Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Leksikologiya so‘zi qaysi tildan olingan va qanday ma’noni
anglatadi?
2. Leksikologiya (so‘zshunoslik) nimani o‘rgatadi?
3. Shakldosh so‘zlarni ta’riflang.
4. Shakldosh so‘zlar ma’nosini qanday farqlash mumkin?
5. Lug‘aviy omonimiya nima? So‘zlar misolida tushuntiring?
6. Frazeologik omonimiya nima?
7. Grammatik omonimiya asosini nima tashkil etadi?
8. Shakldosh so‘zlarga qo‘shimchalar qo‘shilganda shakldoshlik
saqlanadimi?
Test
1. So‘zlar qaysi xususiyatiga ko‘ra sinonim, omonim,
antonimlarga ajraladi?
A) bir yoki birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishiga ko‘ra;
B) tuzilishiga ko‘ra;
C) shakl va talaffuziga ko‘ra;
D) shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra.
2. Omonim so‘zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) tort, dangasa, tanho;
B) yot, yoq, yon;
C) g‘amsiz, tong, och;
D) muzlar, noma, pul.
Do'stlaringiz bilan baham: |