o‘zbek romanchiligiga yangi badiiy talqin ruhini olib kirishga intilib, har bitta
romanidagi Kultepaga borishga shahd etgan Nasriddin va uning eshagi bilan
37
yolg‘oniga ishonishi bilan bog‘liq latifa, bayon ohangidagi ertakka xoslik
o‘rinlarni kuzatsak, nosirning folklor an’analariga faol murojaat qilayotganligi
oydinlashadi.
O.Muxtorning zamonaviy nasrda xalq og‘zaki ijodi an’analaridan
samarali foydalanishi adabiyotshunos SH.Doniyorovaning ham diqqatini tortadi.
U «Aflotun» romanida qo‘llanilgan xalq ertaklarining qadimiy motivlarini ayrim
lavhalar misolida tahlil etadi.
36
Professor U.Normatov esa O.Muxtor romanlari
xususida to‘xtalar ekan:
«Bu asarlar sharqona milliy ruh, falsafa bilan
yo‘g‘rilgan... xalq og‘zaki ijodi namunalari-rivoyat va ertaklar syujetining
qayta hikoyasi, xususan «Bir yolg‘onda qirq yolg‘on» ertagi bayoni asar
matniga ajib fayz va jilo baxsh etgan... Omon Muxtor romanlari shakl-
shamoyili, syujet tuzilishi, ifoda tarzi jihatidan yangicha»,
37
deb yozadi. Olim
o‘z e’tiborini «Ffu», «Ayollar mamlakati va saltanati» romanlariga qaratadi.
I.YOqubov va M.Pirnazarovaning ayrim kuzatishlarida O.Muxtor nasrida adabiy
an’analarning o‘rni, nosirning adabiy mistifikatsiyadan badiiy vosita sifatida
foydalanish mahorati singari masalalarga e’tibor jalb etilgan.
38
Badiiy tasvir usullaridan biri bo‘lgan adabiy mistifikatsiya hodisasi milliy
adabiyotimizdagi yangiliklardan hisoblanadi. Biror narsaga ataylab sirli tus
berish, yo‘q narsani bor deb, kitobxonni ishontirishga urinish adabiy
mistifikatsiyadir. Odil YOqubovning «Ko‘hna dunyo» romanida ilk bor
qo‘llanilgan bu tasvir usuli ijobiy natijalar bergan edi. YOzuvchi o‘z ko‘zlagan
badiiy niyatiga erishishda obrazni yorqinroq ochish maqsadida qahramonlardan
birining kundaligi detalidan muhim hujjat sifatida foydalanadi.
39
Juzjoniy
xotiralari badiiy to‘qima bo‘lsa-da, kitobxonni ishontirishi, roman voqealari
hayotiyligini ta’minlash jihatidan xarakterlidir. Mumtoz adabiyotimizda
«tajohili orifona» deb yuritiluvchi bu usul nosirning o‘zini bilib bilmaslikka
olishiga asoslanadi. Mazkur shartli vosita zarur hayotiy detallar, vaziyat va
36 Дониёрова Ш. Омон Мухтор ижодида фольклор анъаналари. // Ўзбек тили ва адабиёти журнали. –Тошкент, 2001. №5. 64-67- бетлар
37 Норматов У. Умидбахш тамойиллар. –Тошкент: Маънавият, 2000. 59-60- бетлар
38 Ёқубов И., Пирназарова М. Адабий мистификация бадиий восита сифатида. Илм сарчашмалари (УрДУ ахборотномаси), 2001, №4. 31-32-бетлар; Пирназарова
М. Омон Мухтор насрида миллий – адабий анъаналарнинг ўрни. Филологик тадқиқотлар. –Урганч, 2001. 46-50- бет
38
personajlar taqdiri bilan uzviy bog‘lansagina obraz haqqoniyligini ta’minlay
oladi.
O.Muxtor ham
«Ming bir qiyofa» romanida to‘qima obraz bo‘lgan
Abdulla Hakim she’rlar daftari orqali qahramonlar taqdirini o‘zaro tutashtiradi.
Adib adabiy mistifikatsiya hodisasidan romanbop rivoyani taraqqiy qildirish
tamoyillaridan biri sifatida foydalanadi. Romanda she’rlar daftari qahramon
fikr-o‘ylari, taassurotlarini tahlil qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: