, uning unumdorligini oshirish, turli transport vositalariga o‘tish va to‘xtash joylarini barpo etish, to‘siqlar va obodonlashtirishning boshqa turlari qiymati bilan yer maydonini obodonlashtirishga taaluqli xarajatlar ham hisoblanadi.
Binolar - asosiy konstruktiv qismlari jihatidan devorlar va tomga ega bo‘lib, ishlab chiqarish binolari, tsexlar, ustaxonalar, boshqarma binosi, omborxonalar, turar-joy binolari va boshqa ishlab chiqarish, ma’muriy-xo‘jalik va ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan ob’ektlar hisoblanadi. Binolardan foydalanishda zarur bo‘ladigan ularning ichidagi kommunikatsiya vositalari (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz ta’minoti tizimi, elektr quvvati uzatuvchi va yorituvchi elektr simlarining ichki tarmog‘i, ichki telefon va signalizatsiya vositalari, yukko‘targichlar va lift xo‘jaligi) ham binolar tarkibiga kiritiladi.
Inshootlar mehnat jarayoni va uning natijalarini o‘zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonlarining texnikaviy yoki umumiy vazifalarini bajarishga sharoit yaratishda xizmat qiladigan yoki turli noishlab chiqarish vazifalarini o‘taydigan ob’ektlar hisoblanib, inshootlar sifatida neft va gaz quduqlari, shaxta yo‘llari, avtomobil yo‘llari, yo‘laklar, ko‘priklar, estakadalar, tunnellar, ko‘cha yoritish chiroqlari, plyajlar, to‘g‘onlar va boshqalar hisobga olinadi.
Yer va yerni obodonlash-
tirish uchun kapital sarflar
Bino, inshootlar va uzatuvchi moslamalar
Mebel va ofis jihozlari
Kompyuter va hisoblash texnikasi
Ishchi va mahsuldor hayvonlar
Ko‘p yillik daraxtlar
Mashina va asbob- uskunalar
Transport vositalari
Boshqa asosiy vositalar
Konservatsiyalangan asosiy vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |