Samarqand viloyati Narpay tumani
Moliya bo`limi mudri N.S.Tuyunovga
sirtqi(maxsus-sirtqi)
fakulteti 236-guruh talabasi
Nuriddinov Nurzoddan
ARIZA
Meni Samarqand viloyati Narpay tumani Moliya bo`limi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” bo`limiga 0.5 (yarim) shtat birligida iqtisodchi lavozimiga ishga qabul qilishingizni so‘rayman.
2020.02.09. imzo Nuriddinov N.
TARJIMAYI HOL
Men, Nuriddinov Nurzod Nuriddin o`g`li, 2002-yil 30-dekabrda O`zbekiston Respublikasining Samarqand viloyati Narpay tumanida ziyoli oilada tug`ilganman.
Otam – Rasulov Nuriddin Sa’dinovich, 1973-yil Samarqand viloyati Narpay tumanida tug`ilgan, Samarqand viloyati Narpay tumani tibbiyot birlashmasida shifokor.
Onam – Shukurullayeva Maxfuza Xomid qizi, 1978-yil Narpay tumanda tug`ilgan, tadbirkor.
Oilamizda bir akam, bir singlim bor.
2009-yildan 2020-yilga qadar Samarqand viloyati Narpay tumani 16-umumiy o`rta ta’lim maktabida o`qidim. 2020-yildan 2021-yilga qadar O`zbekiston Milliy universiteti Jizzax filialiga o`qishga o`qidim va o’qishimni 2021-yil Samarqand davlat universitetiga ko`chirdim.
Partiya a’zosi emasman.
Mening hozirgi turar joyim: Samarqand viloyati Narpay tumani Dedan MFY Istiqlol 14 uy .
2022.05.05. imzo Nuriddinov Nurzod
Samarqand davlat universiteti sirtqi(maxsus-sirtqi) fakulteti
iqtisodiyot yo`nlishi talabasi ,
2002-yilda tug‘ilgan, o‘zbek,tugallanmagan oliy ma’lumotli
Nuriddinov Nurzod Nuriddin o`g`liga
TAVSIFNOMA
Nuriddinov Nurzod Nuriddin o`g`li Samarqand viloyati Narpay tumani ziyokor oilasida tug‘ilgan. U 2009-yildan 2020-yilgacha Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 16-o‘rta umumta’lim maktabida tahsil olib, maktabni “yaxshi” va “a’lo” baholar bilan tugatdi.
Nuriddinov Nurzod Nuriddin o`g`li 2021-2022 o`quv yilida SamDUning sirtqi(maxsus-sirtqi) fakultetida o‘qib kelmoqda. U o‘ vazifalarni sidqidildan bajaradi, talabalar bilan tez til topishadi, har qanday ko‘ngilsiz holatda ham o‘zini tuta oladi va yo‘qatib qo‘ymaydi, mulohazali, xushchaqchaq, xushmuomala, o‘zidan kattalarga hurmat bilan, kichiklarga mehribonlik va g‘amxo‘rlik bilan munosabatda bo‘ladi. Jamoat ishlarida ishtirok etishni yaxshi ko‘radi. U kiber-sport ishqibozi.
Nuriddinov Nurzod Nuriddin o`g`li o‘zbek, rus, ingliz, tillarini o`zlashitirgan. O‘z dunyoqarashi, ma’naviy-siyosiy saviyasini oshirish uchun kundalik matbuot, INTERNET ma’lumotlaridan doim xabardor bo‘lib boradi, badiiy asarlarni muntazam o‘qib boradi.
Tavsifnoma talab qilingan joyga taqdim etish uchun berildi.
SamDU rektori: imzo prof. ….
Devonxona mudiri: imzo .............
2020.05.05.
Samarqand davlat universiteti sirtqi(maxsus-sirtqi) fakulteti
iqtisodiyot yo`nalishi talabasi
Nuriddinov Nurzod Nuriddin o`g`liga
TAVSIYANOMA
Nuriddinov Nurzod sirtqi(maxsus-sirtqi)fakultetiga o‘qishga kirgan paytdan (2022-yil) boshlab tirishqoq, qiziquvchan, intiluvchan, jamoatchi talaba sifatida tanildi. Men N.Nuriddinovni fakultet talabalari faollaridan biri sifatida 2022-yildan beri bilaman. U o‘zi tanlanma fanlar tinglaydigan amaliy tilshunoslik, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, ilmiy rahbari tomonidan beriladigan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib keladi Hozir u O’zbek tilining sohalarda qo`llanilishi fani topshiriqlarini bajarmoqda. Topshiriqlarni bajarishi davomida u o‘zining ilmiy kuzatishlar olib borishga layoqatli ekanligini ko‘rsatib kelmoqda. Men yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, talaba Nuriddinov N.ning o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘qishini muvaffaqiyatli davom ettira olishiga ishinch bildiraman hamda uning nomzodini Polsha davlat universitetiga tavsiya etaman.
Fan o`qituvchisi: ...............................
2020.05.05.
Samarqand viloyati Narpay tumani
Moliya bo`limi mudri Tuyunov N.ga
Samarqand davlat universiteti
sirtqi (maxsus-sirtqi) fakulteti iqtisodiyot yo`nalishi
2- kurs talabasi Nuriddinov Nurzoddan
TUSHUNTIRISH XATI
2020-yil 5-may kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda bo`lim zalida o`tirgan edim. Shu payt behosdan zalda osiqlik turgan televizor polga qulab tushib, sindi. Televizor sinishida hech kim aybdor emas.
2020.05.05. imzo Nuriddinov N.
Do'stlaringiz bilan baham: |