Anorgul atajonova


So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/276
Sana12.01.2021
Hajmi1,23 Mb.
#55243
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   276
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili

 
So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi 
 
Mustaqil so‘z 
turkumlari 
 
Yordamchi so‘z 
turkumlari 
 
 
Alohida so‘z 
turkumlari yoki 
oraliqdagi so‘zlar 
1.Ot so‘z turkumi. 
2.Sifat so‘z turkumi. 
3.Son so‘z turkumi. 
4.Fe’l so‘z turkumi. 
5. Ravish so‘z turkumi. 
6.Olmosh so‘z turkumi. 
1.  Bog‘lovchi 
so‘z 
turkumi.  
2.  Ko‘makchi 
so‘z 
turkumi. 
3.  Yuklama 
so‘z 
turkumi.  
 
1.Taqlid so‘z turkumi 
2.Undov so‘z turkumi 
3.Modal so‘z turkumi 
 


 
78
I
Mustaqil 
so‘z 
turkumlariga  mansub 
so‘zlar  leksik  ma’noga 
ega  (olmoshlar  bundan 
mustasno).  M.:  Bugun 
bitta yangi kitob oldim. 
 I
Mutlaqo 
leksik 
ma’no 
ifodalamaydi. 
M.:  va, ammo, yoki, 
chunki; bilan, uchun, 
kabi; axir, faqat.  
 
I.  Ular  o‘ziga  xos 
tushunchalarni  ifodalab 
keladi: 
assalom-u 
aleykum, hormang, 
pish-pish (undov); taq-
tuq, baka-bum (taqlid); 
albatta, ehtimol, 
(modal) 
II.  Ma’lum  bir  UGM 
atrofida  birlasha  oladi. 
(olmoshlar 
bundan 
mustasno).  
II.  Lug‘aviy  ma’no 
ifodalamagani  singari 
UGM  ga  ham  ega 
emas, 
balki 
XGM 
ifodalaydi. 
II.  Qandaydir  UGM 
atrofida 
birlasha 
olmaydi. 
 
III
Yasalish 
xususiyatiga ega. 
 
III
Yasalish 
xususiyatiga ega emas. 
III
Yasalish 
xususiyatiga ega emas. 
IV
Mustaqil 
so‘z 
turkumlarining 
har 
birining  o‘z  so‘rog‘i 
bor.  (olmosh  bundan 
mustasno); 
Otning  so‘rog‘i:  kim? 
nima? qayer? Sifat
qanday? qanaqa? 
qaysi? 
Fe’l
nima 
qilmoq? nima 
bo‘lmoq? 
Son
qancha? necha? 
nechanchi? 
Ravish
qachon? qayerga..? 
IV.  O‘z  so‘rog‘iga  ega 
emas. 
 
V
Alohida 
so‘z 
turkumlari 
o‘z 
so‘rog‘iga  ega  emas, 
lekin  gap  tarkibida 
muayyan 
so‘roqqa 
javob 
bo‘ladi: 
Momaqaldiroqning 
gumbur-gumburi 
eshitildi (nimasi?). 
Shivir-shivir ovoz 
(qanday?).  
 
V
Shakl 
yasovchi 
qo‘shimchalarga ega. 
 
 V.  Shakl  yasovchi 
qo‘shimchalarga 
ega 
emas.  
 
 V.  Shakl  yasovchi 
qo‘shimchalarga 
ega 
emas,  biroq  otga  xos 
ko‘plik, 
egalik 
va 
kelishik 
qo‘shimcha-
larini qabul qiladi.  


 
79
VI. 
Mustaqil 
so‘z 
turkumlari GK ga ega. 
VI. GK ga ega emas. 
 
VI.  GK  ga  ega  emas, 
lekin  otlashib  otga  xos 
kategorial 
qo‘shimchalarni  qabul 
qiladi. 
VII.  Egalik,  kelishik 
qo‘shimchalarini  qabul 
qilib, 
turlanish 
xususiyatiga ega. 
 
VII.Turlanish 
xususiyatiga ega emas. 
 
VII
Alohida 
so‘z 
turkumlari 
otlashadi. 
Demak, egalik, kelishik 
qo‘shimcha-larini qabul 
qilib turlanadi. 
VIII.  Mustaqil  so‘z 
turkumlarining 
har 
birini 
xoslangan 
sintaktik  vazifasi  bor. 
Shuningdek, 
gapda 
o‘ziga 
xos 
gap 
bo‘laklari 
vazifasida 
keladi. 
M.: 
Bugun 
o‘quvchilar ikkitadan 
yangi variant 
yechishadi.  
Eslatma!  Olmosh  so‘z 
turkumining 
maxsus 
sintaktik vazifasi yo‘q. 
VIII.  Yordamchi  so‘z 
turkumlari 
mustaqil 
holda 
gap 
bo‘lagi 
vazifasida kelmaydi; 
 Unutmang
Yordamchi so‘z 
turkumlaridan 
ko‘makchilar gapda 
o‘zidan oldingi so‘zga 
bog‘lanib, quyidagi 
gap bo‘laklarini hosil 
qiladi: 
1. Vositali to‘ldiruvchi: 
Do‘st bilan obod uying.
2. 
Sifatlovchi-
aniqlovchi: 
Muxlis 
singari ‘quvchilarimiz 
ko‘paysa. 
3.  Hol:  Bola sutini 
ishtaha bilan ichyapti. 
 Poytaxtga Samarqand 
orqali boriladi. 
VIII.  Alohida  so‘z 
turkumi  gapda  ma’lum 
bir  sintaktik  vazifada 
kela  oladi.  M.:  Undov 
so‘z  turkumi  kiritma  – 
kirish  so‘z  vazifasida 
keladi:  Oh, qanday 
go‘zal bu odam. Modal 
so‘z:  Men,  albatta, shu 
yili o‘qishga kiraman.  
Shuni 
ta’kidlash 
lozimki,  alohida  so‘z 
turkumlari 
otlashib 
otga 
xos 
sintaktik 
vazifalarda kela oladi. 
 
87-mashq.  Matnni  o‘qing,  yordamchi  hamda  alohida  so‘zlar 
guruhiga  mansub  so‘zlarni  ikki  ustunga  ajratib  yozing.  Xalqimiz  nima 
sababdan nonni hamma ne’matlar ichida eng azizi deb biladi? 
 


 
80
Nonni e’zozlash 
 
Mashhur  olim  va  podshoh  Mirzo  Ulug‘bek  kunlardan  bir  kun  o‘z 
amaldorlari bilan safarga ketayotgan ekan. 
Ulug‘bekning nigohi yo‘l yoqasida yotgan non burdasiga tusharkan, 
darrov  otdan  tushadi  va  nonni  olib  qo‘yniga  soladi.  Vazir:  "Nega  bizga 
buyurmay,  o‘zingiz  otdan  tushdingiz?"  –  deb  so‘raydi.  Ulug‘bek:  "Nonni 
dastlab men ko‘rdim, uni yerdan olishni birovga buyurish nonga nisbatan 
hurmatsizlik bo‘lardi", – deb javob bergan ekan. 
Darhaqiqat, xalqimiz – xoh shoh bo‘lsin, xoh gado – nonni azaldan 
hurmat  qiladi,  uni  hamma  narsadan  afzal,  aziz  deb  biladi.  Udum  va 
an’analarimizga  binoan  hatto  nonni  dasturxonga  teskari  qo‘ymaydilar, 
uning  ustiga  boshqa  narsa  qo‘yish  ham  mumkin  emas.  Nonning  ustidan 
xatlab  o‘tish  gunoh  sanaladi.  Bularning  barchasi  nonni  e’zozlash,  isrof 
etmaslikdan  kelib  chiqqan  yaxshi  odatlardir  ("Hamrohim"  nomli 
to‘plamdan). 
 
88-mashq. Mustaqil leksik ma’no ifodalay oladigan so‘zlarni topib, 
ularga so‘roq bering, yordamchi so‘zlardan farqini ayting. 
 
1. Inson moli va nasabi bilan emas, ilmi va odobi bilan sharaflanadi. 
2.  Beshikdan  qabrgacha  ilm  izla.  3.  Hayo  doimo  yaxshilik  keltiradi. 
4.Insonlarga  berilgan  fazilatlarning  eng  yaxshisi  axloqdir.  5.  Qaysi 
birlaringda  jahl  va  g‘azab  qo‘zisa,  darqol  sukut  saqlashga  o‘tsin.  6. 
Dunyodan  o‘tib  ketganlarning  faqat  yaxshi  sifatlarini  yod  eting.  Yomon 
sifatlardan  tilingizni  tiyinglar.  7.  Jannat  onalar  oyog‘i  ostidadir.  8.  Avval 
onangga, yana onangga va yana onangga, so‘ngra otangga yaxshilik qil. 9. 
Yolg‘on  ishlatib  bir-birlaringizga  tuhmat  qilmanglar.  10.  Qabr  ustida 
o‘tirgandan  cho‘g‘da  o‘tirib,  kiyim  kiyib,  badanga  yetib  borgani 
yaxshiroqdir. 11. Har xil yamoqlari bo‘lsada o‘z kiyimingizni kiyganingiz 
birovdan omonatga kiyim olib kiyganingizdan yaxshiroqdir. 12. Lagandagi 
taomni  atrofidan  englar,  o‘rtasidan  emanglar,  chunki  baraka  o‘rtasiga 
tushadi ("Hadis" kitobidan). 
 


 
81
89-mashq.  Jadvalning  bo‘sh  katakchalarini  misol  yozib  to‘ldiring. 
Yozgan misollaringizni savollarini aniqlang. 
 
 
 
 90-mashq. So‘z turkumlarning har bir so‘roqlariga javob bo‘ladigan misol 
yozing va ularning o‘zaro farqlarini ayting. 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish